Buxoro viloyati Innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi


Naimov Azamat Xikmatovich

Buxoro viloyati Innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi boshligʻi

+998 (99) 864-52-80

a.naimov@mininnovation.uz

Naimov Azamat Xikmatovich 1993-yilning 8-mayida Buxoro viloyati Buxoro shahrida ishchi oilasida tavallud topgan.

U 2008-yilda Buxoro shahridagi 16-sonli maktabni aʼlo baholarga tamomlab, 2008-2011-yillarda Buxoro shahridagi 4-sonli akademik litseyida tahsil olib, aʼlo darajali diplom bilan bitirgan.

2011-2015-yillarda Buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti, iktisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) yoʻnalishi boʻyicha bakalavr darajasini qizil diplom bilan biritgan.

2015-yil “Respublika bogʻbonlar maktabi”da Uzumchilik yoʻnalishida maxsus dastur asosida malaka oshirgan.

2017-2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining investitsiyalarni boshqarish (real sektor) yoʻnalashida magistratura bosqichida tahsil olgan. Akademiya oʻqish davomida 2018-yilda Germaniya Federativ Respublikasining Bremerxafen universitetining “Zamonaviy banking va investitsiya boshqaruvi” yoʻnalishi boʻyicha malaka oshirish dasturi asosida imtiyozli yoʻllanmani qoʻlgan kiritib malaka oshirgan. Tahsil olish davomida iqtisodiyotning real sektoriga investitsiyalarni jalb qilish hamda boshqaruv sohasi boʻyicha bir nechta xorijiy va mahalliy jurnallarda maqolalar bilan ishtirok etgan.

2019-yilda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi fondi” hamda Germaniyaning “Sharqiy iqtisodiy qoʻmitasi” hamkorligida tashkil etilgan amaliyot dasturi tanlovida gʻolib boʻlib 3 oy mobaynida Germaniyaning “Schmitz Cargobull AG” kompaniyasining boshqaruv apparatida stajirovkada boʻladi.

Naimov Azamat oʻz mehnat faoliyatini 2012-yil Akademik M.Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Buxoro ilmiy-tajriba stansiyasida mexanizatsiya hisobchisi sifatida boshlab, turli lavozimlarda ishlagan. 2017-yil oktyabr oyidan Buxoro ilmiy-tajriba stansiyasining bosh iqtisodchisi lavozimidan Akademik M.Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining iqtisodchisi sifatida ish boshlagan va 2019-yil dekabr oyiga qadar institutning turli lavozimlarida faoliyat yuritib, Institut direktorining moliya-iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari lavozimigacha koʻtarilgan.

2020-yil yil yanvar oyida Buxoro viloyat Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻining oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha oʻrinbosari sifati faoliyat olib borgan.

Chet-yelda uyushtirilgan malaka oshirish va stajirovka davrida faol ishtiroki va izlanuvchanligi bilan ajralib turgan, qator tadbirlar va konferensiyalarda ishtirok etib, investitsiya boshqaruviga oid yangi fikrlar va gʻoyalarni ilgari surgan.

2021-yil aprel oyida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga ishga oʻtgan.

Ayni vaqtda Buxoro viloyati Innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi boshligʻi sifatida faoliyat yuritmoqda.

Boshqarmaning vazifalari va funksiyalari


Quyidagilar Boshqarmaning vazifalari hisoblanadi:

vazirlikka yuklatilgan asosiy vazifalar va funksiyalarning hududlarda ijrosini taʼminlash;

hududiy boshqarmalar tomonidan shakllantirilgan va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlangan ilmiy faoliyatga oid hududiy dasturlarning amalga oshirilishini monitoring qilish;

hududlardagi ilm-fan va innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi Innovatsion faoliyat va texnologiyalar transferi markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

viloyatda innovatsion infratuzilmalar (innovatsion markazlar, transfer markazlari, innovatsion tadbirkorlik subyektlari, biznes akselerator, biznes-inkubatorlar, texnoparklar va boshqalar) ni tashkil etish va faoliyatini yuritishga koʻmaklashish;

viloyat iqtisodiyoti muammolari yechimiga qaratilgan fundamental, ilmiy-amaliy va innovatsion loyihalar mavzularini shakllantirish asosida hududlar ilmiy salohiyatini takomillashtirish dasturlarini ishlab chiqish va ular asosida mavzularni tanlovlarga taqdim etish;

