Yangiliklar

Oʻzbekiston delegatsiyasi Tataristonning “Shkola 21” maktabi bilan tanishdi

15-sentyabr kuni Tataristonda xizmat safari bilan boʻlgan delegatsiya AT mutaxassislarini yetishtiruvchi “Shkola 21” maktabiga tashrif amalga oshirildi. “Shkola-21” Sber kompaniyalar guruhi tomonidan tashkil etilgan loyiha boʻlib, unikal taʼlim metodologiyasi (oʻqituvchisiz, maʼruzasiz va baholashsiz) asosida dunyo talablari darajasidagi AT mutaxassislarini yetishtiradi. Taʼlim jarayoni mutlaqo bepul boʻlib, ishtirokchilar 24/7 rejimida oʻzlariga qulay surʼatlarda taʼlim olishlari imkoniyati yaratilgan. “Shkola 21” taʼlim markazida tashkil etilgan sharoitlar delegatsiya aʼzolarida katta qiziqish uygʻotdi va taassurotlar qoldirdi. “Shkola 21” vakillari bilan suhbat davomida ushbu tajribani Oʻzbekistonda qoʻllash hamda yuqoridagi oʻqitish texnologiyasini Oʻzbekistonga transfer qilish imkoniyatlari muhokama qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida “Shkola-21” filialini ochish hamda ushbu loyihani amalga oshirishning texnik va moliyaviy jihatlarini muhokama etish uchun Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi, “Shkola-21” va Sber kompaniyalar guruhi vakillari oʻrtasida kengaytirilgan muhokama oʻtkazishga kelishib olindi.