Xalqaro molekulyar allergologiya markazi

Ubaydullayev Bekzod Shavkatovich
Xalqaro molekulyar allergologiya markazi Direktori
b.ubaydullaev@mininnovation.uz
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 865-sonli qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Xalqaro molekulyar allergologiya markazi tashkil etildi.
Vazifalari:
- ultrazamonaviy biologik mikrochiplarni qoʻllash orqali allergik kasalliklarni diagnostika qilish sohasida innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish, shuningdek, shu kabi kasalliklarni davolash va profilaktika qilish;
- allergik kasallik haqida jamlangan maʼlumotlar, allergen turlari, shuningdek, shoshilinch holatlarni rivojlanish riski toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi “allergik pasport” yaratish;
- allergen oʻsimliklar gulchangining aerobiologik monitoringini va changlatish prognozini aniqlash, kelgusida bu haqida aholini xabardor qilish, allergenli oʻsimliklarning gullash taqvimini yaratish;
- oziq-ovqat mahsulotlarini tamgʻalashni anafilaktik reaksiya rivojlanish xavfi mavjudligini inobatga olgan holda jahon standartlariga moslashtirish va ularni oziq-ovqat sanoatiga bosqichma-bosqich joriy etish;
- molekulyar allergologiya sohasida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazilishini tashkil etish va tadqiqotlarni amalga oshirilishida koʻmaklashish;
- molekulyar allergologiya boʻyicha vrachlar malakasini oshirish oʻquv dasturlarini va uslubiy adabiyotlarni ishlab chiqish;
- molekulyar allergologiya sohasida mutaxassislarni shartnoma asosida malakasini oshirish va qayta tayyorlash;
- molekulyar allergologiya sohasida faoliyat yuritayotgan yosh olimlar va xorijlik ekspertlarni hamkorlikka jalb qilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
- xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlik shakllarini rivojlantirishda ishtirok etish, jumladan, molekulyar allergologiyani rivojlantirish uchun jamgʻarmalar va xalqaro dasturlar grantlarini jalb qilish orqali xorijlik hamkorlar bilan birgalikda ilmiy-texnikaviy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish.