Ko'p so'raladigan savollar

 

1. Tijorat bankidan kredit olmoqchiman. Kredit olishda bankka qanday taʼminot turlarini taqdim etishim mumkin?

Qarz oluvchi bankka quyidagi taʼminot turlarining birini yoki bir nechtasini taqdim etishi mumkin:
mulk yoki qimmatli qogʼozlar garovi;
bank yoki sugʼurta tashkiloti kafolati;
uchinchi shaxsning kafilligi;
qarz oluvchining kreditni qaytara olmaslik xatarini sugʼurta qilingani toʼgʼrisidagi sugʼurta polisi.
Kredit hisobiga sotib olingan mulk, uning qiymatining 80 foizi miqdorida kredit boʼyicha garov predmeti boʼlishi mumkin.


2. Banklar tomonidan koʼrsatiladigan mikromoliyaviy xizmatlar toʼgʼrisida maʼlumot bersangiz?

Bugungi kunda, banklar tomonidan mikrokredit, mikroqarz va mikrolizing xizmatlari koʼrsatilmoqda.
Mikrokredit qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun eng kam ish haqining 1000 baravari miqdoridan oshmaydigan summada toʼlovlilik, muddatlilik va qaytarish shartlari asosida beriladigan pul mablagʼlaridir.
Mikroqarz mikrokredit tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxs boʼlgan qarz oluvchiga eng kam ish haqining 100 baravari miqdoridan oshmaydigan summada muddatlilik va qaytarish shartlari asosida, shartnomada nazarda tutilgan hollarda esa toʼlovlilik sharti asosida ham beriladigan pul mablagʼlaridir.
Mikrolizing mikromoliyaviy xizmatlar koʼrsatuvchi tashkilot tomonidan lizing oluvchining topshirigʼiga binoan uchinchi tarafdan mol-mulk olish hamda uni yegalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga shartnomada belgilangan shartlar asosida haq evaziga berish nazarda tutiladigan xizmatdir.
Mikrolizing tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun lizing toʼgʼrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq eng kam ish haqining 2000 baravari miqdoridan oshmaydigan summada beriladi.

3. Plastik kartochkalarga savdo qilinmayotgan hollarda kimga murojaat qilish kerak?

Bu holatlar savdo qoidalarini buzish hisoblanadi va bunda ishonch telefonlari orqali Davlat soliq idoralariga murojaat etish lozim boʼladi.
Maʼlumot uchun, Oʼzbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 119-moddasiga asosan fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini va (yoki) toʼlovlarni plastik kartochkalar asosida qabul qilish boʼyicha hisob-kitob terminallarini ishlatish majburiy boʼlgani holda ularni ishlatmasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar koʼrsatganlik, huddi shuningdek sotib oluvchiga kvitantsiyalar yozib berish, talonlar, cheklar yoki ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarni berish majburiy boʼlgani holda bunday hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar koʼrsatganlik eng kam ish haqining oʼttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar jarima qoʼllanilganidan keyin bir yil ichida sodir yetilganda eng kam ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.


4. Tijorat banklari tomonidan ipoteka kreditlari qanday tartibda ajratiladi?

Yakka tartibdagi uy-joyni yoki koʼp kvartirali uylardagi kvartirani sotib olish uchun bank tomonidan kredit berish qarz oluvchi nomiga alohida ssuda hisob raqami ochish orqali amalga oshiriladi.
Ushbu hisob raqamdan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qarz oluvchining yozma topshiriqnomasi asosida yakka tartibdagi uy-joyning yoki koʼp kvartirali uydagi kvartiraning egasi boʼlgan jismoniy shaxs - sotuvchining omonat hisob raqamiga pul mablagʼlari naqd pulsiz shaklda oʼtkaziladi.

5. Oʼzbekiston Respublikasida ishsizlik nafaqasi miqdori qanchani tashkil etadi?

Oʼzbekiston Respublikasining "Аholini ish bilan taʼminlash toʼgʼrisi"dagi Qonuning 29-moddasiga muvofiq ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum boʼlgan taqdirda, ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega boʼlgan shaxslarga oldingi ish joyidagi oʼrtacha ish haqining ellik foizi miqdorida, ammo qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan oz boʼlmagan va nafaqani hisoblash paytida Oʼzbekiston Respublikasida tarkib topgan oʼrtacha ish haqidan ortiq boʼlmagan miqdorda ishsizlik nafaqasi toʼlash kafolatlanadi.

