Fan va ilmiy-texnik tadqiqotlarni rivojlantirish boshqarmasi


Otajonov Shuxrat Ibrayimjonovich

Fan va ilmiy-texnik tadqiqotlarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i

998 (71) 203-32-23

Ichki raqam: 221

sh.otajonov@mininnovation.uz

Vazifalari:

  • davlat siyosati, ilm-fan va texnologiyalar rivojining tahlili va uzoq muddatli prognozi boʻyicha takliflarni ishlab chiqish, oʻzaro ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazish, oʻzaro manfaat asosida taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish tashkilotlarining ilmiy ishlanmalarini joriy qilish;
  • tanlov asosida fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ilmiy-texnik ishlarning davlat ilmiy-texnik dasturlarini shakllantirish boʻyicha ishlarni tashkillashtirish;
  • ilmiy-texnik dasturlarga kiritilgan fundamental, amaliy tadqiqot va innovatsiya loyihalarining monitoringini tashkillashtirish va muvofiqlashtirish;
  • ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarish sohasidagi ilmiy-texnik dasturlar doirasida oʻtkazilayotgan ilmiy tadqiqotlar bajarilishining natijalari boʻyicha taklif va tavsiyalarni muvofiqlashtirish;
  • ilm-fan va texnologiyalar sohasida aloqalarni rivojlantirish boʻyicha xorijiy ilmiy va taʼlim muassasalari bilan faoliyatni muvofiqlan­tirish;
  • innovatsion gʻoyalar va ishlanmalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, oʻsib kelayotgan innovatorlar avlodi uchun sharoitlar, taʼlim muassasalarida innovatsion dasturlarni joriy qilish boʻyicha imkoniyatlarni yaratish;
  • ilmiy-texnik axborotni toʻplash va oʻrganishni tashkillashtirish, ilmiy maʼlumotlar, tajriba va kuzatuv natijalarining tahlili va nazariy umumiylashtirilishini oʻtkazish;
  • ilmiy-texnik maʼlumotlarni tahlil qilish va umumiylashtirish, ilgʻor mahalliy va xorijiy tajriba, eksperiment va kuzatuv natijalari.

Davlat ilmiy-texnik dasturlar boʻlimi

E-mail: b.pardaev@mininnovation.uz

 

Davlat siyosati, fan va texnologiyalar rivojlanishini tahlil qilish va prognozlashtirish boʻlimi

E-mail: y.narziev@mininnovation.uz

 

Xalqaro grantlar va akkreditatsiya boʻlimi

E-mail: a.shofayziev@mininnovation.uz

Davlat ilmiy-texnik dasturlari

Davlat ilmiy-texnik dasturlari ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari va vazifalari, yutuqlari va tendensiyalaridan, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda shakllantirildi.

 

Amaliy loyihalar va innovatsion ishlanmalar tanlovi

Amaliy loyihalar va innovatsion ishlanmalar tanlovi davlat ilmiy-texnik dasturlarining dolzarblik darajasidan kelib chiqqan holda bosqichma-bosqich tashkil etilmoqda. Vazirlik tomonidan tanlovni oʻtkazish bilan bogʻliq tartib va talablar yetakchi xorijiy davlatlarning tajribalari asosida yangidan ishlab chiqildi.

Tanlovning ilmiy salohiyatni jalb etgan holda hal etilishi lozim boʻlgan muammolari roʻyxati tegishli soha va tarmoqlarning talab hamda takliflari, ehtiyojlari asosida ishlab chiqilib, ilmiy va ilmiy-texnik loyihalarning bajarilishidan kutilayotgan natijalar aniq koʻrsatildi. Ilmiy-texnik loyihalar natijasi tijoratlashtirish imkoniyati mavjudligi, yangi ish oʻrinlari yaratishi, import oʻrnini bosuvchi, eksportbop mahsulot ishlab chiqarishiga koʻra baholanishi alohida belgilandi.

 

Davlat ilmiy texnika dasturlari

Davlat ilmiy texnika dasturlari doirasida bajariladigan amaliy tadqiqotlar, innovatsion ishlanmalar hamda tematik tadqiqotlar tanlovi topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlari, Prezidentning respublika hududlariga tashriflari, maʼruza va nutqlarida belgilangan vazifalar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va yigʻilish bayonnomalari topshiriqlari hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari taklif va tavsiyalaridan kelib chiqib, respublika iqtisodiyoti tarmoq va sohalarini innovatsion rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari va vazifalari asosida shakllantirilib 2018 yilning 17 sentyabridan boshlab muntazam ravishda tanlovlar vazirlik veb-sayti va turli ommaviy axborot nashrlarida eʼlon qilib borilmoqda.

