Yangiliklar

COVID-19 ga qarshi vaksinalarning ishlanmalari boʻyicha dayjest (10.01.2021 holatiga)

COVID-19ga qarshi vaksinalar ishlanmalari boʻyicha Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda tayyorlanayotgan dayjestni eʼtiboringizga havola etamiz.

Buyuk Britaniya uchinchi vaksinani maʼqulladi

Britaniya hukumati Moderna kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan mamlakatda uchinchi COVID-19ga qarshi vaksinadan foydalanish uchun ruxsatnoma berdi. “Bu ajoyib yangilik: bu dahshatli kasallikka qarshi kurashish uchun arsenalimizda yangi qurol paydo boʻldi”, - maʼlum qildi Sogʻliqni saqlash vaziri Mett Xenkok [2, 3].

OAV maʼlumotlariga koʻra, Buyuk Britaniya hukumati ushbu vaksinaning 7 million dozasiga buyurtma berdi, yana 10 million dozaga buyurtma berish rejalashtirilmoqda. Biroq, bu dozalardan mart oyiga qadar foydalanish imkoni boʻlmaslik ehtimoli mavjud [4].

Bu Buyuk Britaniya hukumati tomonidan tasdiqlangan uchinchi koronavirusga qarshi vaksinadir. 2020-yilning oxirida mamlakat Pfizer va BioNTech kompaniyalarining COVID-19ga qarshi vaksinasi, shuningdek AstraZeneca kompaniyasining preparatnii favqulodda qoʻllashni tasdiqladi.

Avvalroq keng koʻlamli klinik tadqiqot 18 yoshdan katta yoshdagi odamlarga koronavirus infeksiyasi yuqishining oldini olishda Moderna vaksinasining samaradorligini koʻrsatgani, 30 mingga yaqin kishi vaksina sinovlarida ishtirok etgani maʼlum qilingan edi. Sinovlar paytida preparat 94,1% samaradorligini koʻrsatdi.

Vaksina Moderna primenyayetsya v vide dvux ineksiy s intervalom 28 dney. V Velikobritanii uje okolo 1,5 mln chelovek poluchili pervuyu iz dvux neobxodimыx ineksiy vaksinы ot COVID-19.

Moderna vaksinasi 28 kunlik intervalda ikkita inyeksiya koʻrinishida qoʻllaniladi. Buyuk Britaniyada 1,5 millionga yaqin kishi COVID-19ga qarshi vaksinasining ikkita talab qilingan inyeksiyasidan birinchisini olib boʻldi.

Merkel Germaniyada emlash surʼatlariga baho berdi

Germaniya kansleri Angela Merkel mamlakatda 2020-yilning dekabr oyi oxirida boshlangan koronavirusga qarshi emlash surʼatlarining faqat oʻsib borishiga ishonch bildirmoqda. Siyosatchi bu haqda 2021-yildagi oʻzining ilk videomurojaatida maʼlum qildi. U shanba kuni, 9-yanvarda kansler saytida chop etildi. [5]

“Bu sekin boshlanish. Ammo bir necha yuz ming kishi allaqachon emlanib boʻldi va har kuni ularning soni ortib bormoqda. Emlash surʼatlari oʻsishda davom etadi”, - taʼkidladi Merkel. Bunda u barcha xohish bildirganlarni emlash uchun Germaniyada yetarli vaksina borligini taʼkidladi.

Kanslerning fikriga koʻra, qishning yaqin oradagi haftalari pandemiyaning butun davridagi eng ogʻir payt boʻladi. Shu munosabat bilan, u kamida 31-yanvargacha qadar mamlakatda amalda boʻladigan lokdaun rejimiga rioya qilish muhimligini taʼkidladi. U bu karantin cheklovlarini “ogʻir, lekin zarur” deb atadi [6].

Germaniya IDT Biologika kompaniyasining vaksinasi past immun javobni koʻrsatdi

Germaniyaning IDT Biologika biofarmatsevtik kompaniyasi va Infeksiya tadqiqotlari nemis markazi (DZIF) tomonidan ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi vaksina klinik tekshiruvlarining birinchi bosqichi past immun javobni koʻrsatdi, maʼlum qilishdi tadqiqotlar oʻtkazilgan Gamburg-Eppendorf klinikasida [7].

Oktyabr oyida ishlab chiquvchilar Germaniyada koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlariga ruxsat olishdi. Bu klinik sinovlarning ikkinchi bosqichi yana-da keng koʻlamda oʻtkazilishi va keksa yoshdagi koʻngillilarni oʻz ichiga olishi taxmin qilingan edi.

Klinikaning xabariga koʻra, vaksina 30 nafar ishtirokchida sinovdan oʻtkazildi.

“Vaksina xavfsiz va nojoʻya taʼsirlarning past darajasida yaxshi kechadi, ammo, dastlabki natijalarga koʻra, immun javob kutilganidan past boʻlib chiqdi. Sabablari aniqlanishi zahoti klinik sinovlar davom etishi kerak”, - deyiladi bayonotda. [8]

Qayd etilishicha, yil boshiga rejalashtirilgan tadqiqotning ikkinchi bosqichi endi qoldirilmoqda [9].

Virusga qarshi ishlab chiqilayotgan vektorli vaksina modifikatsiyalangan va zararsizlantirilgan tabiiy chechak virusining asosida amalga oshirmoqda.

Xitoy aholisi COVID-19ga qarshi vaksinani bepul oladi

Vaksinadan umumiy foydalanish imkoni paydo boʻlishi zahoti Xitoy aholisi COVID-19ga qarshi bepul emlanishini mumkin boʻladi, xabar berdi 9-yanvar, shanba kuni boʻlib oʻtgan brifingda Xitoy Xalq Respublikasi Sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha davlat qoʻmitasi boshligʻining oʻrinbosari Szen Isin [10].

"2020-yilning 15-dekabrida boshlangan aholining muhim guruhlari uchun koronavirusga qarshi emlash bosqichi davrida barcha darajadagi hukumatlar COVID-19ga qarshi emlashni ilgari surish uchun xarajatlarni tashkil etish va taqsimlashni kafolatlaydi, jismoniy shaxslar vaksina va emlash uchun har qanday xarajatlardan ozod etiladi», - maʼlum qildi Szen Isin [11].

Oʻz navbatida, Tibbiy sugʻurta boʻyicha davlat boshqarmasi rahbari oʻrinbosari Li Tao vaksina bozorga kelib tushishidan keyin mamlakat aholisi COVID-19ga qarshi vaksina bilan ixtiyoriy ravishda bepul emlanishi mumkinligi, bunda belgilangan narxda tegishli korxonalar tomonidan taqdim etilgan vaksina va emlashning barcha xarajatlarini tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi va maqsadli moliya jamgʻarmalari oʻz zimmasiga olishini maʼlum qildi.

Szen Isin tomonidan ilgari koʻrsatilganidek, birinchi bosqichda vaksina bojxona xizmati inspektorlari, tibbiyot xodimlari, ishi import qilingan muzlatilgan mahsulotlar bilan bogʻliq xodimlar, dengiz va havo transporti sohasida ishlaydigan xodimlar, dengiz mahsulotlari bozorlarining xodimlari, shuningdek jamoat transporti xodimlari tomonidan olinadi.

Bundan tashqari, ogʻir epidemiologik vaziyatga ega mamlakatlarda ishga yoki oʻqishga boradigan odamlarga ham emlanish oʻtkaziladi.

Ikkinchi bosqichda vaksina bozorga kelib tushganda yoki uni ishlab chiqarish hajmlari oshganda emlanuvchi odamlarning doirasi kengaytiriladi [12].

Qozogʻiston qanday qilib «Sputnik V"ni ommaviy ishlab chiqarishga tayyorlanmoqda?

Qozogʻistonda COVID-19 ga qarshi Rossiya «Sputnik V“ vaksinasini keng miqyosda ishlab chiqarish fevral oyining ikkinchi yarmida yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda «Qaragʻanda farmatsevtika majmuasi» MCHSH (QFK) Ijrochi direktori Yerikbek Agatanov maʼlum qildi [13].

Qozogʻiston korxonasida ishlab chiqarilayotgan preparatning eksperimental namunalari allaqachon Gamaleya nomidagi markazga sifatini baholash uchun yuborildi. Keyingi oyda kompaniya 80 ming dozani respublika tibbiyot muassasalariga berish, aprel oyidan esa ishlab chiqarishni 600 ming hajmiga yetkazishni rejalashtirmoqda. Qozogʻiston mutaxassislari «Sputnik V«ni xavfsiz va yuqori samarali vaksina deb atashadi.

«Biz tajriba seriyalarini ishlab chiqardik, ularni Gamaleya nomidagi institutga yubordik. Ular sifatini oʻrganmoqdalar. Biz kerakli sifatdagi vaksinani ishlab chiqarganimiz tasdiqlanadigan boʻlsa, bizga Qozogʻistonda roʻyxatga olish uchun rozilik beriladi. Bu protsedurani fevral oyining oʻrtalarigacha tugatishni moʻljallamoqdamiz», - dedi Agatanov.

Yerikbek Agatanovning soʻzlariga koʻra, «Sputnik V" ishlab chiqarish texnologiyasining transferi noyabr oyida Rossiya va Qozogʻiston prezidentlari darajasida erishilgan kelishuvlar tufayli juda qisqa vaqt ichida tashkil qilindi.

Fevral oyida Qaragʻanda korxonasi Qozogʻistondagi tibbiyot muassasalariga 80 mingga yaqin «Sputnik V" dozalari, mart oyida — 150 mingta dozalarini yetkazib berish, aprel oyidan vaksinaning birinchi va ikkinchi komponentlarini har oy 600 ming dozadan chiqarishni rejalashtirmoqda.

Manbalar:

  1. Reported Cases and Deaths by Country, Territory, or Conveyance // https://www.worldometers.info/...
  1. Britain approves Modernaʼs COVID-19 vaccine, eyes spring rollout // https://www.reuters.com/articl...
  1. Britain approves Modernaʼs COVID-19 vaccine for use // https://news.abs-cbn.com/overs...
  1. Velikobritaniya razreshila primeneniye vaksinы Moderna ot koronavirusa // https://www.swissinfo.ch/rus/%...
  1. “Besonnenheit und Rücksicht werden sich auszahlen” // https://www.bundeskanzlerin.de...
  1. Merkel otsenila tempы vaksinatsii v Germanii // https://www.dw.com/ru/koronavi...
  1. COVID-19 vaccine developed by German research group fails in early trial // https://www.reuters.com/articl...
  1. Vaksina nemeskoy kompanii IDT Biologika pokazala nizkiy immunnыy otvet // https://ria.ru/20210108/vaktsi...
  1. Germany Halts IDT Biologika Vaccine Trials After Underwhelming Results // https://www.urdupoint.com/en/w...
  1. China to provide COVID-19 vaccines free of charge – official // https://www.reuters.com/articl...
  1. Jiteli Kitaya besplatno poluchat vaksinu ot COVID-19 // https://ria.ru/20210109/vaktsi...
  1. China to provide COVID-19 vaccines free of charge // https://www.channelnewsasia.co...
  1. Kak Kazaxstan gotovitsya k massovomu proizvodstvu «Sputnika V» // https://russian.rt.com/ussr/ar...