Yangiliklar

Yerevanda Oʻzbekistonning MDH mamlakatlari bilan ilmiy-texnik aloqalarni muctahkamlash masalalari muhokama qilindi  

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi mutaxassislari Ilmiy-texnik axborotlar boʻyicha Davlatlararo muvofiqlashtiruvchi kengash(ITADMK)ning 26-yigʻilishida ishtirok etdilar. Xalqaro anjuman Yerevan shahrida Armaniston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining Innovatsiyalar va tadbirkorlik milliy markazida boʻlib oʻtdi.

 

Yigʻilishda, shuningdek, ITADMK aʼzo-davlatlar — Belarus, Qozogʻiston, Tojikiston, Oʻzbekiston va Rossiya vakillari ishtirok etdilar.

 

Tadbir davomida innovatsiyalar va ilmiy-texnik axborotlar sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, MDH davlatlari vakillarining bu sohadagi malakalarini, xususan zamonaviy texnologiyalar orqali oshirish boʻyicha takliflar muhokama qilindi.

 

Bundan tashqari yigʻilish ishtirokchilari ITADMKning 2018-yilgi rejasining bajarilgani boʻyicha yakuniy maʼlumotlarni oldilar va 2019-yil uchun ishlar rejasining amalga oshirish surʼatlarini muhokama qildilar.

 

MDH Ijroiy qoʻmitasi iqtisodiy hamkorlik departamenti ilmiy-texnik hamkorlik va innovatsiyalar boʻlimi boshligʻi Timur Mansurov Oʻzbekistonning mazkur organ ishida ishtiroki muhim ekanini qayd etdi. Oʻzbekistonning ilmiy-texnik tadqiqotlar boʻyicha hukumatlararo kelishuvlarga qoʻshilishi Oʻzbekistoning MDH davlatlari bilan ilmiy aloqalar oʻrnatishga qiziqish bildirayotganidan darak berishini va bu aloqalarni mustahkamlashdan barcha tomonlar manfaatdor ekanini taʼkidladi.

 

Rossiya Federatsiyasi Ilm-fan va oliy taʼlim vazirligi davlat ilmiy-texnik siyosati boshqarmasi direktori oʻrinbosari Andrey Anikeyev Oʻzbekistonni Xalqaro ilmiy va texnikaviy axborot markazi tarkibiga kiritish taklifini berdi.Uning fikricha, bu mazkur tashkilotning koʻplab aʼzo-davlatlari bilan ilmiy aloqalarni oʻrnatishga , tajriba va ilmiy-texnik maʼlumotlar al