Yangiliklar

Fargʼona Yoshlar innovatsiya markazi 2021 yilda 5 ta startap loyihani amalga oshiradiFargʼona Yoshlar innovatsiya markazi 2021 yilda 5 ta startap loyihani amalga oshiradi

Respublikamizda raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish boʼyicha barqaror oʼsish surʼatlarini taʼminlash, shuningdek, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan qurilish materiallari sanoatidagi tarkibiy oʼzgartirishlarni yanada chuqurlashtirish boʼyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Yoshlarning innovatsion tadbirkorlik koʼnikmalarini rivojlantirish va imkoniyatlarini kengaytirish, yuqori tijorat salohiyatiga ega, roʼyobga chiqarishga tayyor boʼlgan istiqbolli startap-loyihalarni tanlash hamda har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, mamlakatimizning ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining ilmiy va innovatsion salohiyatidan keng foydalanish orqali yangi turdagi yuqori samarador maxsulotlar. Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Yoshlar innovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan ishlab chiqilgan startap loyihalari ham mana shu ishlarning bir koʼrinishidir. 

IZOFULL – issiqlikni saqlovchi nano material

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularning samaradorligini oshirish boʼyicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturida yangi turdagi energiya tejamkor va ekologik jihatdan xavfsiz qurilish materiallarining tezkorlik bilan amaliyotga joriy etilishi va qoʼllanilishini taʼminlanishi koʼrsatib oʼtilgan. “Maxalliy xom ashyodan energiya tejamkor nano-suyuq issiqlik izolyatsiya qoplamasi “IZOFULL” ishlab chiqarishni tashkil etish” startap loyihasini Fargʼona Yoshlar innovatsiya markazi hamda Fargʼona politexnika instituti Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʼlimi bilan hamkorlikda 18 oyda amalga oshirish rejalashtirilgan boʼlib, loyihani umumiy 850 mln. soʼm miqdorida moliyalashtirilishi koʼzda tutilgan.Bugungi kunda samaradorlikka ega boʼlgan va ishlatilishi qulay zamonaviy issiqlik saqlovchi materiallar, shu jumladan, xorijdan import qilinayotgan energiya tejamkor suyuq nano qorishmali issiqlik saqlovchi qoplamalarning qimmatligi, anʼanaviy energiya saqlovchi izolyatsiya materiallarining yetishmasligi, shu bilan birga ulardning ogʼirligi, ekspluatatsiya qilishning noqulayligi hamda ishlatish muddatlarining pastligi kabi muammolar mavjudligi mazkur loyiha mavzusining dolzarbligini belgilaydi.Hozirda bozorda alyuminoborosilikat yoki keramik mikrosferalarni (ichi boʼsh-vakuum sharchalarni) oʼz ichiga olgan “Thermal-Coat”, “Mascoat”, “Bioni-Shield” kabi import qilingan suyuq issiqlik izolyatsion aralashmalarning bir nechta markalari mavjud. Lekin import qilinadigan analoglardan keng foydalanishga ularning baland narxi toʼsqinlik qilmoqda. Mahalliy xomashyo va asbob-uskunalardan foydalangan holda raqobatbardosh ekologik toza va import qilinayotganlarga nisbatan 2-3 barobar arzon energiyani tejaydigan suyuq issiqlik izolyatsion qoplamalarni Oʼzbekistonda ishlab chiqarishni tashkil qilish muhim ahamiyatga ega.Ushbu muammolarni hal qilish uchun loyihada mutlaqo yangi yuqori texnologiyali kompozitsion material — "IZOFULL" nano-suyuq issiqlik izolatsiya qoplamasi sifatida taklif etiladi."IZOFULL" nano-suyuq issiqlik izolatsiya qoplamasi issiq suv va bugʼ hosil qilish qurilmalarini, muxandislik tarmoqlari quvurlarini issiqlik izolyatsiyasi, gidroizolyatsiya va korroziyadan, bino va inshootlarning devorlarini tashqi va ichki qismlarini issiqlik yoʼqotishlardan, namgarchilikdan, mogʼorlashdan himoya qiladi."IZOFULL" nano-materiali anʼanaviy boʼyoq kabi ishlatiladi: choʼtka, rolikli, past va yuqori bosimli purkagichlarlardan foydalaniladi. Surkalgan suyuq izolyatsiya qurigandan soʼng, yuza bilan yaxshi adgeziyaga kirishib, past issiqlik oʼtkazuvchanligiga, gidroizolyatsiya, fungitsid (magʼorga qarshi), korroziyaga qarshi xususiyatga ega polimerqoplamani hosil qiladi."IZOFULL" nano materialning issiqlikni saqlash, korroziyadan ximoya qilish, yongʼinga chidamlilik va ixchamlilikni taʼminlash kabi noyob xususiyatlari tufayli mazkur energiya tejamkor suyuq issiqlik izolyatsiyasini yurtimiz xalq xoʼjaligining turli sohalarida qoʼllash mumkin. Masalan, kimyo sanoatida isitish yoki sovutish bilan ishlaydigan reaktorlarni issiqlik izolyatsiyasi uchun qoʼllash reaktordagi maxsulotni isitish yoki sovutishd aenergiya xarajatlarini kamaytiradi, korroziyadan saqlaydi va ishlash muddatini uzaytiradi. Bino va inshootlarni tashqi va ichki devorlariga suyuq izolyatsiya bilan ishlov berish issiqlik saqlashni taʼminlaydi, devorlar muzlashi, mogʼorlanishi va namlanishining oldini oladi, ushbu ishlarning bajarilish narxi vaqtini sezilarli darajada kamaytiradi va xonadagi mikrokilimitni yaxshilaydi. Yoki uy-joy kommunal xizmatida issiq suv taʼminoti va istitish quvurlarini suyuq izolyatsiya bilan qoplash korroziyadan hamda issiqlik yoʼqotishlardan saqlaydi, gaz va elektr energiyani tejaydi. Shuningdek, energetika va metallurgiyada: bugʼ generatorlarini, bugʼ quvurlarini, suv isitgichlarni suyuq izolyatsiya bilan qoplash issiqlik saqlanishini taʼminlaydi, quvurlarni gidroizolyatsiyalab, korroziyani kamaytiradi va qurilmalarni uzoq muddat ishlashini taʼminlaydi.

