Bo'limlar

Tarjimai hol

Abduqunduzova Nazokat Usmonqulovna 1975-yili Namangan viloyatida tugʻilgan.

 

1992-1997-yillar  Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutida oʻqigan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi – xalqaro iqtisodchi

2018-yilda SHHT mamlakatlaridagi asosiy ommaviy axborot vositalari masʼul shaxslari uchun  seminar ishtirokchisi, Pekin, Xitoy.

 

Mehnat faoliyati:

1998-2000 gg. – Oʻzbekistondagi Tasis dasturi, “Varmap” loyihasi rahbar yordamchisi

2004-2008 gg. – “Marvel Djus Ko.” OAJ, tarjimon

2008-2009 gg. – “Zamin press nashriyot uyi” MCHJ, “Jannat makon” jurnali muharriri

2010-2011 gg. – Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi, Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi, Axborot-tahlil boʻlimining bosh mutaxassisi

2011-2013 gg. – “Erudit” MCHJ. “Aʼlo kayfiyat” jurnali bosh muharriri. “Bekajon” Erudit”,  Ledi” gazetalarining Toshkentdagi tahririyati rahbari

2013-2017 gg. – “Darakchi inform servis” MCHJ. “Sugʻdiyona” gazetasi bosh muharriri

2018-2018 gg. –  OʻzMTRK qoshidagi “TV Park Uz” jurnali bosh muharriri

2018-2019 gg. – Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boʻlimi boshligʻi

2019-y. – h.v –  Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi

 

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi tomnidan oʻtkazilgan “Yil tanlovi-2019”da “Jurnalistlar bilan eng yaxshi munosabat oʻrnatgan matbuot xizmati” nominatsiyasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.

 

Davriy nashrlarda maqolalari, badiiy asarlari va tarjimalari chop etilgan. Muallifligida 2 ta kitobi nashr qilingan. 20 qismli ikkita serialning ssenariy muallifi. Lyudmila Uliskaya, Jojo Moyes, Goʻzal Yaxina, Malala Yusufzay,Maryam Yoqubova kabi mualliflarning asarlarini rus tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

 

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.


Axborot xizmati rahbarining lavozim vazifalari

  • Media-rileyshnz, OAV vakillari bilan yangi aloqalar oʻrnatish;
  • OAV lar uchun vazirlik faoliyati boʻyicha rasmiy xabarlarni tayyorlash;
  • vazirlik vakillarining mehmon va ekspert sifatida teleradiodasturlarda ishtiroki toʻgʻrisida muzokaralar olib borish;
  • OAV larda vazirlik faoliyati haqida maʼlumotlar chiqishini nazorat qilish;
  • Matbuot anjumanlari, brifinglarda jurnalistlarning kelishini taʼminlash;
  • OAV va boshqa tashkilotlarning vazirlik faoliyatiga oid savollariga javoblar tayyorlash;
  • vazirlikning maqsadli dasturlari va maxsus loyihalarini OAV larda yoritish uchun ular bilan muzokaralar olib borish;
  • vazirlik faoliyatiga tegishli maʼlumotlarning haqqoniyligini tekshirish;
  • lozim boʻlganda tushuntirish xatlari va raddiyalar tayyorlash;
  • rasmiy veb-saytning “Yangiliklar” sahifasi, vazirlikning Feysbuk sahifasi uchun materiallar tayyorlash, shuningdek tayyor materiallarning OAV larda chop etilishini tashkil qilish.
Tarjimai hol

Kadrlar boʻlimi boshligʻining xizmat vazifalari

 

  • vazirlik tuzilmasidagi barcha boʻlinmalaridagi rahbar lavozimlar uchun amaliy kadrlar zaxirasini shakllantirish, xodimlarning respublikamizda va xorijda oʻqishi, malakasini oshirishini tashkil etish, kadrlarni tanlash bilan bogʻliq samarali ish shakllarini va usullarini joriy etish;
  • xodimlarning huquqiy madaniyati va malakasini oshirish boʻyicha ishlarni tashkil etish, vazirlikning asosiy vazifalaridan kelib chiqqan holda muntazam ravishda kadrlarni oʻqitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.
Tarjimai hol

Igamberdiyev Shuxrat Xislatillayevich 1976-yil 28-yanvarda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1993-yilda Toshkent tumanidagi 35-oʻrta maktabni bitirgan.

1997-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini Halqaro Huquq muhasisligi boʻyicha tamomlagan. 1997-yildan bugungi kungacha bir qator davlat boshqaruv organlarida faoliyat koʻrsatib kelgan.

