Yangiliklar

ZF2001 rekombinant vaksinasining III faza klinik sinovlari amalga oshirilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan Xitoyning Anhui Zhifei Loncom Biofarmaceutical kompaniyasida ishlab chiqarilgan ZF2001 rekombinant vaksinasining III faza klinik sinovlari amalga oshirilmoqda. Sinovda 18 yoshdan katta, surunkali kasalliklarga chalinmagan, 5000 ta koʻngilli ishtirokchilarni jalb etish rejalashtirilgan boʻlib, hozirda koʻngillilar roʻyxatini shakllantirish bilan bir qatorda tanlab olingan koʻngillilarga 1-doza vaksina bilan emlash ishlari olib borilmoqda. Koʻngillilar sinov jarayonida jami uch doza vaksina bilan emlanishi koʻzda tutilgan.

Sinov vaksinasi bu – tadqiqot natijasida yaratilgan vaksina turi boʻlib, klinik sinovlarda qoʻllash uchun moʻljallangan va tegishli tashkilotlardan tasdiqlanmaguncha, sotuvga chiqarilmaydi. Mazkur vaksina CHO hujayralarida ishlab chiqarilgan yangi koronavirusning retseptorga bogʻlanuvchi oqsilning (inglizcha qisqartma: NCP-RBD) rekombinant shaklini tozalab, alyuminiy gidroksidi qoʻshish orqali tayyorlangan. Ushbu tadqiqot vaksinasi har bir idishi 25mg /0.5ml/flakon shaklida boʻlib, 25mg yangi koronavirusning retseptorga bogʻlanuvchi oqsilning (NCP-RBD) rekombinant shakli va 0.25mg alyuminiy gidroksididan iborat.

Taʼkidlash joizki, ushbu tadqiqotda ishtirok etish yoki etmaslik toʻlaqonli ixtiyoriy. Sinov davri mobaynida koʻngillilar sinovni davom ettirishga majburlanmaydi. Ushbu sinovda ishtirok etishga qaror qilgan nomzod rozilik xatiga imzo chekishi va uni bir nusxasini oʻzingizda saqlashi soʻraladi. Sinovda qatnashishga qaror qilishdan avval, COVID-19 ga aloqador simptomlar yoʻqligi va COVID-19 infeksiyasini yuqtirib olganligingizga shubha yukligi tasdiqlanishi kerak. Shuningdek, nomzod COVID-19 vaksinalarining sinovida ishtirok etmagani va ishtirok etmasligini tasdiqlashi lozim.

Tadqiqotda qatnashishga qaror qilgan nomzodning kasallik tarixi, salomatlik koʻrsatkichlari, vaksinani qabul qilganidan soʻngi yigʻilgan maʼlumotlar va shu kabi boshqa maʼlumotlarni yozib olinadi. Shu bilan birga nomzodlarga yangi koronavirus infeksiyasidan qanday saqlanish mumkinligi toʻgʻrisida koʻrsatmalar beriladi.