Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi


Toʻychiyev Olimjon Alijonovich

Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi Bosh direktori

+998 (71) 203-32-23 (702)

milliyofis@mininnovation.uz

1991-yil Toshkent viloyati Bekobod shahrida  tugʻilgan. Millati – oʻzbek.

 

Maʼlumoti

Oliy maʼlumotli, Mashinasozlik, mexatronika boʻyicha mutaxassis.

2015-yili Toshkent Shahridagi Turin politexnika universitetini tugatgan.

2016-yil Xoffenxaym universitetida talaba almashinuvi dasturida taxsil olgan (Germaniya).

2017-yili Turin politexnika universitetini tugatgan (Italiya).

 

Mehnat faoliyati

2014-2015 yy. - Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Texnoparki muhandisi lavozimida boshlagan.

2017-2017 yy. - Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Texnoparki yangi loyihalar boʻyicha muhandisi.

2017-2018 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktorining oʻrinbosari.

2018-2019 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Fan, taʼlim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish boshqarmasi boshligʻi.

2019-2021 yy. -  Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-maydagi
262-son Qaroriga muvofiq Olimjon Alijonovich Toʻychiyev Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi Bosh direktori lavozimiga tayinlangan.

 

Faoliyat

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi ˗ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 1-apreldagi № PQ-5047 sonli
“Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga asosan tashkil etilgan.

Vazifalari:

  1. Iqtisodiyotning real sektori va ijtimoiy soha ehtiyojlaridan kelib chiqib ilmiy faoliyat natijalari, innovatsion mahsulotlar va xizmatlarni yaratish, joriy etish, koʻpaytirish va ularni tijoratlashtirish;
  2. Tijoratlashtirish imkoniyatiga ega ishlanmalarni tanlash, baholash
    va joriy etishda faol qatnashish, ularni tijoratlashtirish uchun investitsiyalarni jalb qilish, ushbu yoʻnalishda forumlar, xalqaro yarmarka va koʻrgazmalar oʻtkazish;
  3. Ilmiy, loyiha-konstruktorlik va texnologik tashkilotlarni ishlab chiqarish tashkilotlari bilan ilmiy va innovatsion sohada izchil hamkorligini rivojlantirish;
  4. Ilmiy faoliyat sub’ektlariga intellektual mulk ob’ektlari
    va nou­xaulardan foydalanish, innovatsion mahsulotlar va texnologiyalarni joriy etish boʻyicha konsalting xizmatlari koʻrsatish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirish, moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblarni amalga oshirish hamda marketing usullarini qoʻllash, shuningdek mutaxassislarning, shu jumladan yoshlarning sohalar kesimida bilim va koʻnikmalarini oshirish boʻyicha oʻquv va trening kurslarini tashkil kilish;
  5. Innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni tijoratlashtirish, joriy etish buyicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda xorijda ishlab chiqilgan texnologiyalar transferini amalga oshirishga va mahalliylashtirishga koʻmaklashish.

Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisida quyidagi laboratoriyalar tashkil etilgan:

 

"Aviatsion va kosmik" oʻquv-tadqiqot laboratoriyasi

"Dron" oʻquv-tadqiqot laboratoriyasi

"3D prototiplashtirish" oʻquv-tadqiqot laboratoriyasi

"Informatsion Texnologiyalar" oʻquv-tadqiqot laboratoriyasi

"Robototexnika" oʻquv-tadqiqot laboratoriyasi

"5G" oʻquv-tadqiqot laboratoriyasi