Toshkent viloyati Innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi


Abidov Amir Ilgizovich

Toshkent viloyati Innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi boshligʻi

+998 (98) 121-51-44

a.abidov@mininnovation.uz

Abidov Amir Ilgizovich

1984-yilda Toshkent shaxrida tugʻilgan. Millati-oʻzbek.

Maʼlumoti oliy. 2005-yilda Toshkent avtomobil va yoʻllar institutini, 2012-yilda Janubiy Koreyadagi Kumo milliy texnologiya institutini (magistratura), 2015 Janubiy Koreyadagi Kumo milliy texnologiya institutini (doktorantura) tamomlagan.

Mehnat faoliyati:

2001-2005 yy. – Toshkent sh. Shayxontoxur tumani xokimligi qoshidagi boshqarma va Umumavtoservis korxonasi avtochilangari

2006-2007 yy. – UZINFOCOM Kompyuter texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish markazi yetakchi mutaxassisi, mexnat xavfsizligi boʻyicha muxandisi

2013-2015 yy. - J. Koreyadagi Gumi IT va elektronika ilmiy tadqiqot instituti tadqiqotchisi

2015-2016 yy. - Toshkent davlat texnika universiteti materialshunoslik kafedrasi, katta oʻqituvchisi, dotsenti

2016-2017 yy. - J. Koreyadagi Kumo milliy texnologiya instituti tadqiqotchi-postdok ilmiy xodimi

2017-2018 yy. - Xitoydagi Nanjing texnika universiteti, energetika texnologiyalari va muxandislik kafedrasi professori

2019-2021 yy. - “Olmaliq KMK” AJ qoshidagi Oʻzbekiston-Koreya Nodir metallar va qattik qotishmalar ilmiy-texnologik markazi, kompozit va istiqbolli materiallar laboratoriyasi mudiri

2019- h.v. - I. Karimov nomidagi TDTU “materialshunoslik” kafedrasi professori (oʻrindoshlik asosida)

2021- h.v. -Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Toshkent viloyati hududiy innovatsion rivojlanish boshqarmasi boshligʻi.

 

A.I.Abidov oilali, bir nafar oʻgʻil va kiz farzandlari bor.

 

Mukofotlari:

2018-yilda Isroildagi Start Haifa-2018 tanlovida Klinboks startapi 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan va Oʻzbekistondagi xalqaro Innoweek 2018 koʻrgazmasida “Eng yaxshi startap” nominatsiyasida bosh sovrinni qoʻlga kiritgan

 

2015-yilda Xitoydagi “ISGMA 2015” xalkaro yashil ishlab chiqarish va qoʻllash simpoziumida “eng yaxshi prezentatsiya” nominatsiyasi boʻyicha bosh sovrinni qoʻlga kiritgan

 

2012-2013-yillarda Koreyaning payvandlash va payka qilish jamiyatining “Mikrosxemalarni qadoqlash” konferensiyasi tanlovida guruh aʼzoligda bosh sovrinni qoʻlga kiritgan.

2014-yilda Koreya Respublikasidagi xalqaro “Nano Koreya 2014” simpoziumi tanlovida (740 talabgor ichida) kumush sovrinni qoʻlga kiritgan

Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari


Quyidagilar Boshqarmaning vazifalari hisoblanadi:

vazirlikka yuklatilgan asosiy vazifalar va funksiyalarning hududlarda ijrosini taʼminlash;

hududiy boshqarmalar tomonidan shakllantirilgan va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlangan ilmiy faoliyatga oid hududiy dasturlarning amalga oshirilishini monitoring qilish;

hududlardagi ilm-fan va innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi Innovatsion faoliyat va texnologiyalar transferi markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

viloyatda innovatsion infratuzilmalar (innovatsion markazlar, transfer markazlari, innovatsion tadbirkorlik subyektlari, biznes akselerator, biznes-inkubatorlar, texnoparklar va boshqalar) ni tashkil etish va faoliyatini yuritishga koʻmaklashish;

viloyat iqtisodiyoti muammolari yechimiga qaratilgan fundamental, ilmiy-amaliy va innovatsion loyihalar mavzularini shakllantirish asosida hududlar ilmiy salohiyatini takomillashtirish dasturlarini ishlab chiqish va ular asosida mavzularni tanlovlarga taqdim etish;

taʼlim, fan va ishlab chiqarishning integratsiyasini tashkil qilishga qaratilgan samarali tadbirlarini amalga oshirish;

