Yangiliklar

Technovation Girls Uzbekistan 2021 xalqaro dasturi yakunlandi

1-iyun kuni Innovatsion rivojlanish vazirligida qizlar uchun eng yirik Technovation Girls Uzbekistan xalqaro texnologik tanlovining final tadbiri oʻtkazildi. Tadbir mazkur tanlov ishtirokchi-jamoalari toʻrt oylik faoliyatining natijasidir.

Final marosimida Toshkent, Fargʻona, Andijon, Namangan, Urganch va Samarqandning Senior Division (15-18 yosh) va Junior Division (10-14 yosh) jamoalari oʻz loyihalari natijalarini namoyish etishdi. Qizlar koʻrgazma stendlarida oʻz mobil ilovalarini taqdim etib, sahanaga taqdimotlari bilan chiqishdi.

Tadbirning tantanali qismida Celebration Event fahriy mehmonlari soʻzga chiqdi: innovatsion rivojlanish vazir oʻrinbosari, Ilgʻor texnologiyalar markazi direktori Shahlo Turdiqulova, Oʻzbekiston bolalari va oilalarni qoʻllab-quvvatlash uyushmasi raisi Inqilob Tursunovna Yusupova, BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska, Isroilning Oʻzbekistondagi elchisi Zexavit Ben-Xillel, Yaponiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Yoshinori Fudjiyama, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-​muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi rais oʻrinbosari Jusipbek Kazbekov.

Technovation Uzbekistan 2021 ning barcha jamoalari hamkor tashkilotlarning sertifikat va sovgʻalari bilan taqdirlandi, shuningdek turli nominatsiyalar va loyihalar koʻrgazmasi natijalari boʻyicha jamoalar tanlab olindi.

 

Mavzularga oid nominatsiyalarda gʻolib boʻlgan jamoalar:

  • Iqlim oʻzgarishi sohasida eng yaxshi loyiha. Nominatsiyada 2 jamoa gʻolib deb topildi: “Safe Air" (havo monitoringi) ilovasi bilan Happy Bees jamoasi va Pets Protection (uysiz hayvonlarga yordam) ilovasini taqdim etgan Just Think jamoasi. Ushbu nominatsiyada sovgʻalar Oʻzbekiston Respublikasi ekologiyava atrof-​muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan taqdim etildi.
  • “Salomatlik” mavzusida eng yaxshi loyiha: Healthica (sogʻlom turmush tarzi targʻiboti) loyihasi bilan U&I jamoasi. Mazkur nominatsiyada sovgʻalar Isroilning Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan taqdim etildi.
  • “Teng imkoniyatlar” mavzusida eng yaxshi loyiha: “Balance" (gender tengligi boʻyicha) ilovasi bilan Digital Uzbekistan. Sovgʻalar AQSH ning Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan taqdim etildi.
  • “Volontyorlik haraqati” mavzusida eng yaxshi loyiha: “Rahmat" (koʻngillilar, mahalla qoʻmitalari orqali kam taʼminlanganlarga yordam berish) loyihasi bilan IT Ladies jamoasi. Sovgʻalarni BMT ning Oʻzbekistondagi ofisi taqdim etdi.
  • “Ishchi oʻrinlari yaratish” mavzusida eng yaxshi loyiha: “BitKey" ilovasi bilan Dominator Ladies jamoasi. Unga koʻra oʻsmirlar oʻzlari yasagan buyumlarni sotishlari mumkin. Sovgʻalar UzAutoMotors Powertrain tomonidan taqdim etildi.
  • “Nogironligi bor shaxslarga koʻmak” mavzusida eng yaxshi loyiha: Speak With Me (eshitishida nuqsoni bor shaxslar uchun imo-ishoralar tilini oʻrganish) ilovasi bilan Prosperous (Urganch) jamoasi.
  • “Taʼlim” yoʻnalishida eng yaxshi loyiha: Learn your rights (yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish) ilovasi bilan Lighting Paradox jamoasi. Sovgʻalar UNODC tomonidan taqdim etilgan.

Koʻrgazma natijalari va jamoalarning chiqishlari boʻyicha hakamlar Innovatsion rivojlanish vazirligining quyidagi nominatsiyalari boʻyicha gʻoliblarni aniqladi:

  • Peopleʻs Choice Award — U&I jamoasi
  • Social Impact Award — Astroworld jamoasi
  • Most Innovative Team — IT team jamoasi, Nukus
  • Inspiration Award — Believe in yourself jamoasi, Urganch
  • Social Entrepreneurship Award — Qizlarjon jamoasi, Fargʻona

3-iyun kuni Xalqaro jyuri Oʻzbekistondan xalqaro tanlovga yoʻllanma olgan 4 ta jamoani aniqladi:

Senior Division:
- Female Innovation Team
- Girl Heroes

Junior Division:
- Believe in yourself 1
- IT-Ladies

https://www.technovation.org/blogs/2021-semifinalists/

7-iyul kuni esa barcha jamoalar saytda oʻz baholari, hakamlarning sharhlari va xalqaro sertifikatlarni koʻradi.

