Yangiliklar

Hind kompaniyasi bilan sunʼiy intellektni rivojlantirish, innovatsion ishlanmalarni yaratish va transfer qilish boʼyicha memorandum imzolandi

Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining Fan va ilmiy-texnik tadqiqotlarni rivojlantirish boshqarmasi xodimlaridan iborat delegatsiyasining Hindiston Respublikasiga xizmat safari davomida Hindiston ilmiy-innovatsion faoliyat subʼektlari – ilmiy markazlar, innovatsiya va texnologiyalar transferi markazlari, texnoparklar faoliyati va tajribasini oʼrganish maqsadida tashriflar va uchrashuvlar tashkil etildi.
 
Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Hindiston Respublikasining Routern.com kompaniyasi oʼrtasida sunʼiy intellektni rivojlantirish, innovatsion ishlanmalarni yaratish va transfer qilish boʼyicha memorandum imzolandi.