Yangiliklar

Abu Ali ibn Sino nomli ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga oʻqituvchilarni tanlab olish boʻyicha dastlabki suhbat oʻtkazildi

 

Abu Ali ibn Sino nomli yosh biologlar va kimyogarlarixtisoslashtirilgan maktab-internatiga 2019—2020 oʻquv yili uchun yuqori malakali oʻqituvchilar va xodimlarni tanlov asosida qabul qilish boʻyicha suhbat jarayoni boʻlib oʻtdi.

Suhbat soha mutaxassislaridan tarkib topgan Ishchi guruhi tomonidan oʻqituvchilarga qoʻyilgan talablarga muvofiq shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etildi. Suhbat jarayonida hujjat topshirgan jami 96 nafar pedagog xodimlardan 76 nafari ishtirok etdi.

Ular orasidan oʻqituvchilarga qoʻyilgan asosiy talablarga javob beradigan 20 nafar malakali, oʻziga talabchan va ijodkor oʻqituvchilar tanlab olindi. Shuningdek, pedagog tarbiyachi va laborant lavozimlariga hamda fakultativ mashgʻulotlar uchun malakali oʻqituvchilar saralab olindi. Xususan, kimyo fani – A.Nabiyev (doktorant), I.Palaznik (mustaqil tadqiqotchi), biologiya fani – M.Umaraliyeva (doktorant), O.Eshonxoʻjayeva (mustaqil tadqiqotchi), Geografiya fani – J.Musayev (geografiya fanlari nomzodi), informatika fani – D.Seytimbetov (mustaqil tadqiqotchi), musiqa fani – K.Yuldashev (Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist), jismoniy tarbiya fani – B.Yoʻldoshev (“Lokomotiv” futbol klubi futbolchisi) shular jumlasidan.

Ayni kunda, maktab-internatda malakali pedagog xodimlarga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib, tanlov jarayoni davom etmoqda.