Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi


Oxunov Bunyodjon Ashurmatovich

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi ijrochi direktori

Fuqarolarni qabul qilish haftaning juma kuni soat 16.00 dan 18.00 gacha.

+998 (95) 177-40-41

b.ohunov@mininnovation.uz

 

Jamgʻarma faoliyatining asosiy yoʻnalishlari:

  • innovatsion faoliyat sub’ektlari tomonidan innovatsiyalarni yaratish va ularni joriy qilishni tanlov asosida moliyalashtirish;

    ilmiy-tadqiqot, innovatsion, tajriba-konstruktorlik va startap loyihalarini tanlov asosida moliyalashtirish;

    ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini tijoratlashtirishni moliyalashtirish;

    ilmiy laboratoriyalarni zamonaviy yuqori texnologiyaga asoslangan asbob-uskunalar bilan jihozlash (qoʻshimcha jihozlash), shuningdek, zarur sarflash materiallari va butlovchi qismlar bilan ta’minlash boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish;

    ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulkka boʻlgan huquqlarni (patentlarni) xorijda roʻyxatdan oʻtkazish va patentni saqlab turish xarajatlarini qoplash;

    ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining yetakchi elektron ilmiy ma’lumotlar bazalaridan erkin foydalanishni ta’minlash, shuningdek, xalqaro nashrlarda ilmiy natijalarni chop etishga tayyorlash boʻyicha xarajatlarni toʻlash;

    Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Yoshlar akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Yoshlar akademiyasi) faoliyatini tashkil etish va uning asosiy vazifalarini roʻyobga chiqarish tadbirlarini, shu jumladan ilmiy-innovatsion akselerator va biznes-inkubatorlarning tashkil etish, iqtidorli yoshlarning rivojlangan davlatlarning nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, texnoparklari va ishlab chiqarish tashkilotlarida malakasini oshirish, ilmiy-amaliy tadbirlar (simpozium, konferensiya, seminar, trening, davra suhbatlari, master-klasslar va boshqalar) tashkil etish hamda ularning xalqaro ilmiy-amaliy tadbirlarda qatnashish xarajatlarini moliyalashtirish;

    yosh olimlarning yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlardagi (markazlar, universitetlar va boshqalar)dagi ilmiy stajirovkalarini moliyalashtirish;

    Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tomonidan jalb qilinayotgan yuqori malakali xorijiy davlatlar mutaxassislarining xarajatlarini (mehnatga haq toʻlash, transport xarajatlari va boshqalar) moliyalashtirish;

    Vazirlikning Ilmiy-texnika axborot markazini, nashriyotini, shuningdek, Vazirlik qaroriga binoan tashkil etiladigan ilmiy kadrlar tayyorlash va xodimlar malakasini oshirish boʻyicha idoraviy ilmiy hamda oʻquv markazlarini, maslahat va axborot markazlarini, ilmiy laboratoriyalarni ularning xoʻjalik faoliyatidan tushadigan daromadlarini hisobga olgan holda moliyalashtirish hamda moddiy-texnik jihatdan ta’minlash;

    Vazirlik, uning hududiy boshqarmalari hamda Jamgʻarma Ijro etuvchi direksiyasini moddiy-texnik jihatdan ta’minlash, shu jumladan ularning xodimlari malakasini oshirish va xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlari xarajatlarini moliyalashtirish;

    Vazirlik, uning hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlari hamda Jamgʻarma Ijro etuvchi direksiyasi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish;

    boshqa tadbirlarni, shu jumladan Vazirlikka yuklatilgan vazifalar va funksiyalarga muvofiq amalga oshiriladigan tadbirlarni moliyalashtirish.

 

 

 

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Hukumatning tegishli qarorlariga asosan 2018-2021 yillarda Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga yuklatilgan moliyaviy majburiyatlar to’g’risida
MA`LUMOT

Xarajatlar turi

Asos

Jami

mln. so’m

shundan:

2018-2020 yillarda bajarilgan majburiyatlar

2021 yil
(prognoz)

keyingi yillar
(prognoz)*

Daromadlar jami:

 

 

370 356,0

224 360,1

 

Xarajatlar jami:

 

1 042 646,6

370 356,0

224 360,0

447 930,6

shundan:

 

 

 

 

 

Ilmiy va laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash (qo’shimcha jihozlash), zarur butlovchi qismlar, materiallar va reaktivlar bilan ta’minlash

PQ-3365-son, 01.11.2017 y.

322 396,9

76 127,7

65 892,0

180 377,2

PQ-3190-son, 09.08.2017 y.

22 694,7

9 294,7

13 400,0

 

PQ-4020-son, 20.11.2018 y.

3 234,8

 

 

3 234,8

VM 575-son, 02.08.2017 y.

2 746,7

2 746,7

 

 

VM 958-son, 26.11.2018 y.

1 556,1

 

 

1 556,1

VM 1054-son, 31.12.2019 y.

1 818,6

 

 

1 818,6

VM 367-f-son farmoyish, 12.08.2020 y.

