Tenderlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 noyabrdagi PQ-3365-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Fanlar akademiyasining Immunologiya va inson genomikasi institutiga laboratoriya asbob-uskunalarini yetkazib berish uchun tender savdolarini o‘tkazish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 noyabrdagi PQ-3365-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Fanlar akademiyasining Immunologiya va inson genomikasi institutiga laboratoriya asbob-uskunalarini yetkazib berish uchun tender savdolarini o‘tkazish to‘g‘risida

          O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan, laboratoriya asbob-uskunalar, zarur sarf materiallari va butlovchi qismlari bilan ta’minlash bo‘yicha tender tanlovini quyidagilarga asosan o‘tkazmoqda:

Jami summasi 693 000,00 AQSh dollari, shu jumladan: lot 1 -  380 000,00 AQSh doll. 1 tur, lot 2 - 120 000,00 AQSh doll. -1 tur va lot 3 - 193 000,00 AQSh doll. -  7 tur.

 

Tenderda ishtirok etuvchi ishtirokchilar quyidagi hollarda malaka tanloviga qo‘yilmaydi:

- malaka tanlovi uchun zarur xujjatlar to‘plamini belgilangan muddatlarda taqdim etmaganlar;

- qayta tashkil etilishi, tugatilish yoki bankrotlik xolatlari mavjud bo‘lganda;

- “Xaridor” bilan sud yoki arbitraj jarayonlari mavjud xolatlarida;

- insofsiz ijrochilarning yagona reyestrida qayd etilishi xolatlarida;

- soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha qarzdorlikning mavjud xolatlarida;

- soliq imtiyozlari beriladigan davlat yoki xududlarda ro‘yxatdan o‘tgan va bank hisob raqamlariga ega bo‘lgan xolatlarida;

- moliyaviy operatsiyalar amalga oshirish jarayonida (ofshor zonalarda) axborotni oshkor qilinmasligi va taqdim etilmasligi xolatlarida.

Ishtirokchilar tender xujjatini dxarid.uzex.uz maxsus axborot portalida hamda  www.tenderweek.com veb-sahifalari orqali ma’lumot olishlari mumkin.

Taklifni ta’minlash shakli- pul o‘tkazish yo‘li zaklat summasi to‘lash bilan yoki bank kafolati ostida ta’minlanadi, shu jumladan:

lot №1 - 3 800,00 AQSh doll., lot №2 - 1 200,00 AQSh doll. va lot №3- 1 930,00 AQSh doll.

 

- Tenderda ishtirok etuvchi xorijiy ishtirokchilar uchun:

valyuta hisobraqami 20203840300826238001 Toshkent shahri TIF Milliy bank Amaliyot boshqarmasi, MFO 00451, STIR 305166715, SWIFT NBFA UZ 2X

- O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari uchun:

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi Amaliyot boshqarmasi.

G‘azna hisobvarag‘i  23402000300100001010 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki HKKM Bosh boshqarmasi

MFO 00014, INN 201122919

ShXR 400110860262737950100254001

Innovatsion rivojlanish vazirligi

STIR 305166715, OKED 84 111

Savollar yoki tushunmovchilikga extiyoj tug‘ilganda ishtirokchilar xat orqali qo‘yidagi manzilga murojat qilishlari mumkin: Innovatsion rivojlanish vazirligi, Toshkent shahri, Taras Shevchenko ko‘chasi 1. Vakolatli xodimlar: Sarvarbek Taxirov - Ilmiy stajirovkalar va ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari haridini tashkil etish bo‘lim boshlig‘i (998) 90 989 24 05, S.takhirov@mininnovation.uz; Kabashev Toirjon - Bosh mutaxassis (9989) 93 180 69 29, toir1981@mail.ru

Ishtirokchi aloxida konvertlarda ikkita xujjat to‘plamini bitta asl va bitta nusxasini taqdim etishi kerak. Har bir to‘plamda tashqi va ichki konvertlar (texnik va moliyaviy taklifi) bo‘lishi kerak. Shu bilan birga, xar bir lot uchun xujjatlar alohida taqdim etiladi.

Ishtirokchilarning tanlov takliflari 2019 yil 06 maydan - 2019 yil 10 iyungacha, Toshkent vaqti bilan 18:00 gacha O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Toshkent sh., Taras Shevchenko 1 manzili bo‘yicha qabul qilinadi. Tender ishtirokchilarning tender konvert takliflarini ochilishi 2019 yil 12 iyun Toshkent vaqti bilan 16:00 da Innovatsion rivojlanish vazirligining majlislar zalida amalga oshiriladi.