taʼlim, fan va ishlab chiqarishning integratsiyasini tashkil qilishga qaratilgan samarali tadbirlarini amalga oshirish;

innovatsion gʻoyalar va ishlanmalarning koʻrgazma va yarmarkalarini tashkil qilish, ilmiy-amaliy seminarlar va anjumanlar, shuningdek sohadagi dolzarb mavzularda qisqa oʻquv kurslarini tashkil qilish;

viloyatning iqtisodiy va innovatsion raqobatbardoshligini oshirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan, import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishga ilgʻor zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishga yoʻnaltirilgan samarali tadbirlar belgilash va amalga oshirish;

korxona va tashkilotlar rahbarlarining innovatsiya masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari hamda innovatsion markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish;

viloyatni innovatsion rivojlanishi masalalarida respublika qonunchiligida belgilangan vazifalarni bajarishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;

qishloq xoʻjaligida islohotlarni va tarkibiy oʻzgartirishlarni yana-da chuqurlashtirish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish innovatsion texnologiyalardan keng foydalanishni yoʻlga qoʻyish;

taʼlim, sogʻliqni saqlash, qishloq xoʻjaligʻi va qurilish sohalarida innovatsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, viloyatning innovatsion salohiyatini, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari, faoliyati samaradorligini oshirish, xizmatlar sohasini tubdan takomillashtirish, eng avvalo, innovatsion ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish;

innovatsion faoliyat bilan bogʻliq boʻlgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish, shu jumladan ularning ayrim tarmoqlarga va umuman hududni innovatsion rivojlantirishga qisqa muddatli va uzoq muddatli taʼsirini baholash.

viloyat ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatining barqaror oʻsishi uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlay oladigan fan va innovatsiyalarni rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish;

qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish va intensiv rivojlantirishga yoʻnaltirilgan innovatsiyalarni joriy etish;

ijtimoiy rivojlanishga, shu jumladan taʼlim va sogʻliqni saqlash tizimiga innovatsiyalarni joriy etish;

atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish tizimiga innovatsiyalarni joriy etish;

viloyatda ilmiy-texnik va innovatsion siyosatning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash hamda respublika va mahalliy byudjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning ilmiy-texnikaviy dasturlarini viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlashni tashkil qilish;

nou-xaularni ishlab chiqarishga, innovatsion faoliyat va raqobatbardosh ilmiy-texnika mahsulotlari bozorini kengaytirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish;

innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish boʻyicha oliy taʼlim muassasalari, ilmiy tadqiqot muassasalari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda normativ-huquqiy bazani takomillashtirishda ishtirok etish.

Boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

Boshqarma oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

makroiqtisodiy, soliq-byudjet, pul-kredit parametrlari, shuningdek, integratsiya jarayonlarining taʼsirini baholash bilan oʻzaro bogʻliqlikda viloyat iqtisodiyotining tarmoqlarini oʻrta va uzoq muddatli rivojlantirish dasturlarining shakllantirishga koʻmaklashadi;

xizmatlar sohasini jadal rivojlantirishga va uning tuzilmasini tubdan oʻzgartirishga, eng avvalo, innovatsion ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish hisobiga uning sifatini va yalpi ichki mahsulotni shakllantirishdagi rolini oshirishga koʻmaklashadi;

innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqish va joriy etish orqali turizm sohasining raqobatbardoshligini oshirishga koʻmaklashadi;

viloyat iqtisodiyotini jadal rivojlantirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishni tashkil etadi;

Qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish va intensiv rivojlantirishga qaratilgan innovatsiyalarni joriy etish sohasida:

yuqori texnologiyali tarmoqlarning mahalliy xom ashyo resurslari negizida xom ashyodan tayyor mahsulot darajasigacha qayta ishlashni chuqurlashtirishga moʻljallangan faol agrosanoat siyosatining zarur mexanizmlarini yaratish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;

oziq-ovqat xavfsizligini yana-da mustahkamlash, ekologik toza mahsulot ishlab chiqarilishini kengaytirish, shuningdek, uning aholi uchun maksimal hammabopligi va xorijiy bozorlarda raqobatbardoshligini taʼminlash boʻyicha dasturlarni tayyorlaydi;

mavjud yer, suv va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish imkonini beruvchi “Aqlli qishloq xoʻjaligi” konsepsiyasiga asoslangan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining zamonaviy sinalgan shakllarini joriy etish takliflarini ishlab chiqadi;

Boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.