Yangiliklar

Tatariston Respublikasi investitsion rivojlanish agentligi rahbari bilan uchrashuv


17-sentyabr kuni Tatariston Respublikasi investitsion rivojlanish agentligi rahbari T. Minullina Innovatsion rivojlanish vaziri I. Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiyaga respublikaning investitsion potensiali va sohada amalga oshirilayotgan islohotlar borasida taqdimot oʻtkazdi.
Tatariston Respublikasi Rossiyaning eng iqtisodiy rivojlangan subyektlaridan biri hisoblanib, yiliga 1,8 mlrd AQSH dollari toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb qiladi. “Tatariston–2030” strategiyasida bu koʻrsatkichni 2030-yilga qadar 5,7 mlrd AQSH dollari olib chiqish va investitsion loyihalar uchun qoʻshimcha 8,6 trln rubl (100 mlrd AQSH dollari) dan koʻp mablagʻ sarflanishi rejalashtirilgan. Respublika investitsion faollik boʻyicha Rossiyaning yetakchi uchtaligiga kiradi.
Shu bilan birga, T. Minullina va I. Abdurahmonov Oʻzbekistonda innovatsion ekotizimni tashkil etish, ushbu yoʻnalishda yuzaga keladigan muammolar va ularning yechimlari toʻgʻrisida fikr almashishdi. Jumladan, Rossiya Federatsiyasida innovatsion hududlar tashkil etish va ushbu hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi. Shu bilan birga, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan respublikaning ayrim tumanlarini innovatsion hududga aylantirish tashabbusini yuqori baholadi.