"Yoshlar innovatsiya markazi" DUK


Yusupov Qudratjon Muxammadqodirovich

"Yoshlar innovatsiya markazi" DUK direktori

(97) 205 50 00

usupovqm@gmail.com

yusupovqm@mail.ru 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 17 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Yoshlar innovatsiya markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi № 832-sonli Qarori asosida tashkil etildi.

Vazifalari:

Farg‘ona vodiysi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining talabalari, yosh olimlari va o‘qituvchilarining intellektual va ijodiy salohiyatini namoyon etish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Oliy ta’lim va ilmiy muassasalar, tadbirkorlik sub'yektlari va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlari rivojlanishini muvofiqlashtirish;
Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini ishlab chiqarishga joriy qilish, ularning natijalarini tijoratlashtirish va iqtisodiyot sohalari hamda korxonalarning ilmiy-texnik muammolarini hal etishga yo‘naltirish;
Markaz tuzilmasidagi kovorking-markazida yoshlar, olimlar va tadbirkorlarga maslahat, moliyaviy, buxgalteriya xizmatlari, biznes-akselerator xizmatlari ko‘rsatish;
Xalqaro va mahalliy darajada e’tirof etilgan kompaniyalar, tashkilotlar, olimlar va mutaxassislar ishtirokida mahorat darslari, treninglar va malaka oshirish kurslari, dolzarb ilmiy-innovatsion yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-amaliy konferentsiyalar va seminarlar, tanlovlar o‘tkazish.
Markazning yo‘nalishlari:

OTMlararo ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi
Arxitektura va loyihalash byurosi
Axborot texnologiyalari markazi
Kovorking-markazi
Innovatsion g‘oyalar va loyihalarni ishlab chiqarishga tatbiq qilish jamg‘armasi