Savdolar

Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutiga laboratoriya asbob-uskunalarini yetkazib berish uchun tender savdolarini oʻtkazish

Tender savdolari muddatini uzaytirish toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosida Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutiga laboratoriya asbob-uskunalarini yetkazib berish uchun tender savdolarini oʻtkazish

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan laboratoriya asbob-uskunalari, zarur sarf materiallari va butlovchi qismlari bilan uzluksiz taʼminlash boʻyicha tender tanlovini quyidagilarga asosan oʻtkazmoqda:

Jami summasi 344 157,00 AQSH dollari, shu jumladan 1-lot boʻyicha “Laboratoriya asbob-uskunalari va oʻlchov asboblari” - 131 000,00 AQSH dollari 8 ta tur, hamda 2-lot boʻyicha “Tikuvchilik asbob-uskunalari va butlovchi qismlari” 23 ta tur – 213 157,00 AQSH dollari.

Tenderda ishtirok etuvchi ishtirokchilar quyidagi hollarda malaka tanloviga qoʻyilmaydi:

- malaka tanlovi uchun zarur hujjatlar toʻplamini belgilangan muddatlarda taqdim etmaganlar;

- qayta tashkil etilishi, tugatilish yoki bankrotlik holatlari mavjud boʻlganda;

- “Xaridor” bilan sud yoki arbitraj jarayonlari mavjud holatlarida;

- insofsiz ijrochilarning yagona reyestrida qayd etilishi holatlarida;

- soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha qarzdorlikning mavjud holatlarida;

- soliq imtiyozlari beriladigan davlat yoki hududlarda roʻyxatdan oʻtgan va bank hisob raqamlariga ega boʻlgan holatlarida;

- moliyaviy operatsiyalar amalga oshirish jarayonida (ofshor zonalarda) axborotning oshkor qilinmasligi va taqdim etilmasligi holatlarida.

Ishtirokchilar tender hujjatini dxarid.uzex.uz maxsus axborot portali yoki vazirlikning www.mininnovation.uz veb-sahifasida hamda www.tenderweek.com veb-sahifalari orqali maʼlumot olishlari mumkin.

Taklifni taʼminlash shakli - pul oʻtkazish yoʻli garov summasi toʻlash bilan yoki bank kafolati ostida taʼminlanadi. Taʼminlash qiymati 1-lot boʻyicha – 1 310,00 AQSH dollari va 2-lot boʻyicha – 2 131,57 AQSH dollari – xorijiy ishtirokchilar uchun yoki Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankning toʻlov kunidagi kursi boʻyicha soʻmning ekvivalenti – Oʻzbekiston rezidentlari uchun.

- Tenderda ishtirok etuvchi xorijiy ishtirokchilar uchun:

valyuta hisobraqami 20203840300826238001 Toshkent shahri TIF Milliy bank Amaliyot boshqarmasi, MFO 00451, STIR 305166715, SWIFT NBFA UZ 2X

- Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari uchun:

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi Amaliyot boshqarmasi.

Gʻazna hisobvaragʻi 23402000300100001010 Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki HKKM Bosh boshqarmasi

MFO 00014, INN 201122919

SHXR 400110860262737950100254001

Innovatsion rivojlanish vazirligi

STIR 305166715, OKED 84 111

Savollar tugʻilganda ishtirokchilar xat orqali qoʻyidagi manzilga murojaat qilishlari mumkin: Innovatsion rivojlanish vazirligi, Toshkent shahri, Taras Shevchenko koʻchasi, 1. Vakolatli xodimlar: Sarvarbek Taxirov – Ilmiy stajirovkalar va ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari haridini tashkil etish boʻlim boshligʻi +(998) 90 989 24 05, S.takhirov@mininnovation.uz; Kabashev Toirjon – Bosh mutaxassis + (9989) 93 180 69 29, toir1981@mail.ru

Ishtirokchi alohida konvertlarda ikkita hujjat toʻplamini bitta asl va bitta nusxasini taqdim etishi kerak. Har bir toʻplamda tashqi va ichki konvertlar (texnik va moliyaviy taklifi) boʻlishi kerak. Shu bilan birga har bir lot uchun hujjatlar alohida taqdim etiladi.

Ishtirokchilarning tanlov takliflari 2018 yil 26 dekabrdan - 2019 yil 16 yanvargacha Toshkent vaqti bilan 18:00 gacha quyidagi manzil boʻyicha qabul qilinadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Toshkent sh., 
Taras Shevchenko koʻch., 1.