Yangiliklar

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining texnogen chiqindilarni kompleks qayta ishlash masalasi muhokama qilindi

Iqtisodiyot tarmoqlarining ilmiy ishlanma va innovatsiyalarga boʻlgan ehtiyojlarini aniqlash, tarmoq ilmiy-tadqiqotlarini rivojlantirish asosida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, ishlab chiqarish jarayonidagi texnik muammolarni tadqiqot ishlari bilan ilmiy yechimini topish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining eng asosiy muammolaridan biri boʻlgan texnogen chiqindilarni kompleks qayta ishlash va ularning tarkibidan oltin, kumush, rangli va noyob metallarni ajratib olish texnologiyalarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish masalalari boʻyicha davra suhbati oʻtkazildi.

--Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining eng asosiy muammolaridan biri boʻlgan texnogen chiqindilarni kompleks qayta ishlash va ularning tarkibidan oltin, kumush, rangli va noyob metallarni ajratib olish texnologiyalari yaratiladi va ishlab chiqarishga joriy etiladi, -- deydi Tarmoq korxonalarida ilmiy tadqiqot va taraqqiyot tuzilmalarini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi Sanjar Berdiyev.

Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Shahlo Turdiqulova boshchiligida oʻtkazilgan davra suhbatida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ raxbariyati va mutaxassislari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi “Mineral resurslar ilmiy tadqiqot instituti” DK, OʻzR FA Materialshunoslik instituti, “Fan va taraqqiyot” DUK ilmiy-tadqiqot instituti, Oʻzbekiston – Koreya texnologik markazi, Umumiy va noorganik kimyo instituti olimlari ishtirok etdilar.


Suhbat davomida “Olmaliq KMK” AJ tomonidan importdan olib kelinayotgan mahsulotlarni olimlarni jalb qilgan holda, mahalliylashtirishga qaratilgan qisqa muddatli tadqiqot va tajriba sinov ishlarini tashkil etish hamda kombinatda yigʻilib qolgan texnogen chiqindilarni kompleks qayta ishlash va tarkibidagi metallarni ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish boʻyicha ilmiy loyihalarni xakorlikda moliyalashtirish asosida amalga oshirish boʻyicha Innovatsion rivojlanish vazirligi va “Olmaliq KMK” AJ oʻrtasida memorandum imzolashga kelishib olindi. Shunga asosan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining eng asosiy muammolaridan biri boʻlgan texnogen chiqindilarni kompleks qayta ishlash va ularning tarkibidan oltin, kumush, rangli va noyob metallarni ajratib olish texnologiyalari yaratiladi va ishlab chiqarishga joriy etiladi.