Korruptsiyaga qarshi kurashish

Davlat va jamiyat rivojiga, xalqning adolatga bo’lgan ishonchiga putur yetkazadigan xavf – korruptsiya xavfining oldini olish va unga qarshi kurashish borasidagi ishlar Respublikamizda izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Bu borada Innovatsion rivojlanish vazirligida ham qator ishlar bajarildi.

Vazirlik Hay’ati va ITK yig’ilishlari ochiq o’tkazilmoqda

Korruptsiyaga qarshi kurashda davlat organlarining ochiqligi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat o’tgan yildan beri Innovatsion rivojlanish vazirligi Hay’ati va Ilmiy-texnik kengashlar ITK) yig’ilishlarini ommaviy axborot vakillari, mazkur yig’ilisharda ishtirok etish istagida bo’lgan boshqa fuqarolar hamda soha ekspertlari uchun ochiq o’tkazilmoqda.

O’rnatilgan tartib bo’yicha odatda Hay’atda Ilmiy-texnik kengashlar tomonidan ekspertizadan o’tkazilgan va moliyalashtirishga tavsiya etilgan amaliy va innovatsion loyihalar Hay’at a’zolari tomonidan muhokama qilinadi. Loyihalar bo’yicha tegishli Ilmiy-texnik kengashlari rahbarlarining fikrlari tinglanib, savollarga javoblar olinganidan so’ng, Hay’at a’zolari loyihalarni moliyalashtirish bo’yicha qarorlarni ochiq ovoz berish yo’li bilan qabul qiladi.

phd.mininnovation.uz rasmiy sayti ishga tushirildi

Vazirlik tomonidan Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limga qabul mexanizmini takomillashtirish va shaffofligini ta’minlash, tadqiqotchilarni monitoring qilish va o’z vaqtida himoyalar soni oshirish maqsadida http://phd.mininnovation.uz rasmiy sayti ishga tushirildi. Ushbu rasmiy sayt doktoranlarni qabul qilish tizimi monitoringini mustahkamlashga qaratilgan. Bunda ro’yxatga olishning elektron tizimini joriy qilindi. Shuningdek, doktorantlarning shaxsiy rejasini bajarilishini monitoring qilish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan tizim ilmiy ishlar himoyalarining o’z vaqtida bajarilishiga xizmat qiladi. Bundan tashqari mazkur tizim ortiqcha qog’oz sarflanishiga chek qo’yish, kvotalar shakllantirish jarayonini elektron shaklga o’tkazishga ko’mak beradi.

fan-portal.uz. portali faoliyat yuritmoqda

Innovatsion rivojlanish vazirligi veb-sahifasida muntazam ravishda e’lon qilinib boriladagan ilmiy loyihalar tanlovlariga loyihalarni topshirishda inson omilini kamaytirish maqsadida fan-portal.uz. portali yaratildi. Mazkur portalda tajriba-konstruktorlik, fundamental tadqiqotlar, tematik ilmiy-tadqiqot loyihalari hamda startap va grant tanlovlar loyihalarini topshirish elektron tizimga o’tkazilgan. Kelib tushgan loyihalar bo’yicha ma’lumotlar olishning onlayn tizimi yo’lga qo’yilib, ochiqlik va shaffoflik ta’minlangan.

Davlat xaridlari elektron tarzda o’tkaziladi

Ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy laboratoriyalarini jihozlash uchun yuqori texnologik asbob-uskunalar xaridini amalga oshirish maqsadida tanlov hujjatlari bo’yicha e’lonlar Davlat xaridlarining maxsus axborot portaliga hamda Vazirlik veb-saytiga ochiq e’lon qilin yo’li bilan joylashtiriladi. Shuningdek, natijalar ham mazkur tartibda e’lon qilinadi.

Yosh olimlarni stajirovkalarga saralab olish mexanizmi shaffoflik tamoyiliga asoslangan

Yosh olimlarning qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarini tashkil etish maqsadida Vazirlikning rasmiy veb-saytiga e’lonlar joylashtiriladi va natijalar ham mazkur veb-saytda e’lon qilinib borilishi yo’lga qo’yildi. Shu bilan birga vazirlikda aholini bilan to’g’ridan-to’g’ri ochiq muloqot qilish, aholi bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqa kanallari ham yaratildi www.mininnovation.uz (www.facebook.com/mininnovation.uz/, t.me/mininnovation, www.instagram.com/mininnovation, www.instagram.com/yoshlarakademiyasi, https://www.youtube.com/channe..., https://t.me/yoshlarakademiyasi), ular orqali fuqarolar bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot qilish, ularni taklif va tavsiyalarini eshitish, vazirlikni faoliyatiga oid xabarlar va yangiliklarni tizimli ravishda kiritib, yangilab borish yo’lga qo’yilgan.