Yangiliklar

Innovatsion rivojlanish vazirligi hindistonliklar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻymoqda

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi Hindistonning “The National Small Industries Corporation Ltd” bilan oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish maqsadida muzokaralar olib bormoqda. Hamkorlikni mustahkamlash maqsadida joriy yilning 7-9 fevral kunlari “The National Small Industries Corporation Ltd” tashkilotining ikki nafar vakili – Andole Balraj Prabxu Raj va Tyagi Sunilni oʻzaro anglashuv memorandumini imzolash uchun Oʻzbekistonga taklif etildi.

Muzokaralardan koʻzlangan maqsad Sirdaryo viloyatida Hindiston tajribasidan kelib chiqqan holda oʻzaro hamkorlik asosida “Biznes akselerator” tashkil etish boʻyicha muzokaralar olib borishdir. “Biznes akselerator”ni tashkil etish davomida “The National Small Industries Corporation Ltd” hamda “Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi” hamkorlikda Oʻzbekistonning boshqa hududlarida ham bu tajribani tatbiq etish rejalashtirilgan.

Ushbu loyiha yoshlarni ish bilan taminlash, ularni tadbirkorlikka qiziqtirish, kichik biznes va kasanachilikni rivojlantirish hamda maʼlum bir kasb-hunarga yoʻnaltirish kabi bir nechta vazifalarni oʻz ichiga oladi.