Yangiliklar

14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etamiz!

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi jamoasi nomidan Vatanimiz muhofazasi uchun tinimsiz mehnat qilayotgan har bir fuqaroni chin qalbdan muborakbod etamiz!

Oʻzbek oʻgʻlonlari doimo oʻz mardligi bilan dong taratgan. Mazkur bayramning nishonlanishi xalqimizning oʻz armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, yigitlariga nisbatan iftixorini bildiradi. Barcha Vatan himoyachilarini ushbu muborak bayram bilan tabriklaymiz hamda ularga oilaviy tinchlik-xotirjamlik, sogʻliq-salomatlik tilab qolamiz.

Hayotingiz doimo sharaf va zafarlarga toʻliq boʻlsin!