Yangiliklar

Xalqaro robototexnika musobaqasida Oʻzbekiston gʻolib boʻldi!

InnoWeek-2019. Xalqaro robototexnika musobaqasida yurtimiz yoshlari jamoaviy hisobda birini oʻrinni egalladi.

Ikki yosh toifasida (9-16 yoshdagilar “Junior” va 17-23 yoshdagilar “Senior”) xalqaro robototexnika musobaqasi joriy yilning 29-31-oktyabr kunlari “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar majmuasida oʻtkazildi. Kattalar uchun tashkil etilgan musobaqa ilk marotaba Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar oʻrtasida Islom taraqqiyot banki, Islom hamkorlik tashkiloti va IHTning Ilm-fan va texnologiyalar boʻyicha doimiy qoʻmitasi (COMSTECH) bilan hamkorlikda “The First OIC Robotics Challahge” nomi bilan tashkil etilgan boʻlib, musobaqada IHTga aʼzo 25 davlatdan jamoalar qatnashdi.

Xalqaro musobaqaning birinchi kunida “Senior” yosh toifasida “Robo-sumo” musobaqasining saralash bosqichi oʻtkazildi va 18 davlatdan kelgan jami 82 nafar mahalliy hamda xalqaro ishtirokchilar keyingi bosqichga chiqish uchun bellashdilar. Shuningdek, “Junior” yosh tofasidagi “Waste sort out” va “Kegelring” musobaqalarida Markaziy Osiyo davlatlaridan tashrif buyurgan yosh ishtirokchilar qatnashdilar. Musobaqaning yuqori darajada oʻtishini taʼminlash maqsadida Malayziya, Misr, Pokiston va Turkiyadan mutaxassis hakamlar jalb etildi.

Xalqaro robototexnika musobaqasining ikkinchi kunida “Senior” yosh toifasining “Robo-football” yoʻnilishida 9 ta davlatdan kelgan 40 nafar ishtirokchi oʻrtasida saralash bosqichi hamda “Junior” yosh toifasida “Robo-sumo” boʻyicha saralash bosqichi oʻtkazildi.

Musobaqalarning uchinchi kunida ikki yosh toifasida yarim final va final bosqichlari oʻtkazildi. Yarim final bosqichida final yoʻllanmasini qoʻlga kiritish uchun Iordaniya, Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Qozogʻistondan kelgan ishtirokchilar bellashdilar. “Senior” yosh toifasining “Robo-football” yoʻnalishida Iordaniya, Oʻzbekiston, Qozogʻiston vakillari yarim final oʻyinlarida ishtirok etdilar va yakunda Iordaniya va Oʻzbekiston vakillari final yoʻllanmasini qoʻlga kirtdi. Final bahsida Iordaniya vakillari gʻolib deb topildi, Oʻzbekiston jamoasi ikkinchi oʻrin, Qozogʻiston jamoasi esa uchinchi oʻrinni egalladi.

“Robo-sumo” yoʻnalishining “Play-off” bahslarida Tojikiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston vakillari ishtirok etdilar. Finalda Tojikiston va Qirgʻiziston vakillari bahs yuritib, Tojikiston vakillari birinchi oʻrin, Qirgʻiziston ikkinchi, Oʻzbekiston uchinchi oʻrinni egalladi.

“Junior” yosh toifasining uch yoʻnalishida ham gʻoliblar aniqlandi. “Waste sort out” yoʻnilishida Qozogʻistondan kelgan ikki jamoa birinchi va ikkinchi oʻrinlarni, Oʻzbekiston vakillari uchinchi oʻrinlarni egallagan boʻlsa, “Kegelring” bahsida barcha sovrinli oʻrinlar Oʻzbekiston vakillariga nasib etdi. “Junior” yosh toifasining “Robo-sumo” yoʻnilishining yarim final bahslarida Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻizistondan kelgan vakillar ishtirok etdilar. Birinchi oʻrinni Qirgʻiziston, ikkinchi oʻrinni Oʻzbekiston vakillari egalladilar, uchinchi oʻrin Tojikistondan kelgan vakillarga tegdi.

Musobaqa gʻoliblariga medallar va esdalik sovgʻalarni Islom hamkorlik tashkilotining Boshqaruv kengashi aʼzosi doktor Hasan Basri Arslan, IHTning Ilm-fan va texnologiyalar boʻyicha doimiy qoʻmitasi direktori maslahatchisi doktor Syed Xurshid Hasanain va Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov topshirdilar. “Senior” yosh toifasining gʻoliblariga Islom hamkorlik tashkiloti tomonidan ajratilgan “Robo-football” yoʻnilishida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan jamoa uchun 6000 AQSH dollari, ikkinchi oʻrin uchun 4000 AQSH dollari, uchinchi oʻrin uchun 2000 AQSH dollari xamda “Robo-sumo” yoʻnilishi boʻyicha birinchi oʻrin uchun 5000 AQSH dollari, ikkinchi oʻrin uchun 3000 AQSH dollari, uchinchi oʻrinni olgan jamoaga esa 1000 AQSH dollariga teng cheklar taqdim etildi.

“Junior” yosh toifasining gʻoliblariga esa musobaqa hamkor va homiylari Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi va Artel kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.

Musobaqa yakunlariga koʻra umumjamoa hisobida Oʻzbekiston birinchi oʻrinni, Qirgʻiston va Qozogʻiston ikkinchi hamda uchinchi oʻrinlarni egalladi.

“Waste sort out” yoʻnalishi, “Junior” yosh tofasi

1-oʻrin: Qozogʻiston — Jandarbek Abilay, Nuraxmet Askar

2-oʻrin: Qozogʻiston — Yemur Kuanish, Daniel Rashidov

3-oʻrin: Oʻzbekiston — Sagdullayev Umarbek, Abdurashidbek Saʼdullayev

“Robo sumo” yoʻnalishi, “Junior” yosh toifasi

1-oʻrin: Qirgʻiziston — Artem Pogorelov, Kutman Axmatov

2-oʻrin: Oʻzbekiston — Azizbek Shokirov, Islomjon Karimjonov

3-oʻrin: Tojikiston — Muso Sharif-zodo, Amir Xaitov

 

“Kegelring” yoʻnalishi, “Junior” yosh toifasi

1-oʻrin: Oʻzbekiston — Yuriy Yakoves, Roman Pyagay

2-oʻrin: Oʻzbekiston — Artur Brajnikov, Diyor Baxodirov

3-oʻrin: Oʻzbekiston — Mark Ten, Diana Ten

“Robo Sumo” yoʻnalishi, “Senior” yosh toifasi

1-oʻrin: Tojikiston — Amira Ibragimova, Sunnatullo Ikromov (mukofot 5000 AQSH dollari)

2-oʻrin: Qirgʻiziston — Sagindik Abdirasulov, Chingiz Maratbek uulu (mukofot 3000 AQSH dollari)

3-oʻrin: Oʻzbekiston — Shodiyaxon Axrorxoʻjayeva (mukofot 1000 AQSH dollari)

“Robo football” yoʻnalishi, “Senior” yosh toifasi

1-oʻrin: Iordaniya — Abdulloh Abwdabasch, Nooraldeen Al-Asbahi (mukofot 6000 AQSH dollari)

2-oʻrin: Oʻzbekiston — Sanjar Sevarov, Sanjar Roʻzimurodov (mukofot 4000 AQSH dollari)

3-oʻrin: Pokiston — Ahmed Ali, Awais Khan (mukofot 2000 AQSH dollari)

Davlat

Oltin

Kumush

Bronza

Jami

1

Oʻzbekiston

1

3

3

7

2

Qirgʻiziston

1

1

0

2

3

Qozogʻiston

1

1

0

2

4

Tojikiston

1

0

1

2

5

Iordaniya

1

0

0

1

6

Pokiston

0

0

1

1