8 303,0

8 303,0

 

 

Yosh olimlarning ilmiy stajirovkalarini moliyalashtirish

PQ-3416-son, 30.11.2017 y.

32 718,0

8 238,0

8 160,0

16 320,0

Innovatsion g’oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar markazlarining innovatsion loyihalarini moliyalashtirish

PQ-3697-son, 05.05.2018 y.

5 000,0

 

 

5 000,0

Ustuvor innovatsion, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va «startap» loyihalarni moliyalashtirish 

PQ-3698-son, 07.05.2018 y.

50 000,0

41 026,4

8 973,6

 

Aholida saqlanayotgan noyob qo’lyozma, toshbosma kitoblar va tarixiy hujjatlarni xarid qilish xarajatlari

PQ-2995-son, 24.05.2017 y.

2 991,7

1 436,7

740,0

815,0

2020 — 2023 yillarda respublika hududlarida Yoshlar texnoparklarini bosqichma-bosqich tashkil etish xarajatlari

VM-313-son, 22.05.2020 y.

101 284,8

4 584,8

25 200,0

71 500,0

Olmazor tumanidagi texnopark qurilishi 

VM-497-f

50 000,0

5 000,0

45 000,0

 

Xalq tabobatini rivojlantirish markazlarini asbob-uskunalar, texnika va boshqa moddiy-texnik resurslar bilan jihozlash xarajatlari

PQ-4668-son, 10.04.2020 y.

1 078,1

 

 

1 078,1

«O’zbekiston dorivor o’simliklari» kichik innovatsion korxonasini saqlash xarajatlari

PQ-4670-son, 10.04.2020 y.

5 225,0

 

 

5 225,0

Ta’lim muassasalari uchun kimyo va biologiya fanlaridan o’quv va ilmiy adabiyotlarni yaratish bo’yicha milliy tanlov g’oliblarini bir martalik mukofot pullari bilan taqdirlash

PQ-4805-son, 12.08.2020 y.

200,0

 

100,0

100,0

Biotexnologiyalar sohasida loyihalarni amalga oshirish, tajriba-sanoat biotexnologik ishlab chiqarishlarni tashkil etish va rivojlantirish, biotexnologiyalarni rivojlantirish uchun ilmiy va laboratoriya uskunalarini xarid qilish, sohaga zamonaviy texnologiya, innovatsion g’oya va ishlanmalarni joriy qilish.

PQ-4899-son, 25.11.2020 y.

40 000,0

 

20 000,0

20 000,0

Innovatsion rivojlanish vazirligi va Jamg’armaga yuklatilgan vazifa va funktsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari

PQ-3416-son, 30.11.2017 y.

127 173,3

59 072,4

32 013,8

36 087,1

Vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlarni saqlash xarajatlari

Vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlarni saqlash xarajatlari 

PQ-3975-son, 16.10.2018, VM 865-son, 25.10.2018 y., PQ-3416-son, 30.11.2017 y., VM 557-son, 19.07.2018 y., 

28 004,2

18 804,9

4 380,6

4 818,7

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashrifi davomida berilgan topshiriqlarni moliyalashtirish xarajatlari

Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini tijoratlashtirishni moliyalashtirish

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev rahbarligida 2020 yil 19 oktyabrь kuni o’tkazilgan vidioselektor majlisining 82-son bayonining 11-bandi 

100 000,0

 

 

100 000,0

Sirdaryo viloyatida Sabzavot va poliz ekinlari ilmiy urug’chilik stantsiyasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash xarajatlari

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19 fevralь kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifi 8-son majlis bayoni

1 851,9

1 351,9

500,0

 

Vazirlik binosini qurilish va jihozlash xarajatlari

VM 276-son, 06.04.2018 y.

118 100,0

118 100,0

 

 

Sirdaryo viloyatida “Biznes akselerator” o’quv-amaliy markazini hamda maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun bolalar innovatsion texnoparkini tashkil etish xarajatlari

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19 fevralь kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifi 8-son majlis bayoni

7 401,4

7 401,4

 

 

Andijon viloyati Marxamat tumanida innovatsion tajriba maydonini tashkil etish xarajatlari

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17-18 maydagi Andijon viloyatiga tashrifi majlis bayoni

8 867,4

8 867,4

 

 

 

 

 

 

 

 

*) Keyingi yillar uchun hisoblangan majburiyatlar dastlabki hisob-kitoblarga asosan prognoz qilingan hamda Jamg’armaning tegishli moliya yilidagi daromadlaridan kelib chiqib o’zgarishi mumkin.

 

Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining 2018 yilgi moliyaviy faoliyati bo‘yicha auditorlik tekshiruvi natijalari.

Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining 2019 yilgi moliyaviy faoliyati bo‘yicha auditorlik tekshiruvi natijalari.

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovasiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining 2020 yilgi moliyaviy faoliyati bo‘yicha auditorlik tekshiruvi natijalari.