Yangiliklar

2022-yil uchun qabul kvotalarining ilmiy va taʼlim tashkilotlari boʻyicha ixtisoslik kesimida taqsimoti

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-son qarori bilan Hukumatning 2017-yil 22-maydagi 304-son qaroriga oʻzgartirish kiritilgan boʻlib, unga koʻra Innovatsion rivojlanish vazirligi tizimida ilmiy va taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirlik va idoralar bilan qatʼiy ravishda kelishgan holda ilmiy va taʼlim tashkilotlari kesimida akkreditatsiyadan oʻtgan ixtisosliklar boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarining samaradorlik koʻrsatkichlariga asosan qabul kvotasi tasdiqlandi.

Ilmiy darajali kadrlar tayyorlash tizimida davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga oʻqitish boʻyicha 2022-yil uchun qabul kvotalarining ilmiy va taʼlim tashkilotlari boʻyicha ixtisoslik kesimida taqsimoti bilan tanishing.

Oshkoralik tamoyillariga asosan, shuningdek, boʻlajak doktorantlarning istaklarini inobatga olgan holda, joriy yilda ilmiy darajali kadrlar tayyorlash tizimida davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga oʻqitish boʻyicha 2022-yil uchun qabul kvotalarining ilmiy va taʼlim tashkilotlari boʻyicha ixtisoslik kesimida taqsimotiilk bora keng jamoatchilikka eʼlon qilindi.

Davlat byudjetidan ilmiy va taʼlim tashkilotlari akkreditatsiyadan oʻtgan ixtisosliklar boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarining samaradorlik koʻrsatkichlariga asosan, taqsimlangan qabul kvotalaridan ortib qolgan oʻrinlar Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan qayta taqsimlanadi.