Ilmiy loyihalar

Tematik mavzular

Ilmiy loyiha mavzu (tematik mavzu)lari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 martdagi 133-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi toʻgʻrisida”gi Nizom talablari asosida e’lon qilinadi.

Tematik mavzular – davlat va xoʻjalik boshqaruvi  organlari, mahalliy davlat  hokimiyati organlari, ilmiy  faoliyat sub’ektlarining  asoslangan takliflari, shuningdek  iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning mavjud  muammolarining, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, davlat dasturlari va  konsepsiyalarda bayon etilgan vazifa va topshiriqlarning hamda davlat boshqaruvi organlari va  mahalliy davlat hokimiyati  organlari oldida turgan oʻziga xos  muammolarning ilmiy yechimini ta’minlashga qaratilgan takliflari asosida shakllantiriladi hamda e’lon qilinadi.

2018-2019 yillarda ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida e’lon qilinadigan amaliy va innovatsion loyihalar tanlovi uchun vazirlik va idoralar, ilmiy tadqiqot institutlari, ilmiy markazlar va ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan ilmiy-tadqiqqot ishlariga davlat buyurtmasi sifatida jami 770 ta taklif kelib tushgan. Kelib tushgan takliflar asosida umumiy qiymati 303,7 mlrd. soʻm boʻlgan 243 ta tematik mavzular (1-17-turlar doirasida) e’lon qilindi.

2020 yilda ilmiy tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantirish uchun vazirlik va idoralar, oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy markazlar tomonidan jami 2445 ta tematik mavzular taqdim etildi. Taqdim etilgan mavzular asosida umumiy qiymati 590,2 mlrd. soʻm boʻlgan 348 ta tematik mavzular (18-37-turlar doirasida) e’lon qilindi.

2021 yilning iyul oyi holatiga koʻra ilmiy tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantirish uchun vazirlik va idoralar, oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy markazlar tomonidan jami 1045 ta tematik mavzular taqdim etildi. Taqdim etilgan mavzular asosida umumiy qiymati 182,9 mlrd. soʻm boʻlgan 160 ta tematik mavzular (38-47-turlar doirasida) e’lon qilindi.

1.

Arxitektura, qurilish, dizayn va shaharsozlik fanlari (2018-2021)

2.

Axborotlashtirish (2018-2021)

3.

Biotexnologiya va biologiya fanlari (2018-2021)

4.

Dolzarb tematik mavzular va hududlarni rivojlantirish boʻyicha e’lon qilingan mavzular (2018-2021)

5.

Er toʻgʻrisidagi fanlar (2018-2021)

6.

Ijtimoiy fanlar (2021)

7.

Iqtisodiyot va huquq fanlari (2018-2021)

8.

Kimyo fanlari, kimyoviy texnologiyalar va nanotexnologiyalar (2018-2021)

9.

Qishloq xoʻjaligi va atrof-muhit muhofazasi fanlari (2018-2021)

10.

Matematika, fizika va mexanika fanlari (2018-2021)

11.

Tarix va arxeologiya fanlari (2018-2021)

12.

Texnika fanlari (2018-2021)

13.

Tibbiyot fanlari (2018-2021)

14.

Oʻrmon xoʻjaligi fanlari  (2018-2021)

15.

Farmakologiya va farmatsevtika fanlari (2018-2021)

16.

Filologiya, psixologiya va pedagogika fanlari (2018-2021)

 

Loyihalar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2017 yil 1 noyabrdagi PQ-3365-son, «Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» 2018 yil7 maydagi PQ-3698-son qarorlariga muvofiq, shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantirish va amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamisining “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020 yil 9 martdagi 133-son qaroriga muvofiq hozirda ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida 414 ta fundamental, amamiy va innovatsion ilmiy loyihalar bajarilmoqda.

 

Vazirlik Hay’ati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 1 apreldagi “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boʻyicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6198-sonli Farmoni va 2021 yil 1 apreldagi “Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5047-son hamda 2018 yil 7 maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3698-son qarorlarida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020 yil  9 martdagi 133-son qaroriga muvofiq tanlovlar natijalariga koʻra moliyalashtirishga tavsiya etilgan loyihalar vazirlik Hay’at yigʻilishlarida koʻrib chiqilib moliyalashtirilmoqda.

1-son hay’at

2-son hay’at

3-son hay’at

4-son hay’at

5-son hay’at

6-son hay’at

7-son hay’at

8-son hay’at

9-son hay’at

10-son hay’at

11-son hay’at

12-son hay’at

13-son hay’at

14-son hay’at

15-son hay’at

18-son hay’at