Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati


Toʼychiev Olimjon Аlijonovich

Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati direktori

Tel.:+998 (71) 203-32-23
Veb-sayt: www.muimi.uz
E-mail: o.tuychiev@mininnovation.uz

          O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 sentyabrdagi "Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati hamda "Astronomiya va aeronavtika" bog‘ini tashkil etish to‘g‘risida"gi PQ-3275-sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 noyabrdagi 935-sonli qarorlari bilan joriy yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi fizika, matematika, astronomiya va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati tashkil etildi.

          Mazkur 2018-2019 o‘quv yili uchun maktab-internatiga 7-sinfga o‘quvchilarni qabul maqsadida joriy yilning iyul oyida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya institutining saytlarida va ommaviy axborot vositalarida e’lon berilib, hujjatlar onlayn tarzda qabul qilindi.

          Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti binosida 2018  yil 10 avgust kuni test shaklida qabul imtihonlari bo‘lib, unda jami 148 nafar talabgorlar ishtirok etishdi. Imtihonlar yakunlari bo‘yicha o‘zbek va rus sinflariga 30 nafardan jami 60 nafar o‘quvchilar 7-sinfga qabul qilindi.

          O‘quv yili arafasida maktab-internatning o‘quv rejalari ishlab chiqilib, tasdiqlandi, muassasaning pedagogik jamoasi shallantirildi, o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar yetkazildi.

          O‘quv yilining o‘tgan 1 va 2-choraklari davomida o‘quvchilarda izlanuvchanlikni shakllantirish, ularda ilm-fanga qiziqishlarini uyg‘otish maqsadida har oyda ikki marta turli ekskursiyalar, yetuk olimlar bilan uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etib kelinmoqda. Xususan, o‘tgan davrda Astronomiya institutining direktori, akademik Sh.Egamberdiyev, shu institutning direktor o‘rinbosari Yu.Tillayev va boshqalar bilan ikki marta davra suhbatlari o‘tkazildi, Toshkent shahridagi  Turin politexnika universiteti, vazirlikning Ilg‘or texnologogiyalar markazi, Toshkent politexnika muzeyiga ekskursiyalar tashkil etildi. Bundan tashqari, maktab-internat o‘quvchilari Mirzo Ulug‘bek nomidagi Astronomiya instituti faoliyati to‘g‘risidagi hujjatli filmda suratga tushishdi.

          2019 yilda maktab-internatida quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirish rejalashtirilgan:

          1. 2019-2020 o‘quv yilida maktab-internatiga iqtidorli o‘quvchilarni hamda yuqori kasbiy mahoratga ega pedagoglarni jalb qilish maqsadida respublikaning barcha hududlarida targ‘ibot ishlarini tashkil etish.
          2. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Fizika texnika instituti bilan hamkorlikda aerokosmik yo‘nalishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
          3. Respublikamizning hamda horijdagi yetakchi ta’lim muassasalari bilan hamkorlik asosida o‘zaro tajriba almashinishni tashkil etish.
          4. Maktab-internatning yo‘nalishiga mos bo‘lgan fan to‘garaklari faoliyatini tashkil etish.