Yangiliklar

COVID-19 ga qarshi vaksinalarning ishlanmalari boʻyicha dayjest (17.11.2020 holatiga)

COVID-19ga qarshi vaksinalar ishlanmalari boʻyicha Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda tayyorlanayotgan dayjestni eʼtiboringizga havola etamiz.

2020-yilning 17-noyabr holati

Moderna COVIDga qarshi vaksinaning samaradorligini deyarli 95 foizga baholadi

Amerikaning Moderna kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinaning klinik sinovlarining uchinchi bosqichida uning samaradorligi 94,5% ga teng boʻldi. Bu haqda kompaniya Milliy sogʻliqni saqlash instituti (NIH) nazorati ostidagi Maʼlumotlar xavfsizligini monitoring qilish kengashi (DSMB) ekspertlari maʼlumotlariga tayanib xabar berdi [2].

Moderna xabarlariga koʻra, 30 mingdan ortiq amerikalik ishtirok etgan sinovlar davomida COVID-19 infeksiyasining yuqishi atigi 95 kishida (oraliq bosqichda) aniqlangan. Shu bilan birga, 90 ta holat mRNA-1273 vaksinasi oʻrniga platsebo olgan nazorat guruhi vakillariga toʻgʻri keldi. Aslida emlanganlar orasida faqat besh kishi kasallangan, bu esa vaksinaning yuqori samaradorligini isbotlaydi. Shu bilan birga, emlangan beshta bemor orasida ularning hech birida jiddiy kasallik boʻlmagan, nazorat guruhida esa 11 ta ogʻir holat sanab chiqilgan[3].

“Bu vaksinamizning ishlab chiqilishidagi burilish nuqta. Oraliq tahlil natijasi bizga vaksinamiz COVID-19 kasalligi, jumladan, ogʻir shakldagisining oldini olishi mumkinligi haqidagi birinchi klinik tasdiqni berdi”, - deydi Moderna bosh direktori Stefan Bansel [4].

Moderna, shuningdek, sinov ishtirokchilarining aksariyati hech qanday sezilarli nojoʻya taʼsirisiz emlashdan oʻtganini taʼkidladi. Shu bilan birga, vaksina berilganlarning baʼzilari mushak va boʻgʻimlardagi ogʻriq, bosh ogʻrigʻi, ogʻriq va inyeksiya joyida terining qizarishiga shikoyat qilishdi. Biroq, Moderna taʼkidlanganidek, odatda, nojoʻya taʼsiri uzoq davom etmadi.

Kompaniya yangi maʼlumotlar kelib tushishi sayin vaksina samaradorligini baholash oʻzgarishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Biroq, Moderna favqulodda vaziyatlarda mRNA-1273dan foydalanish uchun ruxsatni olishga kelgusi hafta AQSH Mahsulotlar va dorilar ustilan nazorat qilish boʻyicha idorasi (FDA)ga murojaat qilishni rejalashtirmoqda.

2020-yilning oxiriga kelib, Moderna AQSH aholisini emlash uchun foydalanish mumkin boʻlgan 20 million dozalarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. 2021-yilda kompaniya vaksinaning 500 milliondan 1 milliardgacha dozalarini ishlab chiqarishni moʻljallamoqda.

 

Venesuela Rossiya vaksinasining 10 million dozasini sotib oladi

Venesuela Prezidenti Nikolas Maduroning aytishicha, yakshanba kuni uning hukumati COVID-19ga qarshi Rossiyaning Sputnik V vaksinasining 10 million dozasini sotib olishga rozi boʻlgan. [5]

Dunyo boʻylab kasallanish hollari sonining ortishi fonida Rossiya vaksinasiga qiziqish ortib bormoqda. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, kasalga chalinganlarning soni qariyb 54 million 400 mingtaga yetdi.

Vaksina 2021-yilning birinchi choragida yetkazilishi rejalashtirilgan. “Venesuela Rossiya vaksinasini milliy laboratoriyalarda ishlab chiqaradi”, - maʼlum qildi Maduro.

Oktyabr oyi boshlarida, taxminan 2000 koʻngillilar, jumladan Venesuela prezidentning oʻgʻli - Maduro Gerra, Sputnik V klinik sinovlari bosqichida ishtirok etishni boshladi. [5]

Oʻtgan 24 soat davomida Venesuelada koronavirus yuqishining 491 ta yangi holati roʻyxatga olingan. Pandemiya davrida jami 97 352 nafar kishi kasallangan, ulardan 851 nafari vafot etgan, 92 373 nafar kishi sogʻaygan, bu esa infeksiya yuqishlari umumiy sonining 95 % ni tashkil etadi [1].

 

Eron mutatsiyalanuvchi SARS-nCoV-2 bilan kurashish uchun umummilliy safarbarlik eʼlon qildi

Eron kelasi haftadan boshlab COVID-19 ning uchinchi toʻlqiniga qarshi turishga tayyorgarlik koʻrmoqda, dedi Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy. Ruhoniy mamlakatda koronavirusning uchinchi toʻlqiniga qarshi kurashish uchun mamlakat boʻylab aholi va hukumatning safarbarligini eʼlon qilgan maxsus bayonot bilan chiqdi [6].

Bayonotda aytilishicha, koronavirus mutatsiyasi va global kasallikning qayta tiklanishi tufayli Milliy koronavirusni nazorat qilish qoʻmitasi butun mamlakat boʻylab turli shaharlarda qatʼiy cheklovlarni talab qiladigan “Koronavirusga qarshi majmuaviy rejasi” ni maʼqullagan.

Ruhoniy barcha davlat muassasalarini sogʻliqni saqlash vazirligi va mamlakatning butun tibbiyot xodimlariga yordam koʻrsatishga chaqirdi. Sogʻliqni saqlash vazirligi bemorlarning oʻzaro aloqalarini kuzatib borish bilan karantin ustidan nazorat qilishi boʻyicha rejasini toʻliq amalga oshirishi va zarur boʻlsa, jarimaga tortishi kerak. Mamlakatda COVID-19 ning yana-da keng yoyilishini tutib qolish boʻyicha qatʼiy choralar qoʻllanishda davom etmoqda[6].

Oʻtgan 24 soat mobaynida mamlakatda 13 053 ta yangi infeksiya yuqish holatlari aniqlangan va shu vaqt ichida 486 nafar kishi hayotdan koʻz yumgan. Bugun kunda pandemiya boshlanganidan beri mamlakatda 775 121 ta holat qayd etilgan, 41 979 nafar kishi koronavirus qurbonlariga aylangan, 564 699 nafar kishi tuzalib chiqqan [7].

 

Rossiyada koronavirus sinovini oʻtkazish muddati cheklandi

Rospotrebnadzor rahbari Anna Popovaning qaroriga koʻra, koronavirus infeksiyasini aniqlash boʻyicha testni bajarish muddati cheklangan. Yangi qoidalarga koʻra, COVID-19 uchun laboratoriya tekshiruvi laboratoriyada biologik material olingan paytdan boshlab 48 soatdan ortiq vaqtni talab qilmasligi kerak [8].

Bundan tashqari, koronavirus kasalligiga chalingan bemorlarni ilgari boʻlgani kabi ikkita emas, balki bitta salbiy testdan oʻtgandan keyin kasalxondan chiqarish mumkin boʻladi. Ijobiy natija boʻlsa, ikkinchi tahlil kamida uch kundan keyin olinadi.

Xizmatning aniqlik kiritishicha, PZR uslubi bilan laboratoriya tekshiruvining salbiy natijasi olinguncha ambulator davolash uchun shifoxonadan chiqarishga ruxsat beriladi. Kommunal xonadonda, kunu tun boʻlish bilan ijtimoiy xizmat muassasalarida, yotoqxonalarda va mehmonxonalarda yashovchi bemorlar bundan mustasno.

COVID-19ga chalingan bemorlar bilan aloqada boʻlganlar endi koronavirusga testni topshirishlariga hojat yoʻq: simptomlar boʻlmasa, ular faqat 14 kunni oʻz-oʻzini izolyatsiyalashda oʻtkazishlari kerak [9].

 

Sunʼiy aql COVID-19ning simptomsiz bemorlarini aniqlashi mumkin

Koronavirus pandemiyasi muammolaridan biri - bemorlarda simptomlarning yoʻqligidir. Insonning kasal yoki yoʻqligini aniqlash uchun olimlar baʼzan kutilmagan usullarni taklif qilishadi. Ulardan biri haqida Massachuset texnologiya institutining MIT News nashri xabar bermoqda [10].

Virusning simptomsiz tashuvchilarida yoʻtalish xarakteri va terning tarkibi oʻzgaradi. Sunʼiy aql modeli ovoz yozishdan yoʻtal tovushidagi oʻzgarishlarni aniqlashi mumkin. Auto-ID Laboratory boʻlinmasining bir guruh tadqiqotchilari koronavirus bilan kasallanganlarda yoʻtal tovushi oʻzgarishini aniqlashdi. Inson qulogʻi farqni aniqlay olmaydi, ammo bu narsani sunʼiy aql eplay oladi. Mutaxassislar koʻngillilardan COVID-19 boʻyicha tahlil natijasi bilan birga oʻz majburiy yoʻtalish haqidagi yozuvlarini yuborishni soʻrashdi. Oʻrganuvchi algoritm yoʻtalning oʻn minglab yozuvlarini “tinglab chiqqan”dan soʻng, u simptomlari boʻlgan virusga chalingann bemorlarning 98,5% orasida va simptomsiz tashuvchilarning 100% orasida kasallangan odamlarni aniqlay olgan [11].

Ayni paytda, olimlar smartfon egalari uchun foydalanish imkoni boʻladigan qulay mobil ilovada texnologiyani ifodalash ustida ish olib borishmoqda. Bu holatda ular har kuni ertalab ofisga, maʼruzaga, maktabga yoki boshqa jamoat joyiga borishdan oldin COVID-19 mavjudligiga oʻzlarini testdan oʻtkazib koʻrishlari va virus tasdiqlanadigan holatda uyda qolishlari mumkin boʻladi [11].