Oilali, 3 nafar farzandi bor.

Millati oʻzbek, partiyasiz, “3-darajali adliya maslaxatchisi” maxsus unvoni – martaba darajasi bor, rus, ingliz, nemis va tojik tillarni biladi.


Asosiy vazifalari

 

  • Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining huquqni qoʻllash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni taʼminlashni tashkil etish;
  • vazirlik tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish;
  • vazirlikning qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida ularning tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish;
  • vazirlik xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini o shirit, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etish;
  • shartnomaviy-hukuqiy va talabnoma-daʼvo ishlarini yuritish, vazirlikning mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini taʼminlash.
Tarjimai hol

Pardaev Yusuf Ne'matullaevich Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida 1987 yil 10 yanvarda tug‘ilgan.

Ma'lumoti oliy. Mutaxassisligi – Menejment, lizing va baholash xizmatlari marketingi.

2005-2009 yillar bakalavr-Samarqand iqtisodiyot va servis institutida
2009-2011 yillar magistratura-Samarqand iqtisodiyot va servis institutida tahsil olgan.
2011-2012 yillar Samarqand viloyati hokimligi Iqtisodiyot bosh boshqarmasida yetakchi mutaxassis,
2013-2017 yillar Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi 3-sonli akademik liseyda bosh hisobchi lavozimida,
2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Genomika va bioinformatika markazida moliya-iqtisod bo‘limi boshlig‘i-bosh hisobchi lavozimida,
2017-2018 yillar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi Yakkasaroy tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi Markazlashgan moliya-buxgalteriya xizmati rahbari-bosh hisobchi lavozimida
2018 yil 15 maydan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligida buxgalteriya hisobi va hisoboti bo‘limi boshlig‘i-bosh hisobchi lavozimida faoliyat yuritmoqda.


Buxgalteriya hisobi va hisoboti bo‘limi boshlig‘i - bosh hisobchining lavozim vazifalari

  • Vazirlik buxgalteriyasi ustidan umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, buxgalteriya xodimlarga xizmat vazifalarini taqsimlab beradi;
  • Buxgalteriya hisobini O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining Byudjet Kodeksiga, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010 yil 22 dekabrda 2169-son bilan ro‘yxatga olingan “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda yuritadi, shuningdek hisob ishlarini zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etadi;
  • Vazirlik markaziy apparatiga byudjetdan ajratiladigan mablag‘larni olish uchun byudjet so‘rovlarini ishlab chiqishni, xarajatlar smetasini tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazishni, shuningdek, ularning ijrosi nazoratini tashkillashtiradi;
  • Moliyaviy hisobotlar va buxgalteriya hujjatlarining o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirilishini hamda amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini nazorat qiladi;
  • Byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larning xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan muayyan maqsadlarga to‘g‘ri sarflanishi, shuningdek, pul mablag‘lari va moddiy qimmatliklarning butligi ustidan muntazam nazorat qiladi;
  • Vazirlikda xodimlarning ish haqlarini va unga tenglashtirilgan to‘lovlarini belgilangan tartibda hamda o‘z vaqtida hisoblab chiqishni va to‘lanishini tashkil etadi;
  • Quyi tashkilotlar ustidan davriy moliyaviy hisobotlariga tashkiliy va uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi.
Tarjimai hol

Moliya-iqtisod boʻlimi boshligʻining vazifalari va funksiyalari

  • Vazirlikning keyingi moliya yili uchun byudjet loyihasini ishlab chiqish va belgilangan muddatda Moliya vazirligiga taqdim qilish;
  • Vazirlik faoliyatining keng qamrovli iqtisodiy va moliyaviy tahlili, moliyaviy boshqaruv samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda moliyaviy tavakkalchiliklarni kamaytirish;
  • iqtisodiy va moliyaviy rivojlantirish rejalarini ishlab chiqish va asosiy faoliyat koʻrsatkichlarini shakllantirishda ishtirok etish;
  • Vazirlik tasarrufidagi tashkilot va muassasalar bilan birgalikda istiqbolli va joriy moliyaviy rejalarni ishlab chiqish;
  • Moliyaviy resurslardan foydalanishda samarali boshqaruv tizimini yoʻlga qoʻyish;
  • moliyaviy resurslarni rejalashtirish, moliyalashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha vazirlikning boʻyruq va qarorlari loyihalarini ishlab chiqish;
  • Vazirlik byudjeti loyihasi boʻyicha tegishli yil uchun hisob-kitoblarni ishlab chiqish va unga tegishli oʻzgartirishlar kiritishda tegishli boshqarma va boʻlimlar bilan birgalikda takliflarni tayyorlash va Moliya vazirligiga taqdim etish;
  • Vazirlik tasarrufidagi tashkilot va muassasalar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq byudjet loyihalarini tuzish;
  • boshqa boshqarma boʻlimlar bilan birgalikda Vazirlik tasarrufidagi tashkilot va muassasalarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tahlil qilish.
Tarjimai hol

