Moliya-iqtisod sektoriga innovatsiyalarni joriy qilish hamda tadqiq etish boshqarmasi


Arzikulov Nodir Shodiyevich

Moliya-iqtisod sektoriga innovatsiyalarni joriy qilish hamda tadqiq etish boshqarmasi boshlig‘i

998 (71) 203-32-23

Ichki raqam: 301

n.arzikulov@mininnovation.uz

Vazifalari:

  • mamlakatni rivojlantirishning uzoq muddatli ssenariylarni hisobga olgan holda, davlat va jamiyat qurilishida innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish, iqtisodiyotning jadal rivojlanishini taʼminlash boʻyicha strategik va preventiv rejalashtirish, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy potensialining barqaror oʻsishi uchun zaruriy sharoitlarni taʼminlash maqsadida davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini har tomonlama tahlil qilish va prognozlash;
  • xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va mamlakatning moliyaviy-iqtisodiy potensialining barqaror oʻsishi uchun innovatsion gʻoyalarni joriy qilishda meʼyoriy-huquqiy bazani takomillashtirish.

Monetar siyosat va bank tizimini rivojlantirish boʻlimi

E-mail: a.kurbanov@mininnovation.uz

Byudjet siyosati va soliq tizimini rivojlantirish boʻlimi

E-mail: a.usarov@mininnovation.uz

Investitsiyalarni jalb qilish boʻlimi

E-mail:

Ijtimoiy xizmatlar va pensiya taʼminoti boʻlimi

E-mail: a.begjanov@mininnovation.uz

Demografiya va aholi bandligini tadqiq etish boʻlimi

E-mail:

Soʻnggi ikki yil davomida biznesni yuritish va investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay muhitni yaratish boʻyicha amalga oshirilgan ulkan ishlarga qaramasdan, boshlangʻich startap loyihalarni jadal rivojlantirishga toʻsqinlik qiluvchi bir qancha muammolar mavjud:

- biznesni tashkil etishning, shu jumladan investitsiyalarni tanlashda cheklovlar;

- investorlarni, xususan, xorijiy investorlarni jalb qilish uchun tashkiliy platformaning yoʻqligi;

- professional investitsiya boshqaruvining yetishmasligi;

- investorlar va biznes loyiha tashabbuskorlari oʻrtasidagi munosabatlarni ortiqcha tartibga solish;

va, albatta, malakali investorlar, investitsiyalar va boshqaruv kompaniyalari haqida tushuncha beruvchi normativ hujjatlar yoʻqligi.

Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev 2018 yil 24 oktyabrda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik va innovatsiyalar sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“ gi PF-5583-son Farmonini imzoladi.

Hujjatda bozor ishtirokchilari toʻgʻrisida aniq taʼriflar keltirilgan:

investitsiya kompaniyasi - bu loyihalarni moliyalashtirish uchun boshqaruv kompaniyasi jalb etgan malakali investorlarning pullarini shakllantirish va toʻplash bilan shugʻullanadigan tijorat tashkiloti;

boshqaruv kompaniyasi investitsiya kompaniyasining investitsion hissasini ular oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq boshqaradigan tijorat tashkiloti;

Venchur jamgʻarmasi - boshqaruv kompaniyasi tomonidan boshqariladigan va faqatgina yuqori xavfli loyihalarni investitsiyalash uchun moʻljallangan investitsiya kompaniyasi;

malakali investorlar - yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, chet el fuqarolari, istalgan valyutada kamida 500 mln. soʻm sarmoya kiritgan investorlar tushuniladi.

Bundan tashqari, agar qonun hujjatlarda boshqacha tartibda nazarda tutilgan boʻlmasa, boshqaruv va investitsiya kompaniyalari faoliyati har qanday yuridik shaklda yaratilishi mumkin va ularning faoliyati litsenziyalanmaydi.

Va eng muhimi - investitsiya kompaniyalari, boshqaruv kompaniyalari va malakali investorlar oʻrtasidagi munosabatlar faqatgina bitim asosida tartibga solinadi.

Biroq, ushbu qoidalar 1-yanvar, 2022 yilgacha investitsiya va boshqaruv kompaniyalari faoliyatlarini oʻrganish va baholash uchun eksperiment sifatida ishlaydi. Investitsiya va boshqaruv kompaniyalarni yanada tartibga solishga qaratilgan taklif va oʻzgartirishlar kiritiladi.