Yangiliklar

Innovatsion rivojlanish vazirligi binosiga virtual sayohat yoʼlga qoʼyildi

 

Innovatsion rivojlanish vazirligining fuqarolar va jamoatchilikka ochiqligini taʼminlash, yuqori texnologiyalari muhitini shakllantirish, yoshlarning innovatsiyalarga diqqatini qaratish va qiziqishini oshirish maqsadida vazirlik binosiga virtual sayohat qilish imkoniyati yaratildi. Mazkur virtual tur ayniqsa hozirgi pandemiya sharoitida dolzarb boʼlib, hali vazirlik binosiga tashrif buyurmaganlarga uchun idorani oʼz koʼzlari bilan koʼrishga xizmat qiladi.

Virtual sayohat davomida istagan odam vazirlikning turli xonalarida — aerokosmik texnologiyalar va 3D modellarni prototiplash laboratoriyasi, robototexnika va mexatronika laboratoriyasi, yosh ixtirochilar xonasi, innovatsion loyihalar, zamonaviy ishlanmalar oʼrin olgan koʼrgazma zaliga tashrif buyurishi mumkin.

Bundan tashqari, bunday sayohatni maxsus koʼzoynak (VR koʼzoynak) yordamida amalga oshirilsa, sayohatchi oʼzini xudda binoni ichida yurgandek his qiladi.

Innovatsion rivojlanish vazirligiga sayohatni quyidagi havola orqali amalga oshirishingiz mumkin.

Shuningdek, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan eʼlon qilingan startap-loyihalar tanlovida gʼolib boʼlgan «NazzAR» loyihasi muallifi boʼlmish SmartChain kompaniyasi tomonidan yaratilgan Oʼzbekistondagi 10 ta tarixiy obidalarga virtual sayohat qilishingiz mumkin.