“Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi” DUK


Tursunov Mansur Bekpulatovich

“Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa” uyi davlat unitar korxonasi direktori

+998 (71) 245-62-45, Faks: +998 (71) 245-62-03

Ilm.fan@mininnovation.uz

Tursunov Mansur Bekpulatovich  1981 yilda Samarqand viloyati, Paxtachi tumanida tug‘ilgan.

Millati – o‘zbek. Ma'lumoti – oliy. 2003 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini bakalavriatini, 2006 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini magistraturasini bitirgan.

 

Mehnat faoliyati:

1999-2003 yy.  - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi

2004-2008 yy.   - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti umumiqtisod mutaxassisliklari sirtqi fakultet dispetcheri

2009-2011 yy.   - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti aspiranti

2012-2013 yy    - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti menejment fakulteti dekani muovini

2013-2014 yy.   - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti buxgalteriya hisobi va audit fakulteti dekani muovini

2014-2018 yy.   - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy-tadqiqot markazi ishlar boshqarmasi boshlig‘i

2018 y.-h.v.       - O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi “Innovasion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi” davlat unitar korxonasi direktori

Nashriyot faoliyatining asosiy yoʻnalishlari

“Innovatsion rivojlanish Nashriyot-matbaa uyi” davlat unitar korxonasi Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2018 yil 17 fevraldagi 54-sonli buyrugʻiga muvofiq tashkil etilgan boʻlib, ilm-fan sohalaridagi innovatsion gʻoya va ishlanmalarni davlat va jamiyat hayotining har bir jabhasiga izchil tatbiq etish, zamonaviy yuqori malakali mutaxassislarning tayyorlanishi jarayonlariga munosib hissa qoʻshishni oʻz oldiga maqsad qilib olgan.

Nashriyot vazirlik muassisligida tashkil etilgan va vazirlikning tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi. Uning asosiy funksional vazifasiga professional darajada turli xil noshirlik va matbaa ishlarini amalga oshirish kiradi. Jumladan, nashriyot oʻz faoliyati davomida yangi “Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” ilmiy jurnali hamda oldindan faoliyat yuritib kelayotgan “XXI asr texnologiyalari” bolalar va oʻsmirlarning ilmiy-texnikaviy, maʼnaviy-maʼrifiy, ommabop nashrini, shuningdek, ilmiy monografiyalar, bukletlar, avtoreferatlar, oʻquv qoʻllanmalar va h.k chop etadi.