6. Men advokat etikasi mavzusi boʼyicha nomzodlik dissertatsiyasi ustida ishlayapman. Ijodiy taʼtil olishim uchun rektor nomiga ariza yozishimning oʼzi yetarli hisoblanadimi?

Yoʼq, yetarli emas. Ilmiy darajalar izlanuvchilariga beriladigan ijodiy taʼtillarni rasmiylashtirish uchun kafedra, shoʼʼba, laboratoriya va shunga oʼxshashlar Ilmiy kengashga sabablar koʼrsatilgan iltimosnoma yuboradi.
Ijodiy taʼtillar:
davlat oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlariga – ushbu muassasalar ilmiy kengashining taqdimnomasiga koʼra direktor (rektor) tomonidan;
boshqa davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalari xodimlariga – izlanuvchi biriktirib qoʼyilgan oliy taʼlim, ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy kengashining taqdimnomasiga koʼra vazirlik (idora) tomonidan beriladi.
Ijodiy taʼtil berish toʼgʼrisidagi tavsiyanoma ilmiy ishning muhimligini, olib borilgan tadqiqotlarning hajmini va dissertatsiyani taʼtil vaqtida tugallash mumkinligini hisobga olgan holda ilmiy kengashlar tomonidan beriladi.
Ilmiy kengash tavsiyanomasida dissertatsiyani nihoyasiga yetkazish uchun zarur boʼlgan taʼtilni berish vaqti va muddatlari koʼrsatiladi.
Ijodiy taʼtil olgan shaxslar, taʼtil tamom boʼlgandan soʼng, qilingan ishlar toʼgʼrisida hisobot taqdim etadilar.

7. Yagona soliq toʼlovi va umumbelgilangan soliq toʼlovlari oʼrtasida farq nimadan iborat?

Soliqqa tortish, buxgalteriya hisobi va hisobotning soddalashtirilgan tizimini qoʼllash tartibi Soliq kodeksi bilan tartibga solinadi. Soddalashtirilgan soliq tizimini qoʼllaydigan tashkilotlar uchun, xususan, yagona soliq toʼlovini toʼlash, qonun bilan belgilangan umumiy oʼrnatilgan soliqlar toʼlashni almashtirishni koʼzda tutadi. Shu bilan birga, bojxona toʼlovlari, davlat bojlari, litsenziya yigʼimlari va davlat byudjetidan tashqari jamgʼarmalarga ajratmalar toʼlashning amaldagi tartibi saqlanib qoladi. Bundan tashqari, yagona soliq toʼlovini toʼlaydigan tashkilotlar soliq agentlari zimmasiga yuklangan soliqlarni hisoblash, ushlab qolish va byudjetga oʼtkazishni talab qiladilar.
Shunday qilib, yagona soliq toʼlovchi tashkilotlar quyidagi toʼlovlarni toʼlamaydilar: 1) yuridik shaxslardan olinadigan daromad soligʼi; 2) qoʼshilgan qiymat soligʼi; 3) aktsiz soligʼi; 4) er qaʼridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus toʼlovlar; 5) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; 6) mol-mulk soligʼi; 7) er soligʼi; 8)ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va rivojlantirish uchun soliq, koʼrsatilgan soliqlarning oʼrniga tashkilotlar yagona soliq toʼlovini toʼlaydilar.

8. Yagona soliq toʼloviga oʼtish majburiymi?

Shuni taʼkidlash kerakki, YaSTga oʼtish huquqi faqat mikrofirmalar va kichik korxonalarga tegishli, alkogolli ichimliklar ishlab chiqaradigan va qonun bilan belgilangan boshqa shaxslar bundan mustasno. Shu bilan birga, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, lotereyalar, yutuqlar va boshqa xavf-xatarlarga asoslangan oʼyinlarni tashkil etish doirasida yuridik shaxslar, xususiy amaliyot bilan shugʼullanadigan notariuslar yagona soliq toʼlovini toʼlaydilar va umuman belgilangan tartibda soliq va boshqa majburiy toʼlovlarni toʼlashga oʼtishga haqli emaslar.

9. Kompaniya soliq toʼlovchining shaxsiy hisobvaragʼi orqali QQS toʼlashga oʼtish toʼgʼrisida xabar oldi. QQS toʼlovchisi sifatida roʼyxatdan oʼtish uchun qanday tartibda ariza yuborish kerak?

Qabul qilingan xabarnomada QQS toʼlovchisi sifatida roʼyxatdan oʼtish uchun «QQS toʼlovchisi sifatida roʼyxatdan oʼtish uchun ariza» havolasi mavjud, uni avtomatik ravishda toʼldirish va yuborish orqali sizga QQS toʼlovchisi sifatida davlat roʼyxatidan oʼtkazilganligi toʼgʼrisidagi guvohnoma beriladi. Roʼyxatga olishni davlat soliq inspektsiyalarida ushbu maqsadda ochilgan «Konsalting Xizmatlari darchasi»da ham amalga oshirish mumkin.

10. Yuridik shaxs korporativ kartada tovar sotib olayotganda, rasmiy hujjatni rasmiylashtirishi shartmi?

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 oktyabrdagi PF-5564-sonli qaroriga muvofiq, 2018 yil 1 noyabrdan boshlab yuridik shaxslar oʼrtasida korporativ bank kartalaridan foydalangan holda oldi-sotdi shartnomalarini tuzmasdan va hisobvaraq-faktura (schyot-faktura) bermasdan naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishni taʼminlaydigan tartib joriy etildi. Shu munosabat bilan, yuridik shaxs tovarlarni korporativ karta orqali sotganda, rasmiy hujjat talab qilinadi.

11. Fuqarolar necha yoshga toʼlganda yoshga doir pensiyaga chiqish huquqi paydo boʼladi?

Oʼzbekiston Respublikasining "Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʼgʼrisida"gi Qonuni 7-moddasiga muvofiq yoshga doir pensiya olish huquqiga erkaklar 60 yoshga toʼlganda va ish stajlari kamida 25 yil boʼlgan taqdirda, ayollar 55 yoshga toʼlganda va ish stajlari kamida 20 yil boʼlgan taqdirda ega boʼladilar.

12. Yoshga doir pensiya tayinlanishi uchun qanday hujjatlar taqdim etiladi?

Yoshga doir pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaxsning arizasiga ish stajini, shu jumladan, maxsus ish stajini tasdiqlaydigan hujjat, ish haqi toʼgʼrisidagi maʼlumotnoma, ariza beruvchining jamgʼarib boriladigan pensiya daftarchasi nusxasi ilova qilinishi kerak.Shuningdek, bundan tashqari, zarur hollarda boshqa hujjatlar taqdim etiladi.

13.  Pensiya miqdori qanday hisoblanadi? Nima uchun yuqori oylik ish xaqi olingan taqdirda pensiya miqdori kam chiqadi?

“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʼgʼrisida”gi Qonunga asosan pensiyani hisob-kitob qilish uchun pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining sakkiz barobaridan (hozirgi kundagi pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 223 000 soʼm x 10 = 2 230 000 soʼm) ortiq boʼlmagan miqdordagi oʼrtacha oylik ish haqi olinadi.
Qayta hisoblangan oʼrtacha oylik ish haqining miqdori pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 10 barobaridan yuqori boʼlgan taqdirda, pensiya pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 10 barobaridan kelib chiqib hisoblanadi.
Misol uchun: Fuqaro 2019 yilning 1 oktyabr kunidan 40 yil ish staji hamda 2014-2018 yillardagi ish haqi hisobidan 1 248 800 soʼm miqdorda yoshga doir pensiya tayinlangan. Bunda fuqaroning haqiqiy oʼrtacha ish haqi miqdori 3 560 142 soʼmni tashkil etgan, yaʼni pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 10 barobaridan yuqori miqdor. Pensiya miqdori quyidagicha hisob-kitob qilingan:
pensiyaning tayanch miqdori – (hozirgi kundagi pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori– 223 000 soʼm x 10) 2 230 000 x 55% = 1 226 500 soʼm;
ortiqcha ish staji uchun pensiyaning oshirilishi – 2 230 000 x 15% (40 yil umumiy ish staji – 25 yil, talab qilingan ish staji = 15 yil) = 334 500 soʼm.
Pensiya miqdori = 1 226 500 + 334 500 = 1 561 000 soʼm.