Aripova Ziyoda Atxamovna Toshkent shahrida 1978-yil 4-dekabrda tugʻilgan.

Maʼlumotim oliy. Mutaxassisligi – tarix - huquqshunoslik, huquqshunos.

1994-1999-yillar Toshkent davlat pedagogika universiteti bakalavr bosqichida, 2001-2003-yillar Nizomiy nomli davlat pedagogika universitetida magistratura bosqichida tahsil olgan.

Mehnat faoliyati:

1999-2003-yillar Toshkent shahar roʻyxatga olish organlariga koʻmaklashish markazi yetakchi mutaxassisi

2003-2013-yillar Yakkasaroy tumani hokimligi huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyasi bosh mutaxassisi

2013-2018-yillar Yakkasaroy tumani hokimiyati Devonxona mudiri

2018-2019-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion Rivojlanish Vazirligi Ijro apparati boshqarmasining Devonxona mudiri

2019-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Devonxona bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritmoqda.


Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Devonxonasining asosiy vazifalari

  • Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasidan Vazirlikga kelib tushgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar va topshiriqlarni qabul qilish va roʻyxatdan oʻtkazish (nazorat kartochkalari asosida va elektron shaklda);
  • hududiy boʻlinmalaridan kelib tushgan barcha hujjatlarni qabul qilish va roʻyxatdan oʻtkazish;
  • shaxsan olib kelingan hujjatlar ruxsatnomalar byurosida Vazirlik kotibasi tomonidan haftaning ish kunlari soat 1700 gacha hujjatlarni toʻgʻri rasmiylashtirilganligi, taalluqliligi, hujjatlar ilovasining toʻliqliligi, hujjatlar oʻramining butunligi tekshirilgan holda qabul qilinadi va roʻyxatdan oʻtkazish;
  • hujjatlar bilan ishlash va ularni joʻnatish amaldagi pochta qoidalariga muvofiq amalga oshirish;
  • “Xizmatda foydalanish uchun” (XFU) ustxatli hujjatlar va nashrlarni hisobga olish (roʻyxatdan oʻtkazish), maxfiy boʻlmagan hujjatlarning hisobini olib borish;
  • yoʻq qilinishi kerak boʻlgan hujjatlar, nashrlar va hujjatlar yigʻmajildlari shartli tartibda matnni oʻqish imkoniyati boʻlmaydigan darajagacha boʻlgan hujjatlarni dalolatnoma rasmiylashtirgan holda maydalab yoki yoqib yuborish;
  • Vazirlik faoliyatida va uning boʻlinmalari faoliyatidagi vujudga keladigan doimiy muddatda saqlanadigan hujjatlarning tanlab olinishini, hisobga olinishini, saqlanishini, ishlanish sifatini va ushbu hujjatlarni oʻz vaqtida davlat saqloviga berishni taʼminlash.
Tarjimai hol

Ishlar boshqarmasi boshligʻining xizmat vazifalari

  • Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari qarorlari, Prezident Qarorlari, Farmonlari va Farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, Vazirlikning qaror, buyruq va bayonnomalari, Vazirning buyruqlari va topshiriqlarining bajarilishini oʻrganadi;
  • Vazirlik markaziy apparati binosida xoʻjalik ishlarini olib borish.
  • Vazirlik apparatidagi ishlarni zamonaviy texnika va texnologiyalar yordamida olib borish va ularning uzluksiz ishlashini taʼminlash.
  • Turli seminar, konferensiya va yigʻinlarning oʻtkazilishini tashkillashtirish, rasmiy mehmonlarni kutib olish va kuzatish boʻyicha tadbirlarda bevosita ishtirok etish.
  • Vazirlik rahbariyati uchun lozim boʻlgan maʼlumotlarni yigʻish, tarjima qilish, tegishli korxonalarga yetkazish va ular bilan birgalikda ishlash.
  • Vazirlik binosida ishdan tashqari vaqtda masʼul navbatchilikning tashkil qilinishini taʼminlaydi.
  • Vazirlik rahbariyati qabulxonalari ishini tashkil etadi va rahbarlarning vakolati doirasidagi topshiriqlarining oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlaydi.
  • Vazirlik markaziy apparatida xoʻjalik ishlarini olib boradi, ozodalikka rioya etilishini, yongʻinga qarshi xavfsizlik qoidalari talablarining bajarilishini taʼminlaydi.
Tarjimai hol

Kadirov Abduaziz Abduxabirovich 1984-yili Toshkent shahrida tugʻilgan.

