Abu Ali Ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab


Kamolov Jamoliddin Sayfitdinovich

Abu Ali Ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab internati direktori

Tel.: +998 (93) 384-06-88
Veb-sayt: www.ibnsino-maktab.uz
E-mail: qabul@ibnsino-maktab.uz 

Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati Vazirlar Mahkamasining 19.07.2018 yildagi 557-son qarori asosida faoliyatini boshlagan. 7- va undan yuqori sinf oʻquvchilari orasidan biologiya va kimyo fanlariga qiziqishi boʻlgan hamda fan olimpiadalarida sovrinli oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar respublikaning barcha hududidan tanlov asosida qabul qilinadi.

Maktab 21.09.2018 yildan faoliyatini boshlagan.

Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati 2019-2020 oʻquv yilidan 900 nafar 7- va undan yuqori sinf oʻquvchilari 100 nafardan ortiq malakali pedagoglar, tarbiyachilar, texnik va boshqa xodimlar bilan ish boshlashi belgilangan.