Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi


Oxunov Bunyodjon Ashurmatovich

Innovatsion rivojlanish va novatorlik g'oyalarini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi

+998 (95) 177-44-01

b.ohunov@mininnovation.uz

 

Jamgʻarma faoliyatining asosiy yoʻnalishlari:

  • ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarida mamlakatda ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishini taʼminlashga, innovatsion mahsulotlarni chiqarishni oʻzlashtirishga yoʻnaltirilgan ilgʻor ilmiy tadqiqot va izlanish ishlarini olib borish uchun tanlov asosida mutlaqo yangi va zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan ilmiy laboratoriyalar tashkil etish boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish;
  • mahalliy innovatsion ishlanmalar va texnologiyalarni transfer qilish maqsadida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqini (patentlarni) baholash, shuningdek, xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va koʻllab-quvvatlash xarajatlarini qoplash;
  • davlat ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etuvchi ilmiy va oliy taʼlim muassasalarining ilmiy laboratoriyalarini zamonaviy ilmiy asbob-uskunalar bilan qoʻshimcha jihozlash hamda zarur sarflash materiallari va butlovchi qismlar bilan uzluksiz taʼminlash boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish;
  • ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining yetakchi elektron ilmiy maʼlumotlar bazalaridan erkin foydalanishini taʼminlash, shuningdek, xalqaro nashrlarda ilmiy natijalarni chop etishga tayyorlash boʻyicha xarajatlarni qoplash;
  • yosh olimlarning yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarda (markazlar, universitetlar va boshqalar), shu jumladan ilmiy laboratoriyalarni jihozlash uchun sotib olinadigan yuqori texnologik asbob-uskunalarda ishlash metodikasini oʻzlashtirishi uchun qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarini moliyalashtirish;
  • texnologiyalarni transfer qilish sohasida tadqiqotlar oʻtkazish, qonunchilikni birxillashtirish va uygʻunlashtirish, shuningdek, Vazirlikka yuklatilgan vazifa va funksiyalarni samarali bajarish uchun tuzilgan shartnomalar (kontraktlar) asosida jalb qilingan xorijiy yuqori malakali olim va mutaxassislarning xarajatlarini (mehnatga haq toʻlash, transport xarajatlari va boshqalar) moliyalashtirish;
  • Vazirlik va Jamgʻarma ijro etuvchi direksiyasi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va moddiy-texnik taʼminlash;
  • Vazirlik Ilmiy-texnik axborot markazi, nashriyoti, shuningdek, Vazirlik qarori bilan tashkil etiladigan ilmiy kadrlar tayyorlash va xodimlar malakasini oshirish boʻyicha idoraviy ilmiy hamda oʻquv markazlari, maslahat va axborot markazlari, ilmiy laboratoriyalarning xoʻjalik faoliyatidan tushgan daromadlarini hisobga olgan holda ularni moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash;
  • Vazirlikka yuklatilgan vazifa va funksiyalarga muvofiq amalga oshiriladigan boshqa tadbirlarni, shu jumladan innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarning har yillik yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazishni moliyalashtirish.