Maʼlumoti oliy. Mutaxassisligi – Bank ishi.

2001-2005-yillar Toshkent moliya institutida tahsil olgan.

2005-2007-yillar Oʻzbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy xarakati Toshkent shahar boʻlimi Kengashi hisobchi-gʻaznachi, bosh hisobchi, moliya-iqtisod boʻlimi boshligʻi;

2007-2012-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi 1-toifali inspektori, yetakchi inspektori, bosh inspektor, boʻlim boshligʻi oʻrinbosari;

2012-2017-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi Byudjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilish boshqarmasi bosh nazoratchi-taftishchisi;

2017-2018-yillar “Toshyoʻlovchitransxizmat” unitar korxona direktori;

2018-2020-yillar “Toshshahartransxizmat” aksionerlik jamiyati boshqaruv raisining moliya masalalari boʻyicha oʻrinbosari;

2020-2021-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasi boshligʻi;

2021-yil 27-apreldan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Ichki audit xizmati rahbari lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Oʻzbek, rus va ingliz tillarini biladi.


Tarjimai hol

Yakubov Azizjon Tojiboyevich Surxondaryo viloyati, Uzun tumanida 1985-yil 17-martda tugʻilgan.

Maʼlumoti oliy. Mutaxassisligi – arxivshunos, siyosatshunos.

2005 - 2009-yillar Oʻzbekiston Milliy universiteti bakalavr bosqichida, 2010 - 2011-yillar Oʻzbekiston Milliy universitetida magistratura bosqichida tahsil olgan.

Mehnat faoliyati:

2004 - 2005 yy. - Surxondaryo viloyati Uzun tumani mudofaa ishlari boʻlimi nazoratchisi,

 

2005 - 2011 yy. - Oʻzbekiston Milliy universiteti talabasi,

 

2012 - 2017 yy. - Yakkasaroy tumani hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi yetakchi mutaxassisi,

 

2017 - 2017 yy. - Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi xodimlar boʻlim boshligʻi,

 

2017 – 2018 yy. - Yangiyoʻl shahar hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi rahbari,

 

2018 – 2018 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Ijro apparati boshqarmasi ijro nazorati boʻlim boshligʻi,

 

2018 - 2018 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Ijro apparati boshqarmasining ijroni nazorat qilish boʻlimi boshligʻi,

 

2018 – 2020 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Ijro apparati boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari,

 

2021-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Ijro apparati boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritmoqda.


Ijro apparatining asosiy vazifalari

  • Elektron ish yuritish va hujjatlar almashinuvi tizimi asosida hujjatlar va topshiriqlarni hisobga olish, harakatlanishi, tahlili va nazoratining yagona tizimini amalga oshirilishini taʼminlash.
  • Vazirlikning barcha tarkibiy boʻlinmalarida ijro nazoratining holatini oʻrganish va muvofiqlashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etishda kerakli yordam koʻrsatish, bu haqda Vazir, uning oʻrinbosarlarini xabardor etish.
  • Ushbu maqsadlarda har oʻn kunda navbatdagi oʻn kunlikda yopilishi lozim boʻlgan hujjatlar haqida eslatma-maʼlumotnomalarni qogʻoz va elektron variantini shakllantiradi, hamda Vazirlikning tarkibiy boʻlinma boshliqlariga yoʻnaltiradi. Har oyda navbatdagi oy davomida yopilishi lozim boʻlgan hujjatlar haqida eslatma-maʼlumotlarni shakllantiradi, vazirga hisobot beradi va tarkibiy tuzilma boshliqlariga yoʻnaltiradi.
  • Vazirlikning tarkibiy tuzilmalar mutaxassislari – hujjatlar ijrochilari tomonidan topshiriqlar bajarilgani haqida hujjat olgach, ularni nazoratdan oladi.