“Аqlli logistika” mobil ilovasi yuk mashina haydovchilariga qulaylik yaratadi

Butun dunyoda Covid-19 pandemiyasi keng tarqalgan hozirgi vaqtda respublikamizda karantin talablari joriy etilmoqda. Bunday sharoitda insonlar oʼrtasida ijtimoiy masofani saqlash va shu sharoitda fuqarolar uchun qulay servis xizmatlarini koʼrsatish dolzarb masala boʼlib, innovatsion yechimlar asosida turli tarmoq va sohalarda mavjud muammolarga yechim topish talabi yuzaga kelmoqda. Ushbu sharoit va talabdan kelib chiqib, Fargʼona Yoshlar innovatsiya markazi tomonidan “Smart logistic” mobil ilovasini yaratish boʼyicha startap loyiha ishlab chiqildi. Ushbu startap loyihasi 12 oyda amalaga oshirilish rejalashtirilgan boʼlib, 500 mlnyu soʼm miqdorida moliyalashtirilishi koʼzda tutilgan.Bugungi kunda birgina Fargʼona shahridan oʼrtacha kuniga 100 dan ortiq taksi va yuk mashinalari shaharlararo qatnovlarni amalga oshiradi. Har bir taksi taksi oʼrtacha 10 ming soʼmdan avtoturargohlarga toʼlov haqi toʼlaydi va mijoz toʼplash uchun 3-5 soat vaqt sarflanadi. Yuk mashinalarining esa bir kunlik avtoturargoh toʼlovi oʼrtacha 30 ming soʼmni tashkil etadi va yuk toʼplash uchun oʼrtacha 2-5 kungacha vaqt sarflashadi. Bugungi pandemiya sharoitida taksi va yuk hizmati koʼrsatuvchilarni ijtimoiy masofani saqlagan holda fuqarolar va mijozlar uchun qulay taksi va yuk tashish hizmatlarini koʼrsatish koʼzda tutuvchi mobil ilova yaratilmoqda. Аqlli logistika mobil ilovasi orqali shaharlararo taksi xizmatidan foydalanish, mashina rusimini, vaqtini tanlash va buyurtma berish imkoniyatini beradi, oʼz navbatida haydovchi oʼz yoʼnalishidagi yoʼlovchilarni topishi va qisqa muddatda mojozlarni toʼplash imkoniyati yaratiladi.Kutilayotgan natijalar va ularning ahamiyati (kutilgan natijalar va ularning ilmiy va ijtimoiy ahamiyatga egaligi):Yuk mashina haydovchilari oʼz hududi atrofidagi yuklarni mobil ilova orqali topadi va manziliga qisqa muddatlarda yetkazib beradi. Аyniqsa, taksi mashinalarini mobil ilova orqali masofadan tez va oson topish, ham taksi hizmatini koʼrsatuvchilar, ham mijozlarga qulaylik yaratish, ularni vaqtini tejash, ortiqcha mablagʼlarni sarflanishini oldini olish va yuqori darajada sifatni taʼminlaydi, taksi va yuk tashuvchilarga avtoturargohlarga kunlik toʼlovlarni (15-30 ming soʼm) tejash imkonini yaratadi (mobil ilova aʼzolik badali 1 xaftada 10 ming soʼm).Tadqiqotning ilmiy yangiligi, qoʼyilgan vazifalarni hal etish va rejalashtirilgan natijalari yuk tashish avtomobillari uchun oʼrtacha 2-5 kunda toʼplanadigan yuklarini 2 kungacha qisqartirish va avtoturargoh uchun kunlik 30 ming soʼmdan toʼlovlarni tejash imkonini yaratadi (mobil ilova aʼzolik xaqi xafatsiga 10 ming soʼm).Bundan tashqari, loyiha tashabbuskorlari va yaratuvchilari mijozlarning talab va takliflarini inobatga olib, ularning talab va istaklaridan kelib chiqib qoʼshimcha imkoniyatlar yaratiladi. Loyihani amalga oshirish va keyingi faoliyatida asosiy eʼtibor “Mijozlarning tanlovi biz uchun muhim” shioriga asoslanadi.

“Toza suv” startap loyihasi

Dunyo aholisi oʼsib borgani sari suvga boʼlgan talab ham oshmoqda, suv tanqisligi bugungi kunda eng dolzarb muammolardan biriga aylanmoqda. Oʼzbekiston uchun suv aholining yashash sharoiti va jamiyatning iqtisodiy rivojlanishini taʼminlaydigan ustuvor va hayotiy manba hisoblanadi. Mamlakatimiz yarim qurgʼoq mintaqada joylashgan boʼlib, zarur suv resurslarining 80 foizini daryolarning yuqori qismida joylashgan qoʼshni davlatlardan oladi. Kelajakda suvga boʼlgan talabni baholash shuni koʼrsatadiki, iqlim oʼzgarishi sharoitida Markaziy Osiyoda suv resurslari taqchilligi sezilarli darajada oshadi. Toza suvdan foydalanishning qiyinlashishi va ichimlik suvining ifloslanishi koʼpincha gepatit, tif va oshqozon-ichak kasalliklari kabi kasalliklarning tarqalishiga olib keladi. Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʼra, kasalliklarning 80 foizi, shu jumladan saraton kasalligi ichimlik suvining sifatsizligi tufayli yuzaga keladi. Xavfsiz boʼlmagan suv manbalari yiliga 1,2 million kishining oʼlimiga sabab boʼladi.Suvni tortib olish va drenajlash sohasidagi innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish, shuningdek, qayta ishlatiladigan suvning ulushini va uni tozalash sifatini nafaqat isteʼmol uchun, balki texnologik va qishloq xoʼjaligi ehtiyojlari uchun oshirish orqali suvdan foydalanish samaradorligini oshirish mumkin. Shu bilan birga, ushbu texnologiyalar aholining barcha qatlamlari uchun moliyaviy jihatdan choʼntakbop boʼlishi muhim rolь oʼynaydi. Chunki, suvning yuqori narxi va taʼminotdagi uzilishlar uy xoʼjaliklarini muqobil manbalardan foydalanishga va maishiy ehtiyojlar uchun suvni tejashga majbur qiladi, bu oʼz navbatida oziq-ovqat xavfsizligi va gigiena qoidalariga taʼsir qiladi va kasallik tarqalish xavfini oshiradi.Rasmiy maʼlumotlarga koʼra, shaharlarning 88 foizga yaqini va qishloq aholisining 79 foizi ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatiga ega. Biroq foydalanuvchilarning atigi 17 foizi doimiy foydalanish imkoniyatiga ega va 65 foiz foydalanuvchilar kuniga olti soatdan kam vaqt davomida suv olishadi. Vaziyat, ayniqsa asbob-uskunalarning uzilishlari tez-tez uchraydigan yoki umuman markazlashtirilgan suv taʼminoti tizimi mavjud boʼlmagan qishloq joylarda qiyin. Mutaxassislarning fikriga koʼra, suv taʼminoti tarmoqlariga ulanish imkoniyati boʼlmagan hududlar aholisi kuniga 6 soatgacha vaqtini muqobil manbalardan ichimlik suvini tashishga sarflashadi.Qishloq joylarda asosan quduqlardan foydalaniladi, chunki chuqurligi 5-10 m boʼlgan quduqchalar suvni kerakli hajmda yetkazib bera olmaydi, buning uchun chuqurligi 20-180 m gacha boʼlgan quduq qazish zarur. Quduqlar yer osti suvlari bilan oziqlanadi va soatiga 100-150 l gacha suv chiqarib bera oladi. Ular qishloq xoʼjaligini ifloslantiruvchi moddalarga juda sezgir. Yerga solinadigan barcha moddalar — nitratlar, nitritlar, sirt faol moddalar, pestitsidlar va ogʼir metallar quduq suviga tushishi mumkin.Shaharlardagi holat qishloqnikidan tubdan farq qiladi. Tozalashning bir necha bosqichligiga qaramay, suv quvurlaridan keladigan suv ikkinchi darajali ifloslanishni boshdan kechiradi, bu esa uni isteʼmol qilishdan oldin qayta tozalashni talab qiladi. Bundan tashqari, suv isteʼmolchiga yetib borgunga qadar, xlor moddasi qoldiq organik moddalar bilan reaktsiyaga kirishadi va ularni maʼlum bir qismini juda zararli xlororganik birikmalarga aylantiradi. Garchi oxirgi paytda shahar aholisi qadoqlangan suvni isteʼmol qilishga oʼtishgan boʼlsada, aholining asosiy qatlami bunday kunlik xaridga qodir emas.Yuqorida aytilganlarning barchasi foydalanishdan oldin ichimlik suvini qoʼshimcha tozalash zarurati bor degan xulosaga olib keladi. Bunday operatsiya moliyaviy nuqtai nazardan maqbul boʼlishi va qishloq joylarida, ayniqsa markazlashtirilgan suv taʼminoti boʼlmagan olis aholi punktlarida ham, infratuzilmasi rivojlangan shaharlarda ham teng qoʼllanila olinishi kerak.“Toza suv (Pure water)” startap loyihasi mualliflari eng maqbul yechim – keng tarqalgan plastik idishlarga oʼrnatilgan suvni tozalash uchun arzon sorbsion filьtrlardan foydalanishni taklif qiladi. Ushbu yechim ikki xil variantda: individual va umumiy foydalanishga moʼljallangan koʼrinishda taqdim etiladi.Sorbtsion filьtrlar suvdan xlororganik birikmalarni (xloroform, uglerod tetraxloridi, bromodixlorometan va boshqa moddalar), shuningdek ogʼir metallarni (temir, qoʼrgʼoshin va boshqalar), mexanik birikmalarni, bakteriyalarni va ayrim viruslarni chiqarib filьtrlaydi.Taklif qilinayotgan filьtrlarda eng arzon filьtrlash vositalaridan (faollashtirilgan uglerod va polipropilen membranasi) foydalanadi, ammo ular birgalikda ishlatilganda filьtrlash samaradorligi bir necha barabar ortadi. Faollashtirilgan uglerodni tanlash materialning xususiyatlari bilan belgilanadi: u toksik emas, turli xil moddalarni oʼzining 800-1500 m2/gr yuzaga ega poralarida ushlaydi va saqlaydi.Taqdim etilgan dizaynning qulayligi tufayli filьtrni oʼrnatish va ishlatish maxsus bilimlarni yoki malakali mutaxassislarning ishtiroki va yordami talab qilmaydi. Bunday amaliy yechimlarni chekka joylarda (qurilish, dala tadqiqotlari), ekologik va texnologik falokatlar yuz berganda qoʼllash muhimligini taʼkidlab oʼtish muhim. Suvni tozalash uchun filьtrlar uy-roʼzgʼor buyumlari dunyosida yangilik emas, ammo ishlab chiqariladigan mahsulot analoglardan qulayligi, xajmining kichikligi, oddiy aholi uchun xamyonbopligi bilan farq qiladi. Shuning uchun yaqin kelajakda ichimlik suvini filьtrlash uchun yangi texnik yechimni patentlashga qaror qilindi.Ushbu startap loyihasi Fargʼona politexnika instituti “Umumiy kimyo” kafedrasi olimlari bilan birgalikda 11 oyda amalaga oshirish rejalashtirilgan boʼlib, 164 mln. 250 ming soʼm miqdorida moliyalashtirilishi koʼzda tutilgan.

 

Keramik oʼyinchoqlar – bolalarning milliy oʼzligini shakllantiradiSoʼnggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar, televidenie va boshqa axborot vositalarida oʼyinchoqlarning yosh bolalar ruxiyati va sogʼligʼiga taʼsiri toʼgʼrisida baxs-munozaralar koʼp uchramoqda. Darxaqiqat, bolalar hayotida oʼyinchoqlarning oʼrni, ahamiyati ulkan. Ular bolalarga zavqu-shavq bagʼishlash bilan bir qatorda ularga bilim beradi, ong, nutq va dunyoqarashlari shakllanishiga yordam beradi, baʼzan esa, afsuski, ularda urf odatlarimizga zid hamda maʼnaviy rivojlanishlariga salbiy taʼsir koʼrsatadigan xislatlarni rivojlantirishi mumkin. Yosh avlodni ijodkorlik, kreativlik va konstruktiv fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish hamda milliy qadriyatlarimiz va anʼanalarimizga mos ravishda tarbiyalash maqsadida oʼz iqtidorlarini namoyon etishlariga imkoniyat yaratib bera oladigan, shu bilan bir qatorda boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazishga moʼljallangan, tabiiy toza mahsulotlar asosida ishlab chiqariladigan keramik oʼyinchoqlar yaratish maqsad qilib koʼyilgan. Ishlab chiqarilishi koʼzda tutilgan keramik oʼyinchoqlar tabiiy mahsulotlardan yasalishi bois bolalar organizmi uchun xavfsizdir. Ular bolalar tabiatini xisobga olgan holda tekis yuzali va qirgʼoqlari oʼtkir burchaksiz qilib yaratiladi. Hozirda oʼyinchoqlarning uch xil turi ishlab chiqarishga tayyorlangan: • “Oʼzing boʼya” – qoʼllanma orqali milliy naqshlarda yoki bolaning oʼz fantaziyasidan kelib chiqib buyashiga moʼljallangan, dastlabki ishlov berilgan kichik keramik idishlar (laganchalar, koʼzachalar) hamda boʼyash uchun kerakli jixozlardan iborat toʼplam. • “Barmoq teatri”- oʼzbek xalq ertaklarini barmoqlar orqali saxna koʼrinishi tariqasida namoyish etishga moʼjallangan yarimtayyor oʼyinchoqlar toʼplami. • ”Yosh quruvchi”- koʼp marotaba oʼyinchoq binolar yigʼishga moʼjallangan keramik gʼishtchalar va qorishma toʼplami.Bu loyiha amaliyotga joriy etilishi bir vaqtning oʼzida Rishton keramikasi maktabi bazasida yangi yoʼnalish ochilishiga hamda axoli bandligini oshirishga ham hizmat qiladi. Shuningdek, milliy keramik oʼyinchoqlar brendini shakllantirish chet el mahsulotlari bilan raqobatlasha oladigan oʼyinchoqlar turini qoʼpayishiga olib keladi. Bu esa oʼz navbatida importning kamayishi va valyuta tejalishiga olib keladi.Ushbu startap loyihasi 12 oyda amalaga oshirilish rejalashtirilgan boʼlib, 155,4 mln. miqdorida moliyalashtirilishi koʼzda tutilgan.

Аqlli avtomobil (Smart Car) bilan avtomobilь masofadan boshqariladi
Hozirgi kunda innovatsion faoliyat tobora rivojlanib bormoqda. Bu esa isteʼmolchilarga zamonaviy muhitga moslashishni taqozo etmoqda. Аqlli uylar, aqlli shaharlar, aqlli telefonlar davrida aqlli mashinalarga ham ehtiyoj ortib bormoqda. Oʼzbekistonning dunyoda kam sonli avtomobil ishlab chiqaruvchi davlatlardan biri ekanligini va yuqoridagilarni inobatga olib aqlli mashinalarni koʼpaytirish zamon talabiga aylanmoqda. “Smart Car” qurilmasi avtomobilni uyali telefon orqali masofadan WI-FI tizimi yordamida boshqariladi. Bu qurilmadan foydalanib mashinani eshiklarini ochish-yopish, divigatelni oʼchirib-yoqish, lyuk boshqaruvi, avtomobil svetlarini oʼchirib-yoqish, yukxonani ochish-yopish, xavfni bildirish, avtomatik qulflash, vaqt belgilash, umuman 25 taga yaqin funktsiyani amalga oshiradi.Loyiha asosan insonlar shaxsiy avtomobillari boshqaruvini osonlashtirish va qoʼshimcha qulayliklar yaratishga hizmat qiladi. Xususan, avtomobilni masofadan boshqarishda qoʼshimcha pultga extiyoj sezilmaydi, yani pult oʼrniga mobil telefon orqali boshqariladi. Hozirda qoʼllanilib kelayotgan avtomobil boqaruv pulti yordamidagi “Magic car”da 8 ta funktsiya boʼlsa “Smart Car” oʼrnatilgan avtomobilda 25 taga yaqin funktsiyalar boʼlib, toʼliqligicha mobil telefonda boshqariladi va bu oʼz navbatida avtomobil egalari uchun barcha qulayliklardan foydalanish bilan birga, avtomobil ishlab chiqaruvchilar va avtomibillarga servis xizmat koʼrsatuvchilar uchun moliyaviy jihatdan serdaromad loyiha boʼlib hizmat qiladi. Mazkur loyiha qisqa muddatlarda oʼzini moliyalashtirish, yaʼni tijoratlashtirish imkoniyatlariga ega boʼladi. “Smart Car” qurilmadan foydalanib, avtomobilni uyali telefon orqali masofadan WI-FI tizimi yordamida boshqariladi – avtomobilь eshiklarini ochish-yopish, divigatelni ochirib-yoqish, lyuk boshqaruvi, faralarni oʼchirib-yoqish, bagajni ochish, xavfni bildirish, avtomatik qulflash, vaqt belgilash va h,k.“Smart Car” qurilmasi avtomobilni uyali telefon orqali masofadan Wi-Fi orqali 1 km.gacha boshqarish, sms xabar orqali avtomobilni boshqarish, shu bilan birga offlayn boʼlganda ham ishlatish imkoniyatlarini yaratadi.Ushbu startap loyihasi Fargʼona Yoshlar innovatsiya markazi tomonidan 12 oyda amalga oshirilishi rejalashtirilgan boʼlib, 120 mln. soʼm miqdorida moliyalashtirilishi rejalashtirilgan.

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan mazkur 5 ta loyihalar jami 1 789,66 ming soʼm mablagʼ miqdorida shartnomalar asosida moliyalashtirilishi koʼzda tutilgan. Kalendarь rejaga muvofiq 2021 yil 4 ta, 2022 yil 1 ta loyihalar yakuniga yetkazilishi belgilangan. Startap loyihalarni amalga oshirish boʼyicha jami 30 tadan ortiq yangi ish oʼrinlari yaratiladi, bundan tashqari yollanma ishchilar loyihalarga jalb etilgan. Yuqorida keltirilgan startap loyihalarining loyiha rahbarlarining 100 foizi hamda startap loyiha ijrochilarining 95 foizi 40 yoshgacha boʼlgan yosh olimlar va talabalardir. 

Qudratjon Yusupov,

 Fargʼona Yoshlar innovatsiya markazi direktori oʼrinbosari