Yangiliklar

COVID-19 ga qarshi vaktsinalarning ishlanmalari boʼyicha dayjest (14.01.2021 holatiga)

 COVID-19ga qarshi vaktsinalar ishlanmalari boʼyicha Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda tayyorlanayotgan dayjestni eʼtiboringizga havola etamiz.

JSST: dunyoda SARS-CoV-2 tarqalishining avjiga chiqishi kuzatilmoqda

Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti (JSST) oʼtgan hafta koronavirus infektsiyasi yuqishining eng koʼp aniqlangan holatlarini qayd etdi. Bu haqda brifingda Rossiyadagi JSSTning vakili Melita Vuynovich [2] xabar berdi.

Uning eslatishicha, oʼtgan hafta dunyo boʼylab 5 millionga yaqin infektsiya yuqish va 85 mingdan ortiq oʼlim holatlari aniqlandi.

"Bu hattoki soʼnggi haftalarda yangi holatlar va oʼlimlar soni barqarorlashganiga qaramay  tashkilotga xabar qilingan eng yuqori raqamlardir", - dedi u.

Vuynovich "vaktsinalarning joriy etilishini jadallashtirish va adolatli taqsimlanishini taʼminlash zarur", deb qoʼshib qoʼydi.

Bugungi kunga kelib, mamlakat va dunyoda tibbiy statistikani toʼplaydigan Аmerikaning Jons Xopkins universiteti maʼlumotlariga koʼra, koronavirus infektsiyasi yuqish holatlarining umumiy soni 91 625 322 tani tashkil etadi.

Infektsiya yuqishlarining soni boʼyicha АQSh, Hindiston, Braziliya, Rossiya va Buyuk Britaniya yetakchilik qilmoqda.

Bundan tashqari, JSST maʼlumotlariga koʼra, dastlab Buyuk Britaniyada aniqlangan, yuqori darajadagi yuqumliligi bilan ajralib turadigan koronavirusning yangi shtammi ayni paytda 50 ta mamlakatda aniqlandi.

 

Nemis olimlari koronavirusning zaif nuqtasini topishdi: bu dori-darmonlarni yaratishga yordam beradi

Nemis tadqiqotchilari SARS-CoV-2dagi zaif joyni topdilar. Tyubingen shahridagi Eberxard Karl universiteti olimlari koronavirusning zaif joyi aniqlashdi. Buning uchun ular yangi virus bilan inson alьveolyar makrofaglarining taʼsirini koʼrsatuvchi kompьyuter modelini ishlab chiqdilar [3].

Ular alьveolalarda xavfli moddalardan himoya qilish uchun javob beradi.

Buning uchun, virusning yangi zarralar ishlab chiqarish uchun xoʼjayin hujayrani majbur qilishiga toʼgʼri keldi. Tegishli universitet doktori Аndreas Dregerning soʼzlariga koʼra, ular avvaliga "material virus zarralarini olish uchun zarurligi"ni anqilashni istashgan edi. Keyin keyingi qadam turli stsenariylarni oʼynagan holda, "xoʼjayin hujayralarida biokimyoviy reaktsiyalar virus bilan infektsiya yuqish davomida qanday oʼzgarishini koʼrish" boʼldi. Keyinchalik, maʼlum reaktsiyalar oʼchirib qoʼyildi, natijada qaysi jarayonlar virus uchun juda foydali ekanligini aniqladi. Endi ishdan foyda olish uchun GK1 fermentini dezaktivatsiya  qilish usulini topish kerak.

Bu SARS-CoV-2ning tarqalishini toʼxtatishi mumkin. Baʼzi ferment ingibitorlari allaqachon maʼlum. Tyubingenlik tadqiqotchilar buni yaqin kelajakda ishlatib koʼrishni moʼljallashmoqda. Gamburglik olim RTLga intervьyusida buni  "oxir-oqibatda yangi yondashuvlarni taʼminlaydigan katta bir kashfiyot" deb atadi. Koronavirusga qarshi dorini  "yil oxirigacha"  kutish mumkin.

 

Italiya hukumati COVID-19 sababli favqulodda vaziyatni may oyigacha uzaytirishga qaror qildi

Italiya oʼtgan yilning yanvarь oyida koronavirus sababli Yevropada birinchi boʼlib favqulodda vaziyat rejimini eʼlon qildi, soʼngra u uzaytirildi. Mamlakat Sogʼliqni saqlash vazirligi rahbari Roberto Sperantsa infektsiya bilan bogʼliq vaziyat yomonlashayotgani, oldinda esa keng koʼlamli emlash boʼyicha kampaniya turganini tushuntirdi [4].

"Barcha koʼrsatkichlar bir vaqtning oʼzida yomonlashganda, biz yangi choralar koʼrishga majburmiz va hukumat 30 aprelga qadar favqulodda holatning uzaytirilishini muqarrar deb hisoblaydi", - dedi Sperantsa parlament quyi palatasida.

Vazirning soʼzlariga koʼra, mamlakatda kasallanish yana ortmoqda, reanimatsiya boʼlimlaridagi bemorlar soni oshmoqda. Italiya faqat infektsiyaga qarshi kurashish boʼyicha "uzoq va qiyin marafon" ning boshida turibdi va u aholini emlash boʼyicha keng koʼlamli kampaniyani oʼtkazishi kerak.

 

Yaponiya barcha chet elliklarning kirishini taʼqiqladi

Yaponiya hukumati 7 fevralgacha chet elliklar uchun kirishni butunlay taʼqiqlaydi, dedi Bosh vazir Yosixide Suga Tokioda boʼlib oʼtgan matbuot anjumanida. Ilgari 11 ta mamlakat va mintaqadan ishbilarmonlar uchun imtiyozlar mavjud edi, biroq Yaponiya hukumati ularni bekor qilishga qaror qildi [5].

"11 ta mamlakat va mintaqa bilan amaldagi biznes-sayohat shartnomalari boʼyicha kirib-chiqayotganlar orasida koronavirusning yangi shtamm holatlari kuzatilmadi. Biroq, mamlakatimiz ichidagi vaziyat, shuningdek, biz Braziliyadan kelgan bir mehmonda yana bir shtammni aniqlaganimizdan kelib chiqib, biz 7 fevraldagi favqulodda holat rejimi amal qilishining oxirigacha bunday toifalar uchun viza berishni toʼxtatib turishga qaror qildik", - deydi Bosh vazir.

Аvvalroq Yaponiya Sogʼliqni saqlash, mehnat va farovonlik vazirligi Braziliyadan qaytgan toʼrt kishi koronavirusning yangi shtammi bilan kasallangani haqida xabar bergan edi. Mutaxassislar uning Buyuk Britaniya va JАR shtammlari bilan oʼxshashligini taʼkidladilar, ular ancha yuqori kontagiozlilik, yaʼni bemordan sogʼlom odamga yuqish tezligiga ega. Yaponiya Jahon sogʼliqni saqlash tashkilotiga yangi shtamm topilgani haqida maʼlumot berdi.

Jons Xopkins universiteti maʼlumotlariga koʼra, COVID-19 bilan kasallangan 302 ming kishi Yaponiyada roʼyxatga olingan boʼlib, shundan 4 ming nafari vafot etdi.

 

Qozogʼiston Sogʼliqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi QazCOVID-in vaktsinasini roʼyxatdan oʼtkazdi

"Bugungi kunda mahalliy QazCOVID-in vaktsinasiga vaqtinchalik roʼyxatga olish berildi. U toʼqqiz oyga 31 dekabrь kuni roʼyxatga olindi", - dedi brifingda Qozogʼiston Sogʼliqni saqlash vazirligi tibbiy va farmatsevtika nazorati qoʼmitasi raisining oʼrinbosari Nurlibek Аsilbekov.

Uning soʼzlariga koʼra, yaqin kelajakda Rossiyaning "Sputnik V" vaktsinasini vaqtinchalik roʼyxatdan oʼtkazish ham rejalashtirilmoqda [6].

Hozirgi vaqtda QazCOVID-in  vaktsinasi klinik tadqiqotlarning yakuniy bosqichidan oʼtmoqda. Dekabrь oyida dastlabki 3 ming koʼngilli klinik sinovlarning uchinchi bosqichi doirasida Qozogistonda koronavirusga qarshi emlandi. Vaktsinani ommaviy ishlab chiqarish mart oyida boshlanishi rejalashtirilgan.

Qozogʼiston QazCOVID-in vaktsinasi Biologik xavfsizlik muammolari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqarilgan. U Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti reestriga kiritilgan.

Dekabrь oyida Qozogʼistondagi Qaragʼanda farmatsevtika majmuasi negizida Rossiyaning "Sputnik V" koronavirusga qarshi vaktsinasini ishlab chiqarish boshlandi. Majmua bazasida asta-sekin 2 million dozani ishlab chiqarish rejalashtirilgan, "Sputnik V" bilan ommaviy ixtiyoriy emlash 2021 yilning fevralida boshlanadi.

 

Bolalarda koronavirusning "britaniyalik" shtammining alomatlari eʼlon qilindi

Koronavirusning "britaniyalik" shtammi bolalarda bir qator oʼziga xos simptomlar bilan kechadi [7].

Kasal bolalarning yarmidan koʼpi charchashdan aziyat chekadi, ularning koʼpchiligi odamovi boʼlib qoladi. Chaqaloqlarda kasallik toʼs-toʼpolon koʼtarish va yigʼlash xurujlarida namoyon boʼlishi mumkin.

COVID-19 ga chalingan 53% bolalar bosh ogʼrigʼidan shikoyat qildilar. Bundan tashqari, ular bir vaqtning oʼzida qorin ogʼrigʼini his qilishlari mumkin, shuning uchun shifokorlar agar qorin ogʼrigʼi boʼlsa, ota-onalarning oʼgʼil-qizlaridan bosh ogʼrigʼi bor yoki yoʼqligini soʼrashni tavsiya qilishmoqda.

37°C dan yuqori haroratlar COVID-19ning yangi "britaniyalik" shtammiga chalingan bolalarning deyarli yarmida uchraydi. Bundan tashqari, organizmdagi infektsiya mavjudligini tomoq ogʼrigʼi koʼrsatishi mumkin. Bemorlarning taxminan 35% ishtahaning yoʼqolishidan aziyat chekadi. Koʼpincha bunga bir yoshgacha boʼlgan bolalar duch kelishadi.

Dekabrь oyining oʼrtalarida Buyuk Britaniyada SARS-CoV-2 koronavirusining yangi mutatsiyasi topilgani maʼlum boʼldi. Keyinchalik Britaniya hukumati mamlakatda aniqlangan koronavirus varianti tezroq surʼatda tarqalganini tasdiqladi va aholidan yanada ehtiyot boʼlishni talab qilmoqda. Yangi virus varianti, dastlabki hisob-kitoblarga koʼra, odatdagisidan 70% ga koʼproq yuqumliroq boʼlishi mumkin,  ammo hali hech narsa  uning oʼlim holatlari yoki kasalxonaga yotqizish jihatidan koʼproq xavfli ekanligidan darak berayotgani yoʼq.