Savdolar

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tizimidagi Andijon tajriba-koʻrgazma maydoni uchun Jahon bankining grant mablagʻlari hisobidan uskunalar xarid qilish boʻyicha tender savdolari e’lon qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19 iyuldagi PQ-4399-sonli “Fargʻona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan Andijon viloyatidagi “Innovatsion poligon” (Andijon tajriba-koʻrgazma maydoni) uchun Jahon bankining grant mablagʻlarini jalb etilgan.

Mazkur mablagʻlar hisobidan dorivor oʻsimliklarni qayta ishlashga moʻljallangan 60 ming AQSH dollari qiymatidagi 3 turdagi uskunalar hamda 250 ming AQSH dollari qiymatidagi 1 ta chorvachilik uchun yem-granula olish liniyasi xarid qilinishi koʻzda tutilgan.

Bu orqali Andijon tajriba-koʻrgazma maydonida yetishtiriladigan dorivor oʻsimliklarni qayta ishlash hamda biologik faol qoʻshimchalar, farmatsevtik mahsulotlarni ishlab chiqarish, laboratoriya tekshiruvlarini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda.

Mazkur uskunalarni xarid qilish boʻyicha tender savdolari Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasida loyihalarni amalga oshirish agentligi tomonidan oʻtkazilmoqda.

 

Batafsil ma’lumot: (PDF)   << FVED/RFQ/06-1 >>     << FVED/RFQ/07-1 >>