Ilmiy-texnik axborot markazi


Abduvaliyev Abdulaziz Abduvaliyevich

Ilmiy-texnik axborot markazi direktori

+ 998 (71) 203-32-23 (878)

a.abduvaliyev@mininnovation.uz

https://t.me/cntiuz

https://www.facebook.com/cstiuzb

2019 yil 11 dekabrda innovatsion rivojlanish vaziri I.Abdurahmonovning buyrugʻi bilan Ilmiy-texnik axborot markazi oʻz faoliyatini boshladi. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi 2017 yil 30 noyabrdagi PF-3416-sonli farmoniga asosan vazirlik tuzilmasiga kiritilgan.

Asosiy maqsad – ilmiy va texnik axborotning davlat tizimini takomillashtirish. Shu bilan birga, dastlabki bosqichda markaz toʻrtta asosiy vazifani bajaradi:

  1. Ilmiy-texnik axborotning ma’lumotlar bazasini shakllantirish va ilmiy-innovatsion faoliyat samaradorligini har tomonlama tahlil qilish;
  2. Innovatsion rivojlanish boʻyicha yillik Milliy hisobot uchun materiallar tayyorlash.
  3. Xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda moliyalashtirish uchun taqdim etilgan ITI va ITTKI loyihalarning ilmiy-texnik ekspertizasini oʻtkazishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish;
  4. Ilmiy va texnik axborot almashish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

Shuningdek markaz xalqaro baholash tartiblarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlar va koʻrsatkichlar, fan va innovatsiyalarning rivojlanish darajasi boʻyicha, shu jumladan, Global innovatsion indeksda (GlobalInnovationIndex — GII) Oʻzbekistonning oʻrnini aniqlash uchun tayyorlaydi.

Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirishni boshqarish nuqtai nazaridan, Markaz strategik va tezkor qarorlarni qabul qilish jarayonlarini yuqori sifatli axborot bilan ta’minlashni amalga oshirishda asosiy rol oʻynaydi.

2020 yilning asosiy natijalari.

2017 yildan 2019 yilga qadar davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan ilmiy va innovatsion loyihalar boʻyicha hisobot hujjatlarining elektron versiyalari, ma’lumotlar bazasi shakllantirildi (1500 dan ortiq loyihalar boʻyicha 4500 dan ortiq hisobotlar). Toʻplangan hisobotlar asosida ish samaradorligi tahlili oʻtkazilib, tijoratlashtirish imkoniyatiga ega boʻlgan ilmiy-texnik faoliyat natijalari aniqlandi.

Shuningdek Markaz amalga oshirilayotgan ilmiy va innovatsion loyihalarni monitoring qilish boʻyicha Vazirlik bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi: bajarilgan ishlarni reja asosida Scopus ma’lumotlar bazasi va boshqa hisobot hujjatlarida keltirilgan nashrlarning loyiha mavzulariga muvofiqligi va mavjudligini tahlil qiladi, ilmiy va innovatsion loyihalarni moliyalashtirish uchun kelib tushayotgan arizalarni texnik ekspertizadan oʻtkazadi.

Ilm-fan sohalariga, shu jumladan mamlakatda va dunyodagi eng yangi innovatsion texnologiyalar va ilmiy ishlanmalar boʻyicha dayjestlar va byulletenlarni, shuningdek 2017-2020 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Fan boʻyicha milliy ma’ruzasini tayyorlash boʻyicha axborot-tahliliy ishlar olib borilmoqda.

Har kuni COVID-19ga qarshi vaksinalar ishlab chiqish toʻgʻrisida dayjestlar tayyorlanadi va nashr etiladi.

Ilmiy-texnik tashkilotlarning yetakchi ma’lumotlar bazalariga, masalan SpringerLink (Springer Nature), Clinical Key (Elsevier), Wiley (John Wiley & Sons, Inc.) va boshqa tizimlarga kirish imkoniyati ta’minlandi, muntazam oʻquv vebinarlar oʻtkazilib, texnik yordam koʻrsatilib kelimoqda.

Yevropa Ittifoqining ilmiy va innovatsion hamjamiyatga ilmiy tadqiqot va texnologiyalarni rivojlantirish boʻyicha "Horizon Europe" 9-doiraviy dasturining tanlov va tadbirlarida ishtirok etishga koʻmaklashish boʻyicha Oʻzbekistondagi milliy koordinatorning vakolatxonasini mustahkamlash ishlari olib borilmoqda.

YUNESKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi uchun Oʻzbekiston hududlarining ilmiy texnik va innovatsion salohiyatini tahlil qilish ishlarni amalga oshirish boʻyicha UNESCO IsDB project "UNESCO Global Observatory of Science, Technology and Innovation Policy Instruments towards strengthening inclusive Science, Technology, Innovation Systems for the Sustainable Development Goals" loyiha doirasiga 37 ming AQSH dollari miqdorida xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma imzolandi. 

Mahalliy olimlar va tadqiqotchilarning ingliz tilidagi bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan «English for Science» bepul oʻquv kurslari loyihasi ishga tushirildi.

2021 yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar.

Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan ilmiy va innovatsion loyihalar boʻyicha hisobot hujjatlarining elektron nusxalarini onlayn qabul qilish va roʻyxatdan oʻtkazishni ta’minlaydigan maxsus elektron platformani ishlab chiqish va joriy etish.

Mamlakatdagi ilm-fan va innovatsiya sohasining rivojlanish koʻrsatkichlari va statistik ma’lumotlarini yigʻish, qayta ishlash va taqdim etishni optimallashtirish, ixtisoslashtirilgan axborot-tahlil tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

Xorijiy mamlakatlarning yirik xalqaro ilmiy fondlari va ixtisoslashgan tashkilotlarining ilmiy va innovatsion loyihalarni ilmiy-texnik ekspertizasini tanlash va oʻtkazish boʻyicha tajribasini batafsil oʻrganish.

Doimiy ravishda mamlakatda va dunyoda ilm-fan va innovatsiya sohasini yanada rivojlantirish tendensiyalarini yuqori darajada (sifatli va miqdoriy) tizimli tahlilini olib borish.

Mahalliy olimlarning nashr faoliyatini oshirish va ilmiy-texnik axborotning xalqaro bazalarida ilmiy jurnallarni targʻib qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Mahalliy olimlarning nashr faoliyatini faollashtirish va ilmiy jurnallarni xalqaro ilmiy-texnik ma’lumot bazalarida targʻib qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish.

Oʻzbekiston va xalqaro ilmiy jamoatchilik vakillari, mahalliy ilm-fan yutuqlari, soʻnggi voqealar va rejalashtirilgan ilmiy tadbirlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatini beradigan Milliy ilmiy veb-portalni ishlab chiqish va ishga tushirish. Shuningdek, Portalda Oʻzbekiston Respublikasining ilmiy-texnik va innovatsion salohiyatini aks ettiruvchi ma’lumot va axboroti joylashtiriladi.

Umuman olganda, mazkur Markaz Markaziy Osiyo mintaqasida ilm-fan va innovatsiya sohasida yetakchi intellektual agentlikka aylanish uchun barcha shart-sharoitlarga ega boʻlgan, xalqaro miqyosda axborot-tahliliy xizmatlar koʻrsatish imkoniyatlariga ega.