Yangiliklar

COVID-19 ga qarshi vaksinalarning ishlanmalari boʻyicha dayjest (18.11.2020 holatiga)

COVID-19ga qarshi vaksinalar ishlanmalari boʻyicha Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda tayyorlanayotgan dayjestni eʼtiboringizga havola etamiz.

2020-yilning 18-noyabr holati

JSST rahbari: Vaksina oʻzidan-oʻzi  COVID- 19 pandemiyasini toʻxtata olmaydi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari doktor Tedros Adhanom Gebreyesus koronavirusga qarshi vaksinaning yolgʻiz oʻzi pandemiyani toʻxtatolmasligini aytdi. JSSTning boshqaruv organi, Jahon sogʻliqni saqlash assambleyasida soʻzga chiqqan Tedros vaksina dunyoda mavjud boʻlgan boshqa vositalarni toʻldirishini, ularning oʻrnini bosmasligini aytdi. Uning qoʻshimcha qilishicha, vaksinaning yolgʻiz oʻzi “pandemiyaga barham bermaydi”.

Misli koʻrilmagan koronavirus pandemiyasi bir necha oy davomida avj olib, infeksiyalar soni 54 milliondan oshib, 1,3 milliondan ortiq odamning hayotiga zomin boʻldi. Shanba kuni BMT agentligi yangi rekord boʻlgan deyarli 660 905 ta holat qayd etilganligini taʼkidladi. Bir kun avval 645 410 ta holat roʻyxatga olingan boʻlib, bu holat 7-noyabr kuni qayd etilgan 614 013 ta holatning avvalgi kundalik rekorddan oshib ketdi.

Tedrosning soʻzlariga koʻra, virusning butun dunyo boʻylab tez tarqalishi tufayli vaksinani yetkazib berish dastlab cheklanadi va birinchi oʻrinda tibbiyot xodimlari, keksalar va boshqa xavf-xatar guruhlariga beriladi. U vaksinani cheklash umid qilamanki, oʻlim sonini kamaytirish va sogʻliqni saqlash tizimlariga vaziyatni yengish imkonini beradi, deb qoʻshib qoʻydi.

Biroq, JSST rahbari ogohlantirdi: “bu hali virus tarqalishi uchun juda koʻp imkoniyat qoldiradi. Kuzatuvni davom ettirish kerak, odamlarni hali ham testdan oʻtkazish, izolyatsiya qilish va ularga gʻamxoʻrlik qilish kerak va ular oʻrtasidagi aloqalarni hali ham kuzatib turish kerak”.

Tokayev Qozogʻistonda Rossiya koronavirusga qarshi vaksinasini ishlab chiqarish boʻyicha zavod qurishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi

Qozogistonda koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasini ishlab chiqarish zavodi qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 16-noyabr kuni koronavirusga qarshi kurashga bagʻishlangan yigʻilishda maʼlum qildi. Toqayev qanday vaksina haqida gapirayotganini aniqlashtirmadi.

“Rossiya prezidenti bilan Rossiya vaksinalarini ishlab chiqarish boʻyicha zavod qurish borasida kelishuvga erishdim. Hukumat bu zarur loyihaga sarmoya jalb qilish boʻyicha muzokaralarni boshlab yuborgan”, - deydi u.

Qozogʻiston Prezidentining soʻzlariga koʻra, “vaqtinchalik roʻyxatga olish tartibini soddalashtirish va vaksinalarni tajriba-sanoat va sanoat ishlab chiqarishi uchun zavod qurilishini yakunlash zarur”.

Qasim-Jomart Toqayev hukumatning eng muhim vazifasi mahalliy vaksinani ishlab chiqarilishini yoʻlga qoʻyish ekanini taʼkidladi. Taʼkidlash joizki, hozirgi kunda ikkita istiqbolli mahalliy vaksinalarning klinikagacha sinovlari oʻtkazilmoqda.

Avvalroq Qozogʻiston va Rossiya “Sputnik V”  vaksinasini yetkazib berishga rozi boʻlgan edi. Rossiyaning toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya fondi testning barcha bosqichlaridan oʻtgandan soʻng vaksinaning kafolatlangan miqdorini ajratishi kerak edi.

Olimlar koronavirusni bostirishi mumkin boʻlgan mahsulotlarni aniqlashdi

Germaniyaning Ulm universiteti tibbiyot markazi qoshidagi Molekulyar virusologiya instituti olimlari guruhi inson organizmidagi koronavirus qoʻzgʻatuvchilarining 97% gacha bostirishi mumkin boʻlgan tabiiy mahsulotlarni aniqlaganini maʼlum qildi.

Tadqiqot davomida mutaxassislar dastlab odam tomogʻiga taʼsir etuvchi  respirator viruslarining oʻziga xos xususiyatini topdilar. Ular qora mevali chetan va anor sharbatlari, shuningdek yashil choy virulitsid (viruslarning inaktivatsiyasi taʼminlovchi) taʼsir ega, degan xulosaga kelishdi.

Olimlarning aniqlashicha, “qora mevali chetan sharbati koronavirus infeksiyasi faoliyatini 97 foizga, yashil choy va anor sharbati esa - 80 foizga bostirishga muvaffaq boʻlgan”. Mutaxassislarning fikricha, tabiiy sharbatlar va yashil choy COVID-19ni zaiflashtirishi mumkin, chunki ular kislotali muhit yaratadi va virusga salbiy taʼsir koʻrsatadigan oʻsimlik polifenollarini oʻz ichiga oladi.

Shuningdek, immun tizimini mustahkamlovchi koʻp miqdorda vitamin va minerallarni oʻz ichiga olgan oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilish koronavirus infeksiyasiga qarshi turishga yordam beradi. Mutaxassislar D vitaminiga boy treska jigari, tuxum sarigʻi, baliq va sariq yogʻ, Ye vitaminini oʻz ichiga oluvchi yongʻoqlar, kungaboqar yogʻi, shuningdek C vitamin oʻz ichiga olgan  -naʼmatak, chirgʻanoq,  qora smorodina, karam, sitrus mevalari, shirin qalampirni oʻz ratsioningizga qoʻshishni tavsiya qilishmoqda. Bundan tashqari, mol va tovuq jigarini, shuningdek pishloq va tvorogni isteʼmol qilish foydalidir.

Rospotrebnadzor Sibirda koronavirus mutatsiyasi haqida xabar berdi

Rospotrebnadzor rahbari Anna Popovaning soʻzlariga koʻra, Sibirda ekspertlar koronavirus xususiyatlaridagi oʻzgarishlarni aniqlashgan va bu uning yangi mutatsiyalarining shakllanganligini koʻrsatadi. Avvalroq Rospotrebnadzor Rossiyada bemorlarning 99% i ikkita koronavirus shtammlari bilan kasallangani haqida xabar bergan edi. Mamlakat hududi va chet eldagi koronavirus genomlarini solishtirishdan soʻng, mutaxassislar P314L (ORF1b geni) va D614G (S geni) mutatsiyalari bilan shtammlarning Gʻarbiy Yevropada keng tarqalgan variantlari ommaviy tarzda shu yilning mart va aprel oyida Rossiyaga olib kirilganligini aniqlashdi.

“Biz oqsildna aniqlangan oʻzgarishlar va Sibir mintaqasida aniqlangan almashtirishlarning maʼlumotlarini koʻrib turibmiz, bu bizga ushbu mintaqada maʼlum mutatsiyalar bilan oʻz varianti shakllanayotganini taxmin qilish imkonini beradi”, - dedi Popova.

Popova, “bu koronavirus xavfini oshirishini bildirmaydi. Rossiya Federatsiyasi hududida biz kuzatayotgan hech bir mutatsiyalar epidemiologik ahamiyatga taʼsir qilmaydi. Biz koʻrib turgan har bir narsa qoʻzgʻatuvchini mustahkamlamaydi, qoʻzgʻatuvchini kuchsizlantirmaydi, shunchaki biz unda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan eng kichik oʻzgarishlarni koʻramiz”.

Sentyabr oyiga kelib dunyoda bir necha ming koronavirus mutatsiyasi yuz berdi, biroq ularning atigi yigirmataga yaqini barqaror boʻlib chiqdi. Dunyodagi bemorlarning 93 foizi oqsil almashtirish bilan koronavirusning ikkita mutatsiyasi bilan zararlangan edi. Ushbu mutatsiyalar bilan virusning birinchi variantlari yanvar oxirida Xitoyda, keyin Avstraliyada va fevral oxirida-Gʻarbiy Yevropaning koʻpgina mamlakatlarida, Saudiya Arabistoni, AQSH, Kanada, Meksika, Braziliya, Marokash va Senegalda aniqlandi.

Koronavirusning yengil shaklining xavfli oqibatlari aytildi

Britaniyaning Coverscan guruhi mutaxassislarining fikricha, asoratlar xavfi ancha past deb baholanadigan koronavirusning yengil shakli shunga qaramay jiddiy oqibatlarga olib keladi.

COVID-19ni yengil shaklda oʻtkazgan  ikki yuzdan ortiq bemorni oʻz ichiga olgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, bunday bemorlarning simptomlari uzoq vaqt davom etgan, bunda ularning deyarli 70 foizida bir yoki bir nechta organlar shikastlangan.

Koʻpincha oʻpka, yurak va oshqozon osti bezi xavf ostida boʻlib chiqqan. Shuningdek virus buyrak, jigar va taloqdagi asoratlarga ham sabab boʻlgan.

Bundan tashqari,hattoki  infeksiya yuqishidan bir necha oy oʻtgach, odamlar nafas qisilishi, mushaklarning spazmlari va bosh ogʻrigʻidan shikoyat qilishgan.