Jamoalar mentorlar rahbarligi ostida barqaror rivojlanish maqsadlari bilan bogʻliq quyidagi mavzularda mobil ilovalarni ishlab chiqdi: Oʻzbekiston maktablarida taʼlim jarayonlari, oʻsmirlarning mental sogʻligʻi, oʻziga xos rivojlanishga ega bolalarga yordam, gender tengsizligini kamaytirish, daydi jonivorlarni himoya qilish, kam taʼminlangan oilalarga yordam, Qoraqalpogʻistonda va Xorazmda daraxt ekish, havo sifatini kuzatish, ayollar uchun qisman bandlikni koʻzda tutuvchi ishni izlash va boshqa mavzular. Jamoalarning barcha videoroliklari va loyihalari http://technovation.uz/allprojects2021 saytida chop etilgan.

Tanlovning joriy mavsumida butun dunyo boʻylab 1700 ta jamoa oʻz loyihasini topshirdi. Oʻzbekiston eng koʻp jamoalar soniga ega mamlakatlar TOP-10 ligidan joy oldi. Iyun oyida xalqaro hakamlar hayʼati xalqaro tanlovda Oʻzbekistondan qatnashishda davom etadigan bir nechta jamoani aniqlaydi.

2021-yil aprel oyida Oʻzbekistonning 7 ta hududidan 10-18 yoshli qizlardan iborat 41 ta jamoa oʻz ijtimoiy mobil ilovalarining prototiplari ustidagi ishlarni yakunladi. Qizlar Technovation xalqaro taʼlim dasturini oʻrganishdi va 2021-yil yanvaridan aprel oyigacha oʻz loyihalari ustida ishlashdi. Mashgʻulotlarning koʻpchiligi, karantin cheklovlarini hisobga olgan holda, hududlardagi jamoalarga qulay boʻlishi uchun onlayn-formatda oʻtkazildi.

Fevral-mart oyilarida Technovation tanlovining trenerlar jamoasi respublikaning 3 ta hududi – Fargʻona, Namangan va Nukusda jamoalar bilan offlayn-seminarlar va mentorlik sessiyalarini oʻtkazdi.

Mahalliy va xalqaro ekspertlar har hafta quyidagi mavzularda seminarlar oʻtkazishdi:

  • Texnologiyalar, sunʼiy intellekt va mobil ilovalar yordamida ijtimoiy muammolarni hal qilish;
  • mobil ilovalarni dasturlash (App Inventor yordamida);
  • biznes-reja tuzish, ijtimoiy tadbirkorlik;
  • mentorlik;
  • IT sohasida karyera;
  • loyihalarni boshqarish;
  • Barqaror Rivojlanish Maqsadlari va BMTning Oʻzbekistondagi agentliklari vakillari bilan uchrashuvlar;
  • storitelling;
  • smartfonga video olish, videoni montaj qilish;
  • taqdimotlarni tayyorlash.

 

Technovation Girls dasturi haqida

Technovation Girls — qizlar uchun dunyodagi eng yirik va ommabop texnologik dastur. Oʻzbekistonda dastur 2016-yildan buyon oʻtkazib kelinadi. Ushbu davr ichida 120 ta jamoa mobil ilovalarni yaratdi. 1 200 ta ortiq qiz 200 ta mentor koʻmagida treninglarda qatnashdi, 50 dan ortiq tadbir oʻtkazildi.

Technovation Girls ishtirokchilari, yaʼni Toshkent va Oʻzbekiston hududlaridan 10-18 yoshli qizlar texnologiyalar yordamida ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni hal qilishni oʻrganadi va Barqaror Rivojlanish Maqsadlari bilan bogʻliq sohalarda innovatsion mobil ilovalarni yaratadi.

Jamoalarni tadbirkorlar, oʻqituvchilar universitetlarning talabalari va IT-mutaxassislardan iborat mentorlar (murabbiylar) qoʻllab-quvvatlaydi. Har bir jamoa mobil ilova yaratadi, loyihaning biznes-rejasini yozadi, loyiha haqida video oladi va oʻz loyihasini tanlov finalida taqdim etadi.

2018-yilda Oʻzbekiston jamoasi dunyoning eng yaxshi 10 ta jamoasi tarkibiga kirdi va Kaliforniyada boʻlib oʻtgan xalqaro finalda oʻz loyihasini taqdim etdi.

Dasturda qatnashish bepul. Tanlov haqidagi batafsil maʼlumot — www.technovation.uz saytida.

Xalqaro sayt: https://technovationchallenge.org/