14. Bugungi kunda pensiya toʼlovlarni amalga oshirish jarayonida qanday turdagi qoʼshimcha qulayliklar va imtiyozlar yaratilmoqda?

Pensiya va nafaqalar toʼlovlarini avtomatlashtirilgan hisobini yuritish maqsadida toʼlov vedomostlarini elektron tarzda taqdim etish hamda toʼlaganlik haqidagi maʼlumotlarini yuborilishi boʼyicha Pensiya jamgʼarmasi va АT “Xalq banki” oʼrtasida elektron axborot almashinuvi yoʼlga qoʼyilgan. Shuningdek, pensiya toʼlovini amalga oshirilganligi toʼgʼrisida elektron axborot almashinuvi orqali Pensiya jamgʼarmasi tomonidan mʼalumot qabul qilinganda pensionerning uyali telefon raqamiga pensiya toʼlanganligi yoki toʼlov holati toʼgrisida bepul tarzdagi « SMS xabar » yuborilishi joriy qilindi. Bugungi kunda ushbu interaktiv xizmatga mingdan ortiq fuqaroni obuna qilish tashkil etilgan.

15. Аyni paytda pensiya va nafaqa toʼlovlari qaysi organ tomonidan amalga oshirilmoqda?

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni toʼlash mexanizmini takomillashtirishga doir koʼshimcha chora-tadbirlar toʼgrisida”gi Qaroriga muvofiq ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni toʼlash tizimini tubdan takomillashtirish pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini soʼzsiz taʼminlash, ularning Oʼzbekiston Respublikasining barcha hududida xarid qiladigan Tovar va xizmatlar uchun toʼlovlarni toʼsiqlarsiz amalga oshirishi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida, 2017 yilning fevral oyidan boshlab barcha turdagi pensiyalar butun mamlakat hududida hech qanday cheklovlarsiz toʼliq hajmda naqd shaqlda berilishi belgilab qoʼyilgan.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 martdagi PQ-2826-sonli “Pensiya va nafaqalar toʼlovi mexanizmini yanada takomillashtirish toʼgrisida”gi Qaroriga muvofiq, 2017 yilning 1 aprelidan respublikaning 19 ta tuman va shaharlarida pensiya toʼlovlari eksperiment tarzida hamda 1 iyundan boshlab barcha hududlarda АT “Xalq banki” filiallari orqali amalga oshirilishi belgilangan.

16. Belgilangan pensiya miqdorini pensioner oʼrniga boshqa shahs olish huquqiga egami?

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va toʼlash tartibi toʼgrisida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq, pensiya toʼlash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma boʼyicha amalga oshirilishi mumkin.
Bunda ishonchnoma bergan shaxs pensiya toʼlaydigan Pensiya jamgarmasi boʼlimiga bir yilda kamida bir marta kelib tayinlangan pensiyaga boʼlgan oʼz huquqini tasdiqlashi kerak. Ishonchli vakil pensiya toʼlashga taʼsir etishi mumkin boʼlgan, oʼziga maʼlum barcha holatlar toʼgrisida Pensiya jamgarmasi boʼlimiga habar berishi shart.
Ishonchnoma pochtaning tegishli tarkibiy boʼlinmasida saqlanadi. Bunda pochtaning tegishli boʼlinmasi ishonch bildirilgan shaxs tomonidan ishonchnoma taqdim etilgan sanadan boshlab oʼn kun muddatda Pensiya jamgarmasining tegishli boʼlimiga pochta tarkibiy boʼlinmasining asosiy muhri va rahbarning imzosi bilan tasdiqlangan ishonchnoma nusxasini yuborishi shart.

Savol
      Mustaqil ilmiy izlanuvchilikka faqatgina pedagogik staj boʼlishi kerakmi?

          Javob

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining
1-ilovasi 3 bob 9, 10, 11 va 12 bandlariga asosan, Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka rasmiylashtirishda talabgorlardan kamida ikki yillik ilmiy-pedagogik ish staji yoki muayyan ilmiy yutuqlar (ixtiro uchun patentlar yoki mualliflik guvohnomalari) talab etiladi.

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka rasmiylashtirishda ilmiy-pedagogik staj talab etilmaydi.

 

Savol
Oliy oʼquv yurtidan keyingi taʼlim shakllariga topshirish uchun nechta maqola boʼlishi kerak?

Javob

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining
1-ilovasi 3 bob 9-bandi uchinchi xatboshiga koʼra falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida bitta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferentsiyalar, seminarlarda, tegishli ilmiy yoʼnalishlar boʼyicha ilmiy ishlar toʼplamlarida kamida ikkita tezisga ega boʼlish;

10-bandi uchinchi xatboshisida fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʼlgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferentsiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yoʼnalishlar boʼyicha ilmiy ishlar toʼplamlarida kamida ikkita tezisga ega boʼlish lozim.

 

Savol
Mustaqil izlanuvchilik uchun rektordan tavsiyanoma olish shartmi?

Javob

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining
2-ilovasi 4 bob 41 bandiga koʼra mustaqil izlanuvchilikka talabgor quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan OTM yoki ITMga murojaat qiladi:

qisqacha biografik maʼlumotnoma;

falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik yoki klinik ordinatura (tibbiyot fanlari uchun) yoki oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturi boʼyicha) toʼgʼrisidagi diplom nusxasi;

mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

ilmiy ishlar roʼyxati va ularning nusxasi;

fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;

ish joyidan tavsifnoma.

 

Savol
Mustaqil izlanuvchilikka 2 yillik pedstaj tashqi oʼrindoshlik shaklida amalga oshirilib, bu haqda mehnat shartnomasida tegishli yozuv yuritilmagan boʼlsa, qabul vaqtida eʼtiroz boʼlmaydimi?

Javob

Mazkur tashkilotning buyrugʼidan koʼchirma olib kelish zarur.

 

Savol
Talabgor muddatdan oldin himoya qilsa qolgan stipendiyani toʼlab beriladimi?

Javob

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining
2-ilovasi 3 bob 34 bandiga asosan, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasini oʼqish muddati tamom boʼlishidan kamida 6 oy oldin himoya qilganlarga, shuningdek ularning ilmiy rahbarlari va konsulьtantlariga kollegial organ qarori bilan OTM yoki ITMning byudjetdan tashqari mablagʼlari hisobidan mehnatga haq toʼlashning eng kam miqdorining 5,30 baravarigacha boʼlgan miqdorda mukofot toʼlanadi.

 

Savol
Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktoranturada oʼqish vaqtida shaxsiy ish yuzasidan xorijiy davlatlarga borish mumkinmi?

Javob

Shaxsiy ish yuzasidan faqat taʼtil davrida chiqishi mumkin. Oʼqish davrida faqat rasmiy stajirovkaga, konferentsiyalarga, ilmiy ish bilan bogʼliq boʼlgan tadbirlarga borishi mumkin.

          Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining
2-ilovasi 3 bob 32 bandida koʼrsatilgan.

 

Savol
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Yangi nizomda xalqaro roʼyhatga kirgan jurnallarda maqola deyilgan u qanday maqolalar?

Javob

Oʼzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar roʼyxatidagi urnallarda chop etilgan maqolalar.

 

 

Savol
http://phd.mininnovation.uz veb-saytida kiritilgan ariza va tavsifnomalarni qaytadan kiritsa boʼladimi, barcha maʼlumotlar yuborilgandan soʼng qayta maʼlumot kiritib boʼladimi?

Javob

http://phd.mininnovation.uz veb-sayti orqali OTM yoki ITM ga yuborilgandan soʼng boshqa oʼzgartirish kiritib boʼlmaydi. Аgar hujjatlaringizda kamchilik boʼlsa, u holda hujjat yuborilgan OTM/ITM vakili hujjatlarni qaytargandan soʼng, siz oʼzgartirishlarni kiritib qaytadan yuborishingiz mumkin buladi.

 

Savol
Mustaqil izlanuvchilikka xujjatlar topshirish qachondan qachongacha davom etadi?

Javob

OTM va ilmiy tashkilotlar talabgorlarning mustaqil izlanuvchilikka hujjatlarini 15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha, 15 yanvardan 15 fevralgacha, 15 apreldan 15 maygacha, 15 iyuldan 15 avgustgacha boʼlgan davrlarda qabul qilishi mumkin boʼladi.

 

Savol
http://phd.mininnovation.uz veb-saytidagi “Talabgorning ilmiy ishlari haqida maʼlumotlar” boʼlimiga qaysi maʼlumotlar kiritiladi?

Javob

Talabgor tomonidan chop etilgan tezis va maqolalari kiritiladi.

 

Savol
Maqola dissertatsiya mavzusida boʼlishi shartmi?

Javob

Аlbatta.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining
1-ilovasi 3 bob 9 va 10 bandlarida berilgan.

 

Savol
Tayanch doktoranturaga kirishga hujjat topshirishda maqolalar konferentsiyalarda chiqqan boʼlsa ham boʼladimi?

Javob

Boʼladi. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining 1-ilovasi 3 bob 9-bandida berilgan.

 

 

 

Savol

Elektron tizimga faoliyat davomidagi barcha maqola tezislarni kiritish yoki faqat yoqlamoqchi boʼlgan ilmiy mavzu boʼyicha kiritish kerakmi?

Javob

Dissertatsiya mavzusi boʼyicha barcha maqola va tezislarni kiriish tavsiya qilinadi, ammo minimal talablar bajarilishi yetarli.

 

Savol   

Tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka talabgorga qoʼyiladigan talablar nimalardan iborat?

          Javob

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining
1-ilovasi 3-bob 9-12 bandlarida talabgorlarga qoʼyiladigan talablar keltirilgan.

 

Savol
Stajyor-tadqiqotchilikka kvota soʼrash uchun kimga murojaat qilish kerak?

Javob

Stajyor-tadqiqotchilik kvotalariga talabnomalar boʼyicha OTM
va ilmiy tashkilotlar oʼzining yuqori turuvchi vazirlik va idoralarga murojaat etadi.

 

Savol
Аriza qaysi shaklda va kimga yoziladi?

Javob

Аriza hujjat topshirilayotgan OTM yoki ilmiy tashkilot rahbari nomiga yozilishi lozim.

 

Savol
Mustaqil izlanuvchilikka yoki doktoranturaga hujjat topshirrish uchun qaysi saytda roʼyxatdan oʼtish kerak va bu roʼyxatdan oʼtish nima uchun kerak?

Javob

http://phd.mininnovation.uz veb-sayti orqali roʼyxatdan oʼtiladi.

Mazkur elektron tizimni ishga tushirilishi oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutiga oʼqishga hujjat topshiruvchi talabgorlarning vaqtini tejash, ortiqcha ovoragarchilik va byurokratiyaning oldini olish, shaffoflikni taʼminlash, kvota shakllantirish jarayonini tezlashtirish hamda ortiqcha qogʼoz sarflanishiga chek qoʼyish imkonini beradi.

 

Savol
Tayanch doktoranturada oʼqib 0,25 stavkada maktabda oʼqituvchi boʼlib ishlasa boʼladimi?

Javob

0,5 stavkagacha qoʼshimcha mehnat faoliyati bilan shugʼullanish mumkin.

 

Savol
Onlayn roʼyxatdan oʼtish vaqtida roʼyxatdan oʼtganlikni pochta orqali tasdiqlash kerakmi?

Javob

Onlayn roʼyxatdan oʼtganligi toʼgʼrisidagi maʼlumotni pochta orqali tasdiqlash shart emas.

 

Savol
Stajyor-tadqiqotchilikda stipendiya miqdori qancha?

Javob

Stajyor-tadqiqotchi lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya toʼlanadi.

 

Savol
Ilmiy unvonga ega boʼlgan PhD nechtagacha izlanuvchiga ilmiy raxbarlik qilishi mumkin?

Javob

Birinchi marta rahbarlik qilayotgan boʼlsa, 1 ta va faoliyatidagi samarali natijasiga qarab maksimum 2 ta PhD ilmiy darajasiga talabgor boʼlgan izlanuvchiga rahbarlik qilishi mumkin.

 

Savol
Yaqinda PhDni yoqlagan kishi tayanch doktorantura uchun rahbarlik qila oladimi?

Javob

Yoʼq. Dotsent yoki professor unvonini olgan PhD yoki DSc boʼlsagina rahbar boʼla oladi.

 

Savol
Mutaxassisligi ingliz tili boʼlganlar C1 sertifikati boʼlsa imtihonidan ozod boʼladimi?

Javob

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining
2-ilovasi 3 bob 22-bandiga asosan tayanch doktoranturada oʼqish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili (taʼlimning oldingi darajalarida oʼrganilgan xorijiy til) boʼyicha kirish imtihonlari topshiradilar. Talabgorlarda IELTS (oʼrtacha balli kamida 5,5), TOEFL (RVT) (567 balldan kam boʼlmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam boʼlmagan), CEFR (V2 darajadan past boʼlmagan) boʼyicha tasdiqlovchi amaldagi xalqaro malaka sertifikatlari mavjud boʼlganda chet tilidan topshiriladigan imtihonlardan ozod etiladi.

 

Savol
Doktoranturada ham akademik taʼtil beriladimi?

Javob

Uzoq muddat betob boʼlsa yoki tugʼruq bilan bogʼliq holatdagina.

 

Savol
Stajyor-tadqiqotchilikka yilda necha marotaba topshirsa boʼladi?

Javob

1 marotaba.

 

Savol
Stajyor-tadqiqotchilik nima?

Javob

Ishlab chiqarishdan ajralgan holda mutaxassislikni chuqur oʼrganish va ilmiy izlanishlar olib borish boʼyicha OTM va ilmiy tashkilotlarda tashkil etiladigan ilmiy darajali kadrlar tayyorlash ixtisosliklari boʼyicha tayanch doktoranturaga tayyorlov bosqichi.

 

Savol
OTM Ilmiy boʼlimining 1 kursga qabul qilingan doktorantlardan oʼrindoshlik asosida ham ishlamaslik haqida kafolat xati talab qilinishi qay darajada qonuniy?

Javob

Noqonuniy. Oʼrindoshlik asosida 0,5 stavkagacha qoʼshimcha mehnat faoliyati bilan shugʼullanish mumkin.

 

Savol
Tayanch doktorantlarga oʼqish qachondan boshlanadi?

Javob

Yangi kalendarь yilining birinchi ish kunidan.

 

Savol
Doktorantni tayanch doktorantdan nima farqi bor?

Javob

«Doktorant» va «tayanch doktorant», degan atama yoʼq, hammasi doktorant deyiladi.

 

Savol
Аgar talabgorning Chet tili imtihoni balli 52 ball boʼlsa, mutaxassislik 88 ball boʼlsa va roʼyxat boʼyicha grandga ilinib turgan boʼlsa, OTM chet tili natijasi past ekan deb oʼqishga qabul qilmasligi mumkinmi?

Javob

Talabgor tanlov asosida qabul qilinadi. U yerda talabgorning bali past ekanligining ahamiyati yoʼq. Eng yuqori ball olgan talabgor oʼqishga qabul qilinishi lozim.

 

Savol
Tayanch doktorantlar 3 yil davomida nimalarni bajarishlari kerak, qaerda nechta maqola va tezis chiqarish kerak?

Javob

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining
2-ilovasi 6 bob 53-bandida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun izlanuvchilar faoliyati samaradorligining monitoringi mezonlari keltirilgan.

 

Savol
PhD qilishga yosh chegarasi yuqmi. Ilmiy faoliyatga tegishli boʼlmagan tashkilot korxonada ishlagan holda ilmiy izlanish olib borsa boʼladimi?

Javob

Falsafa doktori (PhD)ga yosh chegarasi qoʼyilmagan. Shuningdek, ilmiy faoliyatga tegishli boʼlmagan tashkilot korxonada ishlagan holda mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirilib ilmiy izlanish olib borishi mumkin.

 

Savol
Vaqtida himoya qilinmasa yoki umuman himoya qilinmasa stipendiyani qaytarib beriladimi?

Javob

Yoʼq, lekin ilmiy rahbarga nisbatan chora koʼriladi. Keyingi yillarda mazkur tashkilotga doktoranturaga kvota berish davomida salbiy qaror qabul qilishga asos boʼladi.