Ilmiy tadbirlar

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil
2 martdagi 78-F Farmoyishi bilan Oʼzbekiston Respublikasida xalqaro va respublika miqyosida 2021 yilda oʼtkaziladigan ilmiy tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

Farmoyishga muvofiq 2021 yilda jami 8 ta yoʼnalish boʼyicha
654 ta, jumladan xalqaro miqyosida 278 ta, respublika miqyosida 376 ta ilmiy tadbirlar oʼtkaziladi.

Ilmiy tadbir oʼtkazilgandan soʼng oʼn kun muddat ichida bevosita maʼsul boʼlgan ijrochi tashkilot tomonidan quyidagi xujjatlar taqdim etilishishi lozim:

- ilmiy tadbirlarning natijadorligini baholash va tahliliy hisobot tayyorlash uchun 1-ilovada keltirilgan savolnoma asosida tayyorlangan va hisobot (tasdiqlangan va elektron (MS Word) shaklda, conf@mininnovation.uz elektron manziliga);

- ilmiy-tadbir doirasida imzolangan shartnoma, memorandum va kelishuvlar toʼgʼrisida maʼlumotlar 2-ilovaga muvofiq;

- xalqaro ilmiy-tadbirda ishtirok etgan chet ellik mutaxassis va olimlar toʼgʼrisidagi maʼlumot 3-ilovaga muvofiq.

 

Maʼlumot uchun telefon:   71 203-32-23 (ichki: 213)