Yangiliklar

Innovatsion rivojlanish vazirligi va Oʻzbekiston Geografiya jamiyati oʻrtasida geografik tadqiqotlarni tashkil etish boʻyicha anglashuv memorandumi imzolandi

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov va Oʻzbekiston Respublikasi Geografiya jamiyati raisi Oybek Norinbayev oʻrtasida geografiya sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini amaliyotga joriy etish boʻyicha uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuv davomida, tomonolar Respublikaning gegografiya sohasida ilmiy salohiyatini, ilmiy-tadqiqot faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, geografik ekotizmni rivojlantirish, yosh avlodning geografiya va tadqiqot sohasidagi ilmiy salohiyatini rivojlantirish boʻyicha qoʻshma dasturlarni tashkil etish doirasida hamkorlik yoʻnalishlarini muhokama qildilar. Shuningdek, geografik tadqiqotlar sohasida qoʻshma dasturlarni tashkil etish, mahalliy geograflarning ilmiy ishlarini nashr etish, tajriba almashish va geografik bilimlarni targʻib qilish boʻyicha Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Geografiya jamiyati oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.Uchrashuv yakunida, tomonlar geografiya sohasida ilmiy, tadqiqot, oʻquv va ishlab-chiqarish tashkilotlari faoliyatining oʻzaro integratsiyalashuviga yordam berish, mahorat darslari, treninglar va malaka oshirish kurslarini, shuningdek ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlar oʻtkazish boʻyicha kelishib oldilar.