Hozirgi kunda turli fan yoʻnalishlari va dolzarb muammolar topshiriqlari boʻyicha 4-chi tur tanlovi ham eʼlon qilinib, ajratilgan umumiy jami mablagʻ 35,2 mlrd. soʻmni tashkil qilmoqda.

Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3698-sonli qarorida belgilangan vazifalar hamda Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining 2018 yil 18 iyundagi 79-son bayonida keltirilgan topshiriqlardan kelib chiqib, respublikaning ilmiy salohiyatini jalb etgan holda hududlarga xos muammolarni oʻrganish va ularning yechimi boʻyicha “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2019-2021 yillarga moʻljallangan innovatsion ishlanmalari tanlovi”i eʼlon qilindi.

 

Monitoring

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-5264-sonli Farmoni, 2018 yil 7 maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3698-sonli qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ilmiy-tadqiqot ishlari natijalaridan foydalanishning tizimli monitoringini olib borish vazifasi yuklatilgan. Shu munosabat bilan joriy yilning avgust-sentyabr-oktyabr oylarida vazirlik huzuridagi Ilmiy-texnik kengashlar tomonidan ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilayotgan ilmiy-texnik loyihalar natijaviyligi yuzasidan doimiy monitoringi olib borilmoqda.

 

“Yosh olim” respublika tanlovi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2017 yil 20 apreldagi 2909-son qarori ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamkorligida “Yosh olim” respublika tanlovini oʻtkazish toʻgʻrisida Nizom” ishlab chiqildi.

“Yosh olim” respublika tanlovini oʻtkazish toʻgʻrisida Nizom”ni tasdiqlash boʻyicha Innovatsion rivojlanish vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Qoʻshma qarori ishlab chiqildi va imzolandi.

“Yoshlar” telekanalida tanlovning mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan chiqish qilindi. Tabiiy, texnika, qishloq xoʻjaligi, ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻyicha 35 yoshgacha boʻlgan olimlar oʻrtasida tanlov toʻgʻrisida eʼlon vazirlik veb-saytiga joylashtirildi. Tanlov doirasida 33 nafar yosh olimlardan hujjatlar elektron shaklda qabul qilib olindi va gʻoliblar aniqlandi. Tanlov gʻoliblari “Innoweek” innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida taqdirlandi.

 

Belarus bilan ilmiy hamkorlik

Boshqarmaning “Xalqaro grantlar va akkreditatsiya” boʻlimi tomonidan Xalqaro tashkilotlarning akkreditatsiya boʻyicha qonunchilik bazasi shakllantirildi.

Hozir kunda amalda boʻlgan Oʻzbekiston-Rossiya 2018 dasturi boʻyicha moliyalashtirilayotgan 17 ta loyihalar boʻyicha monitoring tashkil qilindi.

Boshqarma tomonidan bajarilishi 2019-2020 yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston–Belorussiya hamkorligidagi ilmiy-texnik loyihalar tanlovi eʼlon qilindi (mininnovation.uz sayti.01.11.2018).

Oʻzbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish tadbirlar rejasi (“Yoʻl xaritasi”) hamda Oʻzbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi hukumatlari tomonidan 2018 yil 13 sentyabrida Toshkent shahrida Fan va texnologiyalar sohasida hamkorlik toʻgʻrisida imzolangan Bitim topshiriqlariga binoan 16 ta fan yoʻnalishi boʻyicha ilmiy-texnik loyihalar tanlovi “Narodnoye slovo” va “Pravda Vostoka” gazetalarida, shuningdek, vazirlikning veb-saytida eʼlon qilindi.

Bitimga koʻra Oʻzbekiston Respublikasidan 10 ta mutaxassis Belarus Respublikasida aspirantura (tayanch doktorantura) da oʻqishini tashkil etish belgilangan. Vazirlik tomonidan yuborilgan rasmiy xatlarga javoban Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, Turin politexnika universiteti, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, “Oʻzsharobsanoat” AJlari tavsiyasiga asosan Belorus Respublikasida aspirantura (tayanch doktorantura)da oʻqish istagida boʻlgan nomzodlar soni 33 nafarni tashkil etdi. Hozirgi kunda nomzodlarni saralab olish boʻyicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Xalqaro grantlarni hamda “Fondlar akkreditatsiyasi” ishlarini faollashtirish maqsadida 5 ta taklif ishlab chiqildi. Ushbu takliflarni amalga oshirish va faoliyatni jadallashtirish ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda qonunchilik bazasi oʻrganildi. Xalqaro fondlar va moliya institutlarini jalb qilish maqsadida jahondagi 200 ga yaqin fonlar faoliyatini tahlil qildi va 30dan ortiq fondlarga hamkorlik borasida murojaat bilan chiqildi. Hozirda tegishli hukumat tashkilotlari bilan xalqaro fondlarning ishonchlilik darajasini oʻrganish borasida ish olib borilib, oʻrganilgan fondlarga hamkorlik va Oʻzbekistonda faoliyat yuritish borasida murojaatlar bilan chiqildi.

 

Ilmiy-tadqiqot va tajribaviy loyiha ishlariga davlat xarajatlarini oshirish

Boshqarmaning “Davlat siyosati, fan va texnologiyalarni rivojlanish tahlili va prognozi” boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentyabrdagi PF-5544-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”ning 10-bandida belgilangan 2019 yil 1 yanvarga qadar “Ilmiy-tadqiqot va tajribaviy loyiha ishlariga davlat xarajatlarini oshirish va 2021 yilga ushbu koʻrsatkichni YAIMning 0,8% ga yetkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Qarorini loyihasi ishlab chiqilib kelishish uchun vazirlik va idoralarga yuborildi.

Respublikadagi mavjud oliy taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan professor-oʻqituvchilar tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida 2017 yil va 2018 yil 6 oyda chop etilgan ilmiy ishlar toʻgʻrisida maʼlumot olinib, umumlashtirildi va tahlil qilindi. Shuningdek, respublikadagi oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan 2013 yildan 2018 yil (1 sentyabrgacha boʻlgan davrda) davlat reyestrlarida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan ixtiro va foydali modellar soni toʻgʻrisidagi toʻgʻrisida maʼlumot olinib, umumlashtirildi va tahlil qilindi.

2016 yildagi ixtiro va foydali modellarga patent olish boʻyicha pastlash tendetsiyasidan asta-sekinlik bilan koʻtarilish tendensiyasi tomon oʻzgarib borgan. 2016 yilda respublika boʻyicha 57 ta ixtiro va 53 ta foydali modelga patent olingan boʻlsa, 2017 yildan 2018 yil 1 sentyabr holatiga koʻra 141 ta ixtiroga, 88 ta foydali modelga patent olingan. 2018 yil 1 sentyabr holatiga koʻra 850 ta doktorlik dissertatsiya himoyalari oʻtkazilgan.

 

Fundamental va amaliy tadqiqotlar, innovatsiya ishlanmalari ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida Nizom

Boshqarma tomonidan huquqiy-meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirish boʻyicha “Fundamental va amaliy tadqiqotlar, innovatsiya ishlanmalari ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida Nizom”, “Davlat buyurtmasi asosidagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari toʻgʻrisida Nizom”, “Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi fan yoʻnalishlari boʻyicha Ilmiy-texnik kengashlar va Ekspert guruhlari toʻgʻrisida Nizom”, “Noyob ilmiy-obyektlarni aniqlash, ularni saqlash va monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisida Nizom” ishlab chiqildi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Fan toʻgʻrisida”gi Qonunini ishlab chiqish va deputatlar muhokamasiga kiritish jarayonida boshqarma xodimi – yetakchi mutaxassis Sh.Ergasheva faol ishtirok etdi.

Boshqarma tomonidan ishlab chiqilgan “Noyob ilmiy-obyektlarni aniqlash, ularni saqlash va monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisida Nizom” huquqiy ekspertiza uchun adliya vazirligiga kiritildi. Nizom tasdiqlangandan soʻng barcha noyob ilmiy obyektlar faoliyati oʻrganilib, yangi noyob ilmiy obyektlar roʻyxati shakllantiriladi.