Yangiliklar

Oʼzbekistonlik yosh olimlarni Oʼzbekistonning Germaniyadagi elchisi qabul qildi

Joriy yilning 7 oktyabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi Innovatson rivojlanish vazirligi hamda Germaniyaning taʼlim va tadqiqotlar boʼyicha federativ vazirligi bilan hamkorlikda Berlin shahriga stajirovka maqsadida yetib kelgan 13 nafar yosh olimni Oʼzbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elchisi Nabijon Qosimov qabul qildi. Nabijon Qosimov Oʼzbekistondan tashrif buyurgan olimlarni qutlab, ularning ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.
– Аvvalo, sizlarni Germaniyaga Oʼzbekiston ilm-fanini rivojlantirish uchun kelish baxtiga muyassar boʼlganingiz bilan qutlayman, – dedi elchi. – Germaniya koʼplab universitetlari, ilmiy markazlari bilan mashxur. Ikki haftalik safaringiz chogʼida ancha narsalarni oʼrganishingiz, tajriba orttirishingizga ishonaman. Buning uchun sizdan imkon qadar faollik, atrofga teran nazar solish va ishtiyoq talab etiladi. Mazkur safar chogʼida erishgan natijalaringiz ilm-fan sohasidagi Oʼzbekiston va Germaniya hamkorligidagi boshqar loyihalar uchun yoʼl ochib berishini unutmasligingizni istardim.
Janob elchi, shuningdek, Oʼzbekiston—Germaniya texnik universitetini tashkil etish boʼyicha ishlar olib borilayotganini va unda aynan olmon taʼlim tizimi joriy etilishi koʼzda tutilayotgani haqida gapirdi. Hozir universitet strategiyasi ishlab chiqilayotgan boʼlib, bu oliy oʼquv maskanida nafaqat oʼzbekistonlik yoshlar balki qoʼshni davlatlar fuqarolarining ham bilim olishi uchun sharoitlar yaratiladi.
Nabijon Qosimov mehmonlarga elchixona faoliyati, u yerda qilinayotgan ishlar haqida gapirarkan, oʼtgan yili noyabrь oyida elchixona tomonidan oʼtkazilgan “Innovatsion gʼoyalar” tadbiriga alohida toʼxtaldi. Mazkur anjumanda Germaniyada istiqoma qiluvchi universitet talabalari va bitiruvchilari tomonidan tayyorlangan 19 ta loyiha taqdimoti oʼtkazildi. Mazkur loyihalarning bari Germaniya va Oʼzbekiston davlatlari oʼrtasida ilmiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgani diqqatga sazovordir. Shuningdek, elchixona diplomatlari tomonidan bugungi kunda ikki davlat universitetlari, shifoxonalari oʼrtasida bevosita aloqalar oʼrnatish borasida ishlar olib borilmoqda. Bunda malaka oshirishga kelayotgan mutaaxassilardan olmon tilini mukammal bilish talab qilinishi alohida taʼkidlandi.
Uchrashuv soʼngida oʼzbekistonlik yosh olimlar elchixona binosi va u joylashgan hudud bilan tanishdilar. Dunyodagi eng katta va chiroyli elchixonalarimizdan boʼlgan Germaniya elchxonasi delegatsiya aʼzolarida katta tassurot qoldirdi.
Oʼzbekiston Respublikasining Berlindagi elchixonasi binosi 2001 yilning 3 aprelida ochilgan, biroq bino 1879-80 yillarda qurilgan tarixiy obidadir. Bino uchta polk joylashgan kazarmalarnin bir qismi boʼlib, unda ofitserlar dam olishi uchun foydalanilgan. Elchixona xududida 1870–71 yilarga doir Prussiya burguti haykali oʼrnatilgan ustun ham bor. Ikkinchi Jahon urushidan keyin restoran sifatida foydalanilgan zobitlar bogʼi va binosi restoranga aylantirilib, endi unga oddiy xalq ham kirib chiqish imkoniga ea boʼlgan. Biroq 1999 yil mazkur obʼekt Oʼzbekiston Respublikasi hukumati qarori bilan sotib olingunga qadar 15 yil davomida bino qarovsiz boʼlgan. Elchixona hududi 8.300 m² maydonni egallaydi. 2.500 m²li ulkan bino esa Germaniya yodgorliklar ximoya qilish jamiyati tomonidan qoʼriqlanadi.
Elchixona hovlisida qad rostlagan milliy koʼrinishidagi ayvonni koʼrgan inson borki, oʼzini Oʼzbekistondagidek xis qiladi. Oʼzbekistonlkilarninng milliy gʼuururni uygʼotuvchi, xorijliklarda esa yurtimizning rangin jilolaridan bahramand boʼlishga undovchi mazkur inshoot 2003 yili oʼsha paytda Samarqand viloyati hokimi boʼlgan Prezidentimiz Shavkat Mirziyov yordamida barpo etilgani bilan ham diqqatga sazovordir.