innovatsion gʻoyalar va ishlanmalarning koʻrgazma va yarmarkalarini tashkil qilish, ilmiy-amaliy seminarlar va anjumanlar, shuningdek sohadagi dolzarb mavzularda qisqa oʻquv kurslarini tashkil qilish;

viloyatning iqtisodiy va innovatsion raqobatbardoshligini oshirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan, import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishga ilgʻor zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishga yoʻnaltirilgan samarali tadbirlar belgilash va amalga oshirish;

korxona va tashkilotlar rahbarlarining innovatsiya masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari hamda innovatsion markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish;

viloyatni innovatsion rivojlanishi masalalarida respublika qonunchiligida belgilangan vazifalarni bajarishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;

qishloq xoʻjaligida islohotlarni va tarkibiy oʻzgartirishlarni yana-da chuqurlashtirish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish innovatsion texnologiyalardan keng foydalanishni yoʻlga qoʻyish;

taʼlim, sogʻliqni saqlash, qishloq xoʻjaligʻi va qurilish sohalarida innovatsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, viloyatning innovatsion salohiyatini, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari, faoliyati samaradorligini oshirish, xizmatlar sohasini tubdan takomillashtirish, eng avvalo, innovatsion ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish;

innovatsion faoliyat bilan bogʻliq boʻlgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish, shu jumladan ularning ayrim tarmoqlarga va umuman hududni innovatsion rivojlantirishga qisqa muddatli va uzoq muddatli taʼsirini baholash.

viloyat ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatining barqaror oʻsishi uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlay oladigan fan va innovatsiyalarni rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish;

qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish va intensiv rivojlantirishga yoʻnaltirilgan innovatsiyalarni joriy etish;

ijtimoiy rivojlanishga, shu jumladan taʼlim va sogʻliqni saqlash tizimiga innovatsiyalarni joriy etish;

atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish tizimiga innovatsiyalarni joriy etish;

viloyatda ilmiy-texnik va innovatsion siyosatning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash hamda respublika va mahalliy byudjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning ilmiy-texnikaviy dasturlarini viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlashni tashkil qilish;

nou-xaularni ishlab chiqarishga, innovatsion faoliyat va raqobatbardosh ilmiy-texnika mahsulotlari bozorini kengaytirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish;

innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish boʻyicha oliy taʼlim muassasalari, ilmiy tadqiqot muassasalari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda normativ-huquqiy bazani takomillashtirishda ishtirok etish.

Boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

Boshqarma oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

makroiqtisodiy, soliq-byudjet, pul-kredit parametrlari, shuningdek, integratsiya jarayonlarining taʼsirini baholash bilan oʻzaro bogʻliqlikda viloyat iqtisodiyotining tarmoqlarini oʻrta va uzoq muddatli rivojlantirish dasturlarining shakllantirishga koʻmaklashadi;

xizmatlar sohasini jadal rivojlantirishga va uning tuzilmasini tubdan oʻzgartirishga, eng avvalo, innovatsion ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish hisobiga uning sifatini va yalpi ichki mahsulotni shakllantirishdagi rolini oshirishga koʻmaklashadi;

innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqish va joriy etish orqali turizm sohasining raqobatbardoshligini oshirishga koʻmaklashadi;

viloyat iqtisodiyotini jadal rivojlantirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishni tashkil etadi;

Qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish va intensiv rivojlantirishga qaratilgan innovatsiyalarni joriy etish sohasida:

yuqori texnologiyali tarmoqlarning mahalliy xom ashyo resurslari negizida xom ashyodan tayyor mahsulot darajasigacha qayta ishlashni chuqurlashtirishga moʻljallangan faol agrosanoat siyosatining zarur mexanizmlarini yaratish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;

oziq-ovqat xavfsizligini yana-da mustahkamlash, ekologik toza mahsulot ishlab chiqarilishini kengaytirish, shuningdek, uning aholi uchun maksimal hammabopligi va xorijiy bozorlarda raqobatbardoshligini taʼminlash boʻyicha dasturlarni tayyorlaydi;

mavjud yer, suv va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish imkonini beruvchi “Aqlli qishloq xoʻjaligi” konsepsiyasiga asoslangan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining zamonaviy sinalgan shakllarini joriy etish takliflarini ishlab chiqadi;

Boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.