Yangiliklar

Innovatsion rivojlanish vazirligida endi toʻrtta “Umid”chi faoliyat yuritmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi xorijdagi nufuzli oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olgan mutaxassislarni jalb qilish qilib kelmoqda. Ular chet elda olgan bilim va tajribalarini vazirlikdagi faoliyatlarida, yangi loyihalarni amalga oshirishda qoʻllab kelmoqdalar. Jumladan, “Umid” jamgʻarmasi tomonidan rivojlangan mamlakatlarning universitetlarida tahsil olgan xodimlar ham oʻz salohiyatlarini namoyon etib kelmoqdalar.

Joriy yilda “Umid” jamgʻarmasi orqali tahsil olganlar soni vazirlikda yana bir kishiga oshdi. Umarov Baxtiyor 2002-2007-yillari mazkur jamgʻarma hisobidan Germaniya Triyer universitetida iqtisodiyot va ijtimoiy fanlari boʻyicha tahsil olgan.

Shu oʻrinda Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, vazir oʻrinbosari Azimjon Nazarov, Innovatsion rivojlanish vazirligi xorijiy maslahatchisi Yerbol Suleymenov ham “Umid” jamgʻarmasi tomonidan taqdim imkoniyatlar tufayli xorijiy universitetlarida taʼlim olganini maʼlum qilamiz.