Yangiliklar

COVID-19 ga qarshi vaktsinalarning ishlanmalari boʼyicha dayjest (11.01.2021 holatiga)

COVID-19ga qarshi vaktsinalar ishlanmalari boʼyicha Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda tayyorlanayotgan dayjestni eʼtiboringizga havola etamiz.

Oʼzbekistonda vaktsina sinoviga koʼngillilarning 30 foizida antitanalar borligi aniqlandi

Oʼzbekistonda 6 yanvarь holati boʼyicha,  Xitoy olimlari tomonidan ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi vaktsinaning sinovlarida koʼngilli sifatida ishtirok etish uchun ariza bergan oʼzbekistonliklarning 30 foizida COVID-19ga qarshi antitanalar borligi aniqlandi. Bu haqda Daryo.uz ga bergan intervьyuda Oʼzbekiston innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Аbdurahmonov xabar berdi [2].

Аntitanalar mavjudligi bu odamlarning simptomsiz shaklda koronavirusdan aziyat chekkanini taxmin qilish uchun asos beradi, dedi vazir. "Ular sogʼlom hisoblanishiga qaramay, emlashga jalb etilmaydi, chunki bu vaktsinaning samaradorligini tekshirishga xalaqit beradi", - taʼkidladi u.

Tadqiqotda jami 3859 nafar kishi ishtirok etish istagini bildirdi, ulardan 1534 nafar koʼngillilar tekshirildi va 1542 nafari tadqiqot raqamini oldi va 1534 nafari emlashni oldi [3]. Jami Xitoy tomoni Oʼzbekistonga 5000 dozadagi vaktsinani taqdim etgan.

"Vaktsina olish istagidagi fuqarolarning har biri bilan suhbatlashib, ularning kasallik tarixi, psixologik holati oʼrganilyapti. Murojaat qilayotgan koʼngillilar birinchi kuni tibbiy koʼrikdan oʼtkazilib, koronavirusga test olinyapti, antitanalari tekshirilmoqda. Ikkinchi kuni emlanyapti", - dedi vazir [4]. Tibbiy koʼrikdan oʼtib, vaktsina olishga loyiq, deb topilganlarga yana bir bor qayta oʼylab koʼrishlari uchun bir kun imkoniyat beriladi — "hech kim ularni emlanishga majbur qilmaydi", - deya ishonch bildirdi vazir. Hozirgacha 10 foiz koʼngilli ikkilangan holda emlanishdan voz kechdi.

 

JSST: koronavirus vaktsinalarining katta qismi boy davlatlar tomonidan sotib olindi

Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori Tedros Аdxanom Gebreyesusning soʼzlariga koʼra, koronavirus vaktsinalaridan foydalanish dunyoning 42ta mamlakatda boshlangan boʼlib, ulardan 36 tasi aholi jon boshiga daromadi yuqori boʼlgan mamlakatlardir. Аholi jon boshiga kam daromad toʼgʼri keladigan mamlakatlar va oʼrta daromadli davlatlarning koʼpchiligi koronavirus vaktsinasini olish imkoniga ega emas [5].

"Boy mamlakatlar turli vaktsinalar yetkazib berilishining katta qismini sotib olishdi. Biz, shuningdek, COVAX aʼzolari hisoblangan aholi jon boshiga yuqori va oʼrta daromadli mamlakatlar qoʼshimcha ikki tomonlama bitimlarni tuzayotganliklarini koʼrib turibmiz. Bu potentsial tarzda barcha uchun narxni oshiradi va kambagʼal va eng marginallashgan mamlakatlarda yuqori xavfli guruhlardan odamlar emlashni olmasligini anglatadi", - maʼlum qildi JSST rahbari 8 yanvarь kuni boʼlib oʼtgan brifing chogʼida [6].

Shuningdek Tedros Аdxanom Gebreyesus  "vaktsina millatchiligi" butun dunyoga zarar keltirishi va oʼz-oʼzini halokatga olib kelishini taʼkidladi. "Men keragidan koʼra koʼproq vaktsina sotib olgan va jahonda yetkazib berishlarni nazorat qilayotgan mamlakatlarni qatʼiyat bilan darhol ehson qilishlari va ularni COVAXga topshirishlariga chaqiraman", - dedi JSST rahbari.

COVAX – bu dunyo boʼyicha daromadlarining past va oʼrta darajasi boʼlgan mamlakatlarda odamlarni koronavirusga qarshi emlashning asosiy global dasturi. U kamida 2  milliard dozali vaktsinani 2021 oxirigacha yetkazib berishga qaratilgan  va 91 ta mamlakatlardagi eng zaif aholining 20% ni qamrab olishi kerak.

 

JSST koronavirusning yangi shtammining yanada tezroq tarqalishini tan oldi

Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirusning yangi shtammi odatiy variantga qaraganda tezroq tarqalmoqda, maʼlum qildi brifingda Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti eksperti Mariya van Kerkxove [7].

"Biz 1,1 dan 1,5 gacha oshgan reproduktiv songa tayanmoqdamiz", - u britaniyalik shifokorlar tomonidan oʼtkazilgan modellashtirishlar maʼlumotlarini keltirdi.

Biroq, mavjud maʼlumotlar virus oʼzining "oldingisi" bilan bir xil tarzda tarqalayotganligidan darak bermoqda. Shunga mos ravishda, unga qarshi kurash boʼyicha choralar avvalgidek boʼlib qolaveradi. Ekspert yuqish zanjirini toʼxtatish uchun  yanada zoʼr berib ishlash kerakligini taʼkidladi.

Kerxkove qoʼshimcha qilganidek, bu COVID-19ning odatiy varianti  parallelь ravishda aylanishda davom etishi bilan murakkablashmoqda. U, shuningdek, hozirga qadar yangi shtammning ancha yuqori xavfini tasdiqlovchi hech qanday maʼlumotlar yoʼqligini maʼlum qildi.

Dekabrь oyining oʼrtalarida Buyuk Britaniyada yangi koronavirus mutatsiyasining topilishi haqida maʼlum boʼldi. JАR Sogʼliqni saqlash vazirligi ham avvalroq genetiklar mamlakat uchun 501.V2 deb nomlangan yangi koronavirus mutatsiyasini aniqlagani haqida xabar bergan edi. "Britaniyalik shtamm" allaqachon 40 dan ortiq mamlakatlarda topildi.

8 yanvarь, juma kuni Londonda shifoxonalarning toʼlib ketish xavfi munosabati bilan favqulodda holat rejimi joriy etildi [8].

 

Moderna kompaniyasi 2021 yilda 600 million dozadan ortiq koronavirusga qarshi vaktsinani chiqarishga tayyorligini bildirdi

Moderna  farmatsevtika kompaniyasi bosh direktori Stefan Banselning aytishicha, yil oxirigacha 600 million dozadan ortiq koronavirusga qarshi vaktsina ishlab chiqarilishi mumkin. Bu haqda LExpress nashri xabar berdi [9].

"2021 yilning birinchi choragida Shveytsariyadagi zavod 15 milliondan 20 million dozagacha ishlab chiqarishi va ularni Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga, shuningdek, Kanada, Isroil, Shveytsariya va Buyuk Britaniyaga yetkazishi mumkin", - maʼlum qildi Banselь.

Shu bilan birgalikda, u vaktsinaning bir dozasi narxini aytib oʼtmadi, ammo Moderna preparati Pfizer va BionTech vaktsinasidan qimmatroq ekanligini tan oldi [10].

 

Bloomberg jurnalisti Rossiya vaktsinasiga ishonch bildirish sabablarini eʼlon qildi

Bloomberg kompaniyasining farmatsevtika boʼyicha katta tahlilchisi Sem Fazelining fikriga koʼra, Gamaleya nomidagi markazning «Sputnik V»  koronavirusga qarshi preparati xuddi Gʼarb vaktsinalari kabi kuchli boʼlishi mumkin. Bu haqda, ekspert taʼkidlaganidek, sinovlar davomida olingan uning samaradorligi koʼrsatkichlari darak berib  turibdi [11, 12].

"Rossiyaning «Sputnik V»   vaktsinasining klinik sinovlarining uchinchi bosqichi haqida batafsil maʼlumotlar yoʼqligiga qaramay, Xitoy CoronaVac vaktsinasidan farqli oʼlaroq, preparatning juda ishonchli va samarali hisoblanishini taxmin qilish uchun asos bor", - maʼlum qildi Fazeli.

Uning soʼzlariga koʼra, Rossiya «Sputnik V»   ishlanmasi tufayli, preparatlarni yetkazib berish uchun oldindan buyurtmalarning  eng koʼp miqdorini olgan vaktsina ishlab chiqaruvchilarining beshtaligiga kiradi.

Ekspert «Sputnik V» vaktsinasi klinik sinovlarning uch bosqichidan oʼtganini eslatdi. Fazeli taʼkidlaganidek, jami 23 mingga yaqin kishi emlandi, ulardan 150 nafardan kamrogʼi keyinroq koronavirus bilan kasallandi. "Press-relizlardagi sharhlarga koʼra, «Sputnik V» tadqiqotida har bir oraliq tahlilning samaradorligi barqaror tarzda 90% yoki undan yuqori boʼldi. Shuningdek, garchi kasallik ogʼirlik darajasini belgilash noaniq boʼlsa-da, emlangan shaxslarda COVID-19ning ogʼir holatlari ham kuzatilmadi", - deb yozadi tahlilchi [13].

Fazeli, ayniqsa, AstraZeneca Аngliya-Shvetsiya kompaniyasi bilan Gamaleya nomidagi markazning  hamkorligini taʼkidladi. Hamkorlar Rossiya vaktsinasi komponentlarining biri va Oksford universiteti bilan birga AstraZeneca tomonidan ishlab chiqilgan AZD1222 vaktsinasining komponentlari birini qoʼllash bilan COVID-19ga qarshi kombinatsiya qilingan vaktsina yaratish ustida ish olib borishmoqda [14].