Yangiliklar

Yosh olim Orolboʻyida barpo qilinayotgan 500 gektar maydondagi oʻrmonzorga stimulyatorlar yetkazib beradi

Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Olimjon Toʻychiyev OʻzR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti yosh olimlari bilan uchrashuvida Orol dengizining suvi qurigan hududlarida ekologik muhitni barqarorlashtirish hamda tabiiy muvozanatni tiklash maqsadida “Yashil qoplamalar” – himoya oʻrmonzorlari barpo etilayotgani va Moʻynoq shahrini koʻkalamzorlashtirish boʻyicha tizimli ishlar olib borilayotgani xususida soʻz yuritildi.

Umumiy va noorganik kimyo institutiga yosh olimi Davron Isabayev Orolboʻyi hududida barpo qilinayotgan oʻrmonzorlarda ekilgan saksovul koʻchatlarini samarali oʻstirish maqsadida stimulyatorlarni 500 gektar maydonga oʻz hisobidan yetkazib berish tashabbusi bilan chiqdi. Vazir oʻrinbosari O.Toʻychiyev yosh olim D.Isabayevning ushbu tashabbusi “Yoshlar akademiyasi” tomonidan qoʻllab-quvvatlanishini hamda bu boʻyicha amaliy yordam berilishini maʼlum qildi.

Umumiy va noorganik kimyo institutiga yosh olimlari tomonidan yaratilgan oʻsimliklarni oʻstiruvchi va rivojlantiruvchi biologik stimulyatorlar ishlab chiqarilgan boʻlib, hozirgi kunda uni qishloq xoʻjaligiga tatbiq etish boʻyicha ishlar amalga oshirilmoqda.