Yangiliklar

Rasionalizatorlar, birlashing!  

Hozirda har qanday zamonaviy korxonaning shiori – innovasiyalar! Innovasion faoliyat har doim va har qanday sohada muhim va talabga ega. Texnologik vazifalarga ijodiy takliflar bilan chiqadigan rasionalizatorlar innovasion faoliyatning uzviy qismidir.

 

Kimni rasionalizatorlar deb atay olamiz? Avvalo, yangilikka o‘ch, muammolarga befarq qaray olmaydigan, sinchkov, tirishqoq, kamchilik va muammolarni hal qilish istagida bo‘lgan turli soha vakillaridir. Mehnatni tashkil etishning eng maqbul yechimlarini topish, ishlab chiqarishning samaraliroq usullarini yaratish, texnologik jarayonlarni soddalashtirish shular jumlasidan.

 

Innovasion rivojlanish vazirligi yurtimiz iqtisodiyotining barcha jabhalarida mehnat qilayotgan o‘z ishining ustalari – rasionalizatorlarni va rasionalizatorlik g‘oyalarini amalda qo‘llashga ehtiyoji bo‘lgan tadbirkorlar, korxona rahbarlarini birlashtirishga qaror qildi.

 

Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi guruhiga a'zo bo‘ling va o‘z g‘oyalaringizni amalga oshirilishiga zamin yarating! Ishlab chiqarishda texnologik muammolarga duch keldingizmi? U holda ham shu kanalga a'zo bo‘lib, o‘z muammolaringizni hal eting!