Jamoatchilik kengashi

Jamoatchilik Kengashining asosiy vazifalari:

  • qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, qarorlarda, shuningdek, davlat, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlarida jamoatchilik manfaatlari va jamoatchilik fikri hisobga olinishi, fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasida qonun hujjatlari talablari ijrosini taʼminlash, davlat organi zimmasiga yuklangan hamda ijtimoiy va jamoatchilik manfaatlariga daxl qiluvchi vazifalar va funksiyalarni bajarish, davlat xizmatlarini koʻrsatish, ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni roʻyobga chiqarish boʻyicha vazirlik va uning mansabdor shaxslarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
  • birgalikda muloqot qilish, vazirlikning nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorligini taʼminlash uchun davlat organini fuqarolar bilan bogʻlab turadigan “koʻprik” rolini bajarish;
  • fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi eng muhim masalalar yuzasidan davlat organining faoliyati haqidagi jamoatchilik fikrini tizimli monitoring qilish va har tomonlama tahlil qilish, sotsiologik soʻrovlar oʻtkazish, jumladan ularni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda oʻtkazish;
  • vazirlik faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha olib borilgan ishlar ustidan monitoring va tahlil oʻtkazish, shuningdek, ularning natijalari boʻyicha takliflar tayyorlash;
  • vazirlik faoliyatining ochiqligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni monitoring qilish, uning faoliyati toʻgʻrisida batafsil axborot olish imkoniyatlarini tahlil qilish, ularni yanada kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
  • vazirlik faoliyatini isloh qilishda fuqarolar ishtirok etishi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni oʻrganish va ularni yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
  • vazirlik faoliyati boʻyicha fuqarolar oʻrtasida oʻtkaziladigan tushuntirish ishlari va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda ishtirok etish, ularning samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
  • vazirlik xodimlari va ular oilalarining uy-joy, ijtimoiy-maishiy, xizmat shart-sharoitlarini, ularga malakali tibbiy yordam koʻrsatish sharoitlarini, shuningdek, ishdan boʻshatilgan yoki zaxiraga olingan xodimlarni ijtimoiy va kasbiy moslashtirish boʻyicha muammolarni kompleks tahlil qilish hamda tahlil yakunlari boʻyicha mazkur sharoitlarni yaxshilash yuzasidan takliflar kiritish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018 yil 4 iyuldagi PQ-3837-son qarorining 6-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan mazkur Jamoatchilik kengashiga 15 nafar katta amaliy tajribaga ega obroʻ-eʼtiborli fuqarolar, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari qabul qilingan.

 

Kengash aʼzolari tarkibi:

  1. Salimov Akil Umurzakovich, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Respublika xayriya fondi raisi, Innovatsion rivojlanish vazirligi Jamoatchilik Kengashi raisi
  2. Neʼmatov Soyibjon Sodiqovich, akademik, Innovatsion rivojlanish vazirligi Jamoatchilik Kengashi raisi oʻrinbosari
  3. Xodjayev Shabat Xodjayevich, akademik
  4. Imamov Sabitjon Xudaynazarovich, Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi “Koʻkcha oqtepa” mahalla fuqarolar yigʻini raisi
  5. Maxmudova Gulnora Gʻulomnazarovna , Oʻzbekiston Respublikasi “Tadbirkor ayol” uyushmasi raisi
  6. Nasirxodjayev Farrux, “Huawei Tech Investment Tashkent” masʼuliyati cheklangan jamiyati katta menedjeri
  7. Murotova Lola Neʼmatovna, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi, Fargʻona viloyati, Oltiariq tumanidagi “Nurli obod” fermer hoʻjaligi rahbari
  8. Yunusov Muxammadali Yusupovich, usta-hunarmand
  9. Iqbol Mirzo (Mirzaaliyev Iqboljon), Oʻzbekiston xalq shoiri
  10. Sultonov Isajon Abduraimovich, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
  11. Xalilova (Dadaboyeva) Matluba Boltayevna, Oʻzbekiston Respublikasi halq artisti
  12. Rafiqov Abzal Azimovich, Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti
  13. Saidikramova Muxayyo Xasanxodjayevna, Olmazor tumanidagi 106-maxsus maktab-internat direktori Innovatsion rivojlanish vazirligi Jamoatchilik Kengashi kotibi
  14. Ibragimov Shohruh Olimovich, Oʻzbekiston Milliy universiteti matematika fakulteti 1-kurs magistri, iqtidorli talaba
  15. Baykuziyev Jasur Tavbayevich, sporchi, Jahon chempionati sovrindori (taekvando boʻyicha)