Yangiliklar

COVID-19 ga qarshi vaktsinalarning ishlanmalari boʼyicha dayjest (18.01.2021 holatiga)

 
COVID-9ga qarshi vaktsinalar ishlanmalari boʼyicha Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda tayyorlanayotgan dayjestni eʼtiboringizga havola etamiz.

BMT: Pandemiya ikki million insonlarning hayotiga zomin boʼldi

Yana bir fojiali marra – endilikda COVID-19ga chalingan ikki million kishi vafot etdi. Shu munosabat bilan BMT Bosh kotibi Аntonio Guterrish chiqish qilib, qatʼiyatlilik bilan virusga qarshi kurashda va ayniqsa vaktsinalarni tarqatish masalasida hamjihatlikni namoyon qilishga chaqirdi [2].

"Bu ikki million hayotdan koʼz yumganlarning xotirasi uchun dunyo chinakam hamjihatlikni namoyon qilishi kerak", - deya undadi BMT rahbari. Guterrishning soʼzlariga koʼra, daromadlarning yuqori darajasiga ega boʼlgan  mamlakatlar tezroq vaktsinalardan foydalanish imkonini qoʼlga kiritishmoqda, shu bilan birgalikda dunyoning eng kambagʼal davlatlarida esa bunday imkoniyatning oʼzi yoʼq [3].

Dunyo COVID-19  pandemiyasiga qarshi kurashishda davom etmoqda. Worldometer saytining maʼlumotlariga koʼra, SARS-CoV-2 koronavirusi tarqalishi boshlanganidan buyon sayyoramizda 93 milliondan ortiq odamda infektsiya aniqlandi. Infektsiya yuqishi natijasida 2 milliondan ortiq kishi hayotdan koʼz yumdi, deyarli 67 million  bemor sogʼayib ketdi [2].

 

Niderlandiyada mart oyida Britaniyaning koronavirus shtammi ustunlik qiladi

Buyuk Britaniyadan kelib tushgan koronavirusning mutatsiyaga uchragan varianti mart oyidayoq Niderlandiyada infektsiyalarning yangi toʼlqiniga sabab boʼlishi mumkin. Milliy shoshilinch yordam tarmogʼi (LNAZ) raisi Ernst Keypers bu hozirning oʼzidayoq ogʼir holatda boʼlib turgan shifoxonalarning yuklamasini oshirishi mumkinligidan ogohlantirmoqda [4].

LNAZ mutaxassislari hukumat va tibbiyot mutaxassislari tayyorlanib olishlari uchun britaniyalik virus shtammining oqibatlari qanday boʼlishi mumkinligini hisoblab chiqishdi. Niderlandiya hukumati uchdan besh foizgacha barcha ijobiy testdan oʼtkazilgan fuqarolarning britaniyalik virus shtammiga chalinganini taxmin qilmoqda.  Ushbu mutatsiya virusning oldingi variantlariga qaraganda ancha yuqimliroq.

Hisob-kitoblarga koʼra, mart oyining oʼrtalarida shunday payt yuzaga kelishi mumkinki, unda Niderlandiyada infektsiyalar orasida britaniyalik variant ustunlik qiluvchi shtammga aylanadi. Prognozlarga koʼra, mart oyida, COVID-19  holatlarining soni 200 000 nafar kishi belgisidan oʼtadi, kasalliklarning kundalik soni 10 000 nafar kishiga yetishi mumkin.

Natijada, 3000 dan ortiq kishini mart oyining ikkinchi yarmida shifoxonaga yotqizib davolash talab qilinishi mumkin. Hozirda bu raqam taxminan 2500 nafar kishini tashkil etmoqda [4].

Bugungi kunga kelib Niderlandiyada koronavirusning britaniyalik varianti bilan kasallanish boʼyicha 200 dan ortiq holatlar aniqlandi. Bundan tashqari, mamlakatda janubiy afrikalik va braziliyalik koronavirus shtammlari aniqlangan edi.

 

Germaniyada 1 milliondan ortiq kishi COVID-19ga qarshi vaktsinani oldi

Germaniyada Pfizer/BioNTech vaktsinasi bilan koronavirusga qarshi emlanganlarning soni bir million  kishilik belgidan oshib ketdi [5]. Robert Kox nomidagi institutning maʼlumotlariga koʼra, 16 yanvarь kuni choshgohgacha mamlakatda emlash ishtirokchilarining umumiy soni 1 048 160 nafar kishiga yetdi [6].

Oʼtgan kun davomida COVID-19ga qarshi 79 759 ta emlashlar amalga oshirildi. Germaniyada emlanganlarning umumiy soni hozirgi kunda aholining 1,26 foizini tashkil etadi. Hozirgacha Germaniyada deyarli barcha emlash ishtirokchilari vaktsinaning faqat birinchi dozasini oldilar [7].

15 yanvarь, juma kuni Saksoniya- Аnxalьt federal yeri Xalьbershtadt shahridagi qariyalar uyida istiqomat qiluvchilar   Germaniyada birinchi boʼlib ikkinchi emlashni olishdi [8].

 

Daniyada JАRdan koronavirusning mutatsiyaga uchragan shtammini aniqlashdi

Daniyada JАRdan koronavirusning mutatsiyaga uchragan janubiy afrikalik variantini aniqlashdi. U bilan Dubaydan kelgan bir odam kasal boʼlib qoldi. Bu haqda mahalliy Berlingske nashri Yuqumli kasalliklarga qarshi kurash davlat institutiga tayanib xabar bermoqda [9]. Kopengagen universiteti Eksperimental virusologiya kafedrasi professori Аlan Randrup Tomsenning soʼzlariga koʼra, COVID-19ning yangi mutatsiyasi Daniyada juda yomon vaqtda paydo boʼldi, chunki uning yuqumliligi va infektsiya yuqishidan oqibatlari hali oxirigacha oʼrganilmagan. Shu bilan birga, shifokorlar COVID-19 kasalligining  yangi avj  olishlarini kutayotganlari yoʼq.

"Epidemik nuqtai nazardan, hozir biz uchun ushbu turdagi virusning paydo boʼlishi juda yomon vaqtga toʼgʼri keldi, chunki u "britaniyalik" shtammning ayrim xususiyatlariga ega. Biz esa mavjud vaziyatni yanada ogʼirlashtirmoqchi emasmiz", - maʼlum qildi Tomsen [10].

Olim COVID-19ning britaniyalik varianti kabi Janubiy Аfrika Respublikasidan koronavirus mutatsiyasi ham ancha yuqumliroq ekanini tasdiqladi. Biroq, mutaxassislar virusning bu varianti odatdagisidan qanchalik tezroq tarqalishini hali bilishmaydi. Biroq Tomsenning soʼzlariga koʼra, janubiy afrikalik shtammning paydo boʼlishi Daniyada kasallikning yanada avj olib ketishiga olib kelmaydi.

 

Rossiyaning uchinchi koronavirusga qarshi vaktsinasini muomalaga kiritish muddatlari eʼlon qilindi

M. P. Chumakov nomidagi Rossiya federal immunobiologik preparatlarni ishlab chiqish va tadqiqotlar ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqilgan koronavirusning oldini olish uchun vaktsina 2021 yilning mart oyining oʼzida fuqarolik muomalasiga kiritilishi mumkin. Bu haqda 17 yanvarь kuni Markazning rivojlantirish boʼyicha direktori Konstantin Chernov "Rossiya 1" telekanali efirida maʼlum qildi [11].

Chumakov nomidagi markazning koronavirusga qarshi vaktsinasining oʼziga xos xususiyati shundaki, u organizmga zarar yetkazishga qodir boʼlmagan, ammo imun javobni chaqiradigan SARS-CoV-2 koronavirusining zarralarini oʼz ichiga olgan klassik inaktivlangan vaktsina hisoblanadi. Bunday vaktsinalarni shuningdek butun virion vaktsinalar deb ham atashadi [12].

Hozirda Chumakov nomidagi markazning vaktsinasi klinik sinovlarning ikkinchi bosqichidan oʼtmoqda –uchinchisi  oldinda turibdi. Shu bilan birga, avvalroq Chumakov nomidagi markazda vaktsinani ommaviy ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish maydonchasini shakllantirish niyatida boʼlganlari uchun vaktsinani fuqarolik muomalasiga chiqarishga shoshilmasliklarini aytishgan edi. Bu vazifa oson emas, bunday maydoncha 2021 yilning fevralь oyida ishga tushib ketishi kerak.