Yangiliklar

СOVID-19 ga qarshi vaksinalarning ishlanmalari boʻyicha dayjest (12.01.2021 holatiga)

COVID-19ga qarshi vaksinalar ishlanmalari boʻyicha Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda tayyorlanayotgan dayjestni eʼtiboringizga havola etamiz.

Isroilda odamlarga vaksinaning ikkinchi dozasini kiritishni boshlashdi, har beshtadan bittasi emlanib boʻldi

Isroilda COVID-19ga qarshi emlash kompaniyasi oʻtgan yilning 19-dekabr kuni boshlangan edi - shundan buyon aholining 20% allaqachon emlanib boʻldi, baʼzilarga esa hattoki preparatning ikkinchi dozalarini kirita boshlashdi, xabar bermoqda Reuters axborot agentligi [2].

Isroilda koronavirusga qarshi takroriy emlash 10-yanvar, yakshanba kuni boshlandi. Rasmiylarning soʻzlariga koʻra, ular fevral oyining boshlariga kelib aholining eng zaif guruhlarini aniq himoya qilishlari mumkin, bu esa mamlakatdagi ayrim karantin cheklovlarini yengillashtirish imkonini beradi.

Pfizer va BionTech kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan vaksinasi bilan birinchi emlashlarni dekabr oyida 60 yoshdan oshgan mahalliy aholi, tibbiyot xodimlari, shuningdek, sogʻliq bilan bogʻliq jiddiy muammoga ega boʻlganlar tomonidan olindi. 9-yanvar holatiga Isroilda yashayotgan barcha keksa odamlarning 72% allaqachon emlanib boʻldi.

Dastlabki prognozlarga koʻra, mart oyining oʻrtalariga kelib, mamlakatdagi 9 million aholidan 5 million nafarga yaqini vaksinani olib boʻladi, bu Isroilga koronavirus pandemiyasidan birinchilardan boʻlib chiqish imkonini berishi kerak. Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuga koʻra, hozirgi har kuni 150 000 nafar odam oʻrniga 170 000 nafar odamlardan emlashni boshlagan holda yaqin kunlarda ular emlash surʼatini jadallashtirishni rejalashtirmoqda [3].

Braziliyada Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarish eʼlon qilindi

Braziliyada “Sputnik V” koronavirusga qarshi vaksinasini ishlab chiqarish shu hafta boshlanadi, deb xabar berilmoqda vaksinaning Twitter sahifasidagi rasmiy akkaunti [4].

“Braziliya 15-yanvar kuni «Sputnik V” ishlab chiqarishni boshlaydi», - deyiladi xabarda.

Avvalroq Rossiyaning toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya fondi (RTTIF) rahbari Kirill Dmitriyev Rossiya preparatini ishlab chiqarish Hindiston, Xitoy va Janubiy Koreyada ham yoʻlga qoʻyilganini aytgan edi [5].

Indoneziyada koronavirusga qarshi Xitoy vaksinasi maʼqullandi

Indoneziyaning oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlar sifati ustidan sanitariya nazorati boshqarmasi 11-yanvar, dushanba kuni Xitoyning Sinovac Biotech Ltd kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksinasidan shoshilinch foydalanish uchun rasman ruxsatnoma berdi, xabar bermoqda Indoneziya ommaviy axborot vositalari. Yuqori xavf guruhlariga kiruvchi odamlarni emlash shu hafta boshlanishi kutilmoqda [6].

Indoneziyada vaksinadan foydalanishga ruxsat dori-darmonlarni nazorat qilish boʻyicha agentlik uning samaradorligini tasdiqlaganidan soʻng berildi. Indoneziyada maʼlum qilishlaricha, Sinovac vaksinasining samaradorligi 65,3% ni tashkil etadi. Xitoy vaksinasining xavfsizligi va samaradorligi Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan belgilangan standartlarga javob beradi [7].

Avvalroq Indoneziya Prezidenti Joko Vidodo koronavirusga qarshi vaksinaning Indoneziya aholisiga bepul taqdim etilishini maʼlum qilgandi. Biroq, tibbiyot xodimlari birinchi boʻlib emlanadi. Buning uchun 2020-yilning dekabr oyida Indoneziyaga yetkazib berilgan Sinovac vaksinasining 3 million dozasi ishlatiladi.

Gamaleya nomidagi markaz rahbari «Sputnik V" vaksinasining koronavirus mutatsiyalariga barqarorligini baholadi

«Sputnik V" vaksinasining ijodkorlari koronavirusning mutatsiyalanishga qodirligi haqida bilishgan va buni preparatni ishlab chiqishda inobatga olishgan, dedi Gamaleya nomidagi markaz direktori Aleksandr Ginsburg.

“Vaksinani yaratishda albatta virusning mutatsiyaga uchrashi inobatga olindi. Barcha mezonlarga koʻra, yangi shtammlar hozircha vaksinaning samaradorligiga taʼsir qilayotgani yoʻq”, - deya qayd etdi olim [8].

Vakil oʻzi boshchiligidagi markaz hozircha SARS-CoV-2 koronavirusining “britaniyalik” shtammi namunasini olmaganini taʼkidladi. Xuddi shu paytning oʻzida, Ginsburgning fikriga koʻra, virusning noyob mutatsiyalarini Rossiyada ham topish mumkin. U bu hali sodir boʻlmagan, deb taxmin qildi, negaki mamlakatda Buyuk Britaniyaga nisbatan juda kam namunalari sekvenlashtiriladi.

“Agar Britaniya, JAR va Braziliyada allaqachon oʻz shtammlari boʻlsa, biz oʻzgartirilgan xususiyatlari boʻlgan oʻz rossiyalik shtammimizni topishimizni intizorlik bilan kutib turibmiz. Qayerda britaniyaliklar ishlasa, oʻsha yerda ularning shtammlari ajralib chiqmoqda, Rossiyaning Britaniyadan nimasi kam, u ancha katta, bizda allaqachon yangi shtamm aniqlangan boʻlishi kerak edi”, - qoʻshimcha qildi Ginsburg.

Yaqinda Rossiyada koronavirusning “britaniyalik” shtammining birinchi holati aniqlandi. Bu haqda Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, noyabr oyi oxiridan beri Britaniyadan mamlakatga koronavirus bilan kasallangan 32 nafar kishi uchib kelgan, ulardan faqat bittasida yangi shtamm boʻlgan. Rossiyalik fuqaro oʻtgan yilning oxirida vataniga qaytgan, kasallikning kechishi alomatlarsiz davom etgan [9].

«Sputnik Layt» vaksinasining tadqiqotida 150 nafar koʻngilli ishtirok etadi

Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligining klinik tadqiqotlarni oʻtkazish uchun ruxsatnomalar reyestriga koʻra, «Sputnik Layt» koronavirusga qarshi vaksinasi 150 nafar koʻngillilarda sinovdan oʻtkaziladi [10].

11-yanvar, dushanba kuni maʼlum boʻlishicha, Vazirlik «Sputnik Layt» vaksinasining klinik sinovlarini oʻtkazish uchun ruxsatnoma bergan. “Bemorlar soni - 150 ta”, - deyiladi hujjatda [10].

Avvalroq Ginsburg ishlab chiqarish texnologiyasida oʻzgarishlar kiritish talab qilinmasligini maʼlum qilgandi. «Layt-vaksina» kiritilgandan uch oy oʻtgach, «Sputnik V«ning ikkinchi komponentini yetkazib berish mumkin boʻladi, shunda u toʻla-toʻkis emlash boʻladi [11].

Manbalar:

  1. Reported Cases and Deaths by Country, Territory, or Conveyance // https://www.worldometers.info/coronavirus/
  1. End in sight? Israel rolls out COVID booster shots // https://www.reuters.com/articl...
  2. V Izraile nachali vvodit lyudyam vtoruyu dozu vaksinы, privit uje kajdыy pyatыy // https://news.liga.net/world/ne...
  1. Brazil Flag of Brazil will start production of “Sputnik V” V on January 15th // https://ria.ru/20210111/»Sputnik V» -v-1592507008.html
  1. Anonsirovano proizvodstvo «Sputnika V" v Brazilii // https://ria.ru/20210111/»Sputnik V» -v-1592507008.html
  1. Indonesia green-lights emergency use of Chinese vaccine // https://abcnews.go.com/Health/...
  1. Kitayskaya vaksina protiv koronavirusa poluchila odobreniye v Indonezii // https://regnum.ru/news/polit/3...
  1. Ginsburg otsenil ustoychivost «Sputnika V» k mutatsiyam novogo koronavirusa // https://news.ru/society/gincburg-ocenil-ustojchivost-»Sputnik V» a-v-k-mutaciyam-novogo-koronavirusa/
  1. Ginsburg otsenil ustoychivost vaksinы «Sputnik V" k mutatsiyam koronavirusa // https://ria.ru/20210111/vaktsina-1592542449.html
  1. V issledovanii vaksinы «Sputnik Layt» primut uchastiye 150 dobrovolsev // https://ria.ru/20210111/vaktsina-1592549961.html
  1. Minzdrav razreshil ispыtaniya vaksinы «Sputnik Layt» ot koronavirusa // https://radio»Sputnik V» .ria.ru/20210111/layt-1592551481.html