Fuqarolar uchun davlat xizmatlari

Fuqarolar uchun davlat xizmatlari

Fuqaro kabinetiga kirib, onlayn tarzda soliq va kommunal xizmatlarida qarzlarning mavjudligi, yo‘l harakati qoidalari buzulishi haqidagi jarimalar, shaxsiy nafaqa va sug‘urta badallari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish mumkin. Bundan tashqari, fuqarolar turli davlat xizmatlari uchun murojaat qilishlari mumkin, masalan: Ko‘chmas mulkni sotib olish va sotish bilan bog‘liq bitimlarni notarial tasdiqlash, turli guvohnomalar olish (sudlanganlik, maoshni tasdiqlash, ish staji va hokazo), bojxona va boshqa xizmatlar. Xizmat ko‘rsatish natijalariga ko‘ra, YaIDXP orqali elektron hujjat (ma’lumotnoma, guvohnoma, xulosani va hokazo) shakillantiriladi va repozitoriyga joylashtiriladi, bu esa hujjatning qog‘oz nusxasini olish uchun idoralarga borishga hojat qoldirmaydi.