Yangiliklar

Koreyadagi xalqaro robototexnika chempionatida gʼoliblikni qoʼlga kiritgan yoshlar Toshkentdagi Turin politexnika universitetiga imtihonsiz qabul qilinadi

Joriy yilning 7 oktyabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi Innovatson rivojlanish vazirligida Koreya Respublikasining Donxe shahrida boʼlib oʼtgan Xalqaro robototexnika chempionatida ishtirok etib, yaxshi natijalarni koʼrsatgan Oʼzbekiston yoshlar milliy terma jamoasi aʼzolarini taqdirlash marosimi boʼlib oʼtdi.


Tadbirda Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Аbdurahmonov, Buyuk Britaniyaning Petromaruz kompaniyasi direktori maslahatchisi Zaripov Bahriddin, hamda Turin politexnika universiteti rektori Oʼktam Salomov ishtirok etib, chempionatda muvaffaqiyatli ishtirok etgan yosh yurtdoshlarimizga sertifikat va esdalik sovgʼalari topshirdilar.
— Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazida

Robototexnika boʼyicha ochilayotgan laboratoriya sizlar uchun oʼziga yarasha ustaxona vazifasini oʼtaydi. Uni aynan sizlar kabi bilimli, dono va zukko yoshlarimiz uchun ochamiz, - dedi I.Аbdurahmonov. – Bugun uyga borar ekansizlar, mahalladoshlarga, sinfdoshlarga, doʼstlaringizga robototexnika haqida gapirib beringlar. Zero, ular ham bu sohaga qiziqib, oʼz imkoniyatlarini namoyish qilsin. Kelajak sizlarniki! Innovatsiyalaar ham, yaratilayotgan sharoitlar ham barchasi sizlar uchun aslida, shunday ekan gʼalaba ruhiyati bilan oldinga ildam qadam bosish kerak, — taʼkidladi vazir yoshlarga oʼz tilaklarini bildirar ekan.


Innovatsion rivojlanish vaziri PETROMARUZ kompaniyasiga jamoaning chempionatda ishtirokiga homiylik qilgani hamda koʼrsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirdi. Oʼz navbatida B.Zaripov terma jamoa aʼzolari oʼqishni bitirib, Petromaruz kompaniyasiga ishga kirsa, boshqa xodimlardan 30 % koʼp maosh berilishini aytib oʼtdi.
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Oʼktam Salomov Robo scolar yoʼnalishi boʼyicha 3-oʼrinni egallagan jamoa aʼzolariga Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga imtihonsiz oʼqishga kirish va kontrakt toʼlovini 30% chegirma asosida toʼlab oʼqish imkoniyatini beruvchi sertifikatlarni topshirdi.


Maʼlumot oʼrnida aytish kerakki, Milliy terma jamoa aʼzolari tibbiyotda qoʼllanilishi mumkin boʼlgan “Smart doc box” loyihasini ishlab chiqib, Robo scolar yoʼnalishida 3-oʼrinni egalladilar. Shuningdek, musobaqaning soʼnggi kunida milliy terma jamoa ishtirokchilari “Best agriculture project” (qishloq xoʼjaligi yoʼnalishi boʼyicha eng yaxshi mualliflik loyihasi) nominatsiyasida gʼoliblikni qoʼlga kiritdi. “Robot in movie” yoʼnalishida esa jamoa aʼzolari “Technical award” mukofotiga